Ommaviy (ko’plab) ishlab chiqarish va uning tavsifi
Buyumlarni katta hajmda chiqarishni tavsiflovchi, uzoq muddatda uzluksiz tayyorlanishini yoki taьmirlanishini ta’minlovchi ishlab chiqarishga ommaviy (ko’plab) ishlab chiqarish deb aytiladi. Ommaviy ishlab chiqarishning asosiy tavsiflaridan biri, bu bitta ishchiga bitta amalni bajarishni uzoq muddatga bog’lab qo’yilganligidadir.
Ommaviy ishlab chiqarishda amallar bog’lanish koeffisienti Кbk = 1 ga yaqin bo’ladi. Ommaviy ishlab chiqarish undan tashqari quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega: asbob-uskunalarning joylashishi, amallar bajarilishining ketma-ketligiga qarab joylashtiriladi; yuqori unumdorlikga ega bo’lgan asbob-uskunalar, maxsus dastgohlar, keskich asboblar va moslamalar qo’llaniladi; tanavorlarni potokli liniyalar bo’ylab o’tkazish uchun transport vositalaridan va konveyerlardan keng foydalaniladi; texnik nazorat qilishni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish va boshqalar. Detallarning talab etilgan o’lcham aniqligi avtomatik ravishda sozlangan dastgohlarda olinadi.
Ommaviy ishlab chiqarishda tanavorlarni shakllari ishchi chizmada berilgan detal shakli va o’lchamlariga juda ham yaqin qilib, yuqori unumdorlikka ega bo’lgan tanavorlar olish usullaridan foydalaniladi.
Tanavorlar ishlanuvchi yuzalariga talabga mos ravishda mexanik ishlov berish uchun qo’shimlar qoldiriladi, ishlov berilmaydigan yuzalari эsa ko’pincha tanavor olish usullaridan kelib chiqqanligicha qoldiriladi. Ishchilarning malakasi seriyali ishlab chiqarishga qaraganda ham past bo’ladi, chunki u, oylab-yillab takrorlanuvchi bitta amalni bajaradi, biroq ommaviy ishlab chiqarishda ko’pincha yuqori malakali sozlovchi-ishchilar, texnik-injener operatorlar ishlaydilar.
Ommaviq ishlab chiqarishlarda tehnologik xujjatlar mukammal ishlab chiqiladi, tehnik meyorlar эsa batafsil hisoblanib aloxida sinab ko’rilgandan keyingina amaliyotga tatbiq qilinadi.
6. Ishni tashkil qilish shakllari
Biz yuqorida bayon etganimizdek, asosan ikkita ishni tashkil qilish usuli (patokli va patoksiz) to’g’risida fikr bildirgan edik. Shunga ko’ra bu usullar ishlab chiqarish turiga bevosita bog’liq bo’lib, potoksiz ishni tashkil qilish - yakka va mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda qo’llanilgan edi. Potokli ishni tashkil qilish usuli эsa qolgan boshqa turdagi ishlab chiqarishlar uchun qo’llaniladi va yana u, quyidagi usullarga: potokli seriyali, yirik-seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlar; to’g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarish; ommaviy potokli ishlab chiqarishlarga bo’linadi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng oliy shakli, bu-ommaviy potokli ishlab chiqarish hisoblanadi, ya’ni bu erda asosan texnologik jarayonlar avtomatik liniyalarda va avtomatlashtirilgan uchastkalar va sexlarda bajariladi.
To’g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarishda dastgoh va asbob-uskunalar texnologik jarayon marshruti bo’yicha amallarni bajarish ketma-ketligida joylashtiriladi. Amallarni bajarishda, tanavorlarni bitta ishchi joydan boshqa ishchi joyga uzatish uchun turli g’altakli rolgang, sirpanchiq va yumalatuvchi tarnov (lotok), yuk ko’taruvchi kran va boshqa moslama va qurilmalardan foydalaniladi. Xar bir ishchi joyning ishlab chiqarish takti boshqa ishchi joylarniki bilan teng bo’lmasligi mumkin. Bunday ishchi joylarda, "zadel" deb ataluvchi tanavorlar zahirasi tashkil etiladi.
Ommaviy potokli ishlab chiqarishda ko’pincha pozision avtomatik konveyerlar qo’llaniladi va avtomatik liniyalar tashkil qilinadi. Bunday hollarda bu liniyalarning ishlab chiqarish takti aniqlanadi.
Ishlab chiqarish takti deb, - ma’lum vaqt oralig’ida tanavorlar yoki qismlar ishlab chiqarilishiga aytiladi va uning vaqti minut bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish takti quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
tich = 60*Fx*m / N, min.
Bu erda: Fx - rejalashtirilgan davr ichidagi dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi (smena, sutka, oy, yil), soatda; N -shu davr uchun ishlab chiqarish dasturi (detallar yoki mahsulotlar coni), dona; m – smenalar soni (1, 2, 3).
Asbob-uskunalar yoki dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi Fx, nominal Fn dan yoki asbob-uskunani ta’mirlash uchun kalendar o’lchov vaqt yo’qotishdan kichikdir, va h.k.
Fx = Fn* n , soat,
bunda n-dastgohlar vaqt yo’qotishi koeffisienti.
Uskuna-dastgohlarning ishlash vaqtining bir yillik nominal fondi: kuniga bir smenalab ishlaganda 2070 soat, ikki smenalab ishlaganda - 4140 soat va uch smenalab ishlaganda 6210 soat bo’ladi. Metall kesuvchi dastgohlar uchun vaqt yo’qotish koeffisienti n = 0,98-0,96 ni tashkil qiladi.
Potokli ishlab chiqarish ko’proq takomillashgan bo’lib yuqori unumdorlikka ega. Texnologik jarayonlarni loyihalashning boshida ishlab chiqarish turi birinchi bo’lib taxminan bo’lsa ham aniqlanishi zarur. Bu albatta amallar bog’lanishi va seriyalash koeffisientlarini hisoblash orqali bajariladi.
7. Tehnologik vaqtni meyorlash usullari
Texnologik amallarning bajarilishi unumdorligi, texnologik jarayonning tejamkorlik kriteriyasi bo’lib, texnik jixatdan asoslangan vaqt meyori bilan aniqlanadi (GOST 3.1109-82).
Vaqt meyori - ma’lum ishlab chiqarish sharoitida bitta yoki bir nechta tegishli malakaga ega bo’lgan bajaruvchilar tomonidan ba’zi-bir hajmdagi ishga sarflangan (reglamentlashtirilgan) vaqtga aytiladi.
Ishlab chiqarish meyori deb, ma’lum tashkiliy texnik sharoitda bitta yoki bir nechta tegishli malakali bajaruvchilar tomonidan vaqt birligida bajariluvchi reglamentlashtirilgan hajmdagi ishga aytiladi.
Vaqt meyorini aniqlashning uchta usuli mavjud:1)sarflangan ishchi vaqtni kuzatish asosida; 2) meyoriy xujjatlar asosida; 3)tiplashtirilgan yirik meyoriy xujjatlar bo’yicha solishtirish va hisoblash asosida.
Birinchi usulda, vaqt meyorini bevosita ishlab chiqarish sharoitida har bir ishchi joyda sarflangan vaqtni kuzatuv asosida o’rganish yo’li bilan aniqlanadi. Bu usul ilg’or tajribalarni va meyorilar ishlab chiqishlarni umumiylashtirish uchun qo’llaniladi.
Ikkinchi usulda, ish (amal) alohida elementlarini bajarilish vaqti uzunligi meyorini qo’llab, amallarning davom etish vaqti hisoblanadi.
Uchinchi usulda, amallarni meyorlash tiplashtirilgan meyoriy xujjatlar bo’yicha taxminiy hisoblashlar asosida olib boriladi.
Birinchi, ikkinchi meyorlash usullarini seriyali ommaviy ishlab chiqarishlarda qo’llaniladi, uchinchi usul эsa yakka va mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |