Yo`l ko`tarmasining nishobligi deb uning tekisligida ma’lum bir masofada
joylashgan ikki nuqtalarning o`zaro nisbatiga aytiladi. Nishobliklar promilla (‰) yoki
mingdan bir ulishda o`lchanadi.
Ikki tomonlama nishoblikka ega bo`lgan yo`llarda marza nishobligi qatnov
qismining nishobligiga nisbatan 10-30 ‰ (promilla) ga katta bo`ladi.
I toifali yo`llar har bir harakat yo`nalishi bo`yicha alohida yo`l ko`tarmasi
qilinadi. Har bir yo`nalishdagi qatnov qismi bir tamonlama nishoblikka ega bo`ladi.
Qatnov qismlari o`rtasiga ko`kalamzordan iborat bo`lgan ajratuvchi bo`lak
joylashtiriladi.
Yon ariqcha (kyuvet) lar yo`lning qatnov qismidagi yomg`ir suvlarni yig`ishtirib
oladi, kerakli joyga olib boradi va uchburchak, trapetsiya kesim yuzasiga ega bo`ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |