62
10 – Mavzu: Aylanuvchi transformatorlar. Selsin datchik va selsin
priyomniklar, ishlash rejimlari.
Reja:
10.1. Aylanuvchi transformatorlar.
10.2. Selsin datchik va
selsin premniklar, ishlash rejimlari.
10.3. Datchiklarni elementar oʻzgartirgichlar sifatida ulanish sxemalari.
Aylanuvchi transformatorlar
Aylanuvchi transformatorlar – bu mexanik siljish(rotorning α burilish
burchagi)ni elektr signali, ya‘ni chiqish kuchlanishi U ga o‗zgartirib beruvchi
eng ko‗p tarqalgan elektrik mashina bo‗lib, chiqish kuchlanishi rotorning burilish
burchagiga funksional ravishda bog‗liqdir.
Konstruktiv jihatdan aylanuvchi transformatorlar juda ham turli
ko‗rinishlarga ega, lekin hozirgi vaqtda eng ko‗p tarqalgani ikki qutbli aylanuvchi
transformatorlar bo‗lib, ikki fazali kontaktli halqalarga ega asinxron dvigatel
singari yasalgan. Bunday aylanuvchi transformatorlarning stator va rotorining
paketlari bir-biridan mahkam izolyatsiyalangan elektrotexnik po‗lat listlardan
tayyorlangan. Stator va rotorning yarimyopiq pazlarida ikki fazali cho‗lg‗amlar
joylashgan, cho‗lg‗amlarning o‗qlari bir-biriga nisbatan 90° ga surilgan
(10.1-rasm). Odatda statorning ikkala S va L cho‗lg‗amlari bir xil o‗ramlar soniga
(
W
s
= W
K
)
va bir xil aktiv R va reaktiv X qarshiliklarga ega. Rotorning A va B
cho‗lg‗amlari ham bir
xil qilinadi
(W
A
= W
B
; R
A
= R
B
; Х
А
= Х
B
).
Ko‗pchilik aylanuvchi transformatorlarda rotor cho‗lg‗amlarining uchlari
kontaktli halqalarga chiqariladi, bu kontaktli halqalar orqali cho‗tkalar ulanadi.
Halqa va cho‗tkalar kumush qotishmalardan yasalgan. Rotorining burilish
burchagi
cheklangan
holda
ishlashga
mo‗ljallanganba‘zi
aylanuvchi
transformatorlarda halqa va cho‗tkalar latundan yasalgan elastik spiralsimon
prujinalar bilan almashtiriladi.
63
Aylanuvchi transformatornin g o‗ziga xos xususiyati shuki, ularda
birlamchi(stator) va ikkilamchi(rotor) cho‗lg‗amlari orasidagi induktivlik rotor α
burchakka burilganda ushbu burchakka bog‗liq xolda sinusoidal(yoki kosinusoidal)
qonun bo‗yicha o‗zgaradi, ayrim hollarda α ikkilamchi cho‗lg‗amlar EYuKsi
amplitudasini aynan shu o‗zgarish qonunini ta‘minlaydi.
Rotor burilishining qaysi burchak funksiyasi chiqish kuchlanishi U
bo‗lishiga bog‗liq holda quyidagi aylanuvchi transformatorlarga bo‗linadi:
sinusli (SAT) —
U= U
max
sinα, bu yerda
U
max
—
maksimal chiqish kuchlanishi.
sinusno-kosinusli (SKAT) —
U
A
= U
max
sinα;
U
B
= U
max
cosα;
chiziqli (ChAT) —
U
=
k
α
,
bu yerda
k
= const.
Do'stlaringiz bilan baham: