I. Kirish Chizmachilik fanini o‘qitishda grafik tasvir va tafsifning monandligini ta’minlash masalasi chizmani chizish va uni o’qish bilan bog’liq bo’lib, u konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimidagi Davlat standartlarining talablariga, o’qituvchi nutqining geometrik figuralar va ularning o’zaro munosabatlarini, jarayonlarini talab darajasida ifoda qilish bilan bogliq. Grafik tasvir va tafsifning monandligini ta’minlash orqali o’quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish masalasiga e’tibor kam qaratilgan.
Chizmachilik fanining o‘quv jarayonidagi mavzularni o‘qitish vositasida o‘quvchilarda fazoviy tasavvurni rivojlantirish haqida gapirilganda, bu masalaning ikki tomonini nazarda tutamiz. Birinchidan, o‘rgatuvchi shaxslarning (o‘qtuvchi, o‘quvchi uchun yozilgan kitob mualliflari) o‘tilayotgan materialni o‘quvchilar o‘zlashtirishi uchun yaxshi sharoit ishlab chiqish maqsadida chizmachilikdan mavzularni o‘qitishdan unumli foydalanish haqida so‘z yurtiladi.
Ikkinchidan, o‘quvchilarning chizmachilik fanidan fazoviy tasavvurni rivojlantirish uchun ulardan foydalanishlari muhimdir. Amalda o‘quvchilarda ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish sensor-perseptiv, mavhumiymantiqiy va aralash turlaridan foydalaniladi.
Birinchi turi o‘quvchilarda fazoviy tasavvurni o‘stirishda ko‘proq ikonik modellardan foydalanish bilan bog‘liqdir. Bunda ular asosiy axborot shakllari
sifatida yuzaga chiqadi.
Ikkinchi turi chizmachilikdan mavzularni o‘qitish vositasida o‘quvchilarda fazoviy tasavvurni rivojlantirish uchun ma’lumotni mavhumiy mantiqiy belgilar usuliga tayanadilar.
Uchinchi turi chizmachilik va muhandislik grafikasi fani asosida yotadigan fazoviy tasavvurni o‘stirish shakllari va semiotic tizimga tayanadi. Bunda ular real ruhiy faoliyat jarayonida alohida-alohida emas, balki bir-biri bilan bog‘langan holda harakat qiladilar.
Demak, o‘quvchilarda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishning pedagogik tizimini yaratishda yuqoridagi pedagogik va psixofiziologik jihatlarga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
Chizmachilikdan mavzularni o‘qitishning turli vostalarini qo‘llash katta o‘rin tutadi. O‘qitishning chizmachilikdan mavzularni o‘qitishni o‘zida ifodalaydigan modellardan, rasm va plakatlardan, ko‘rgazmali qurollardan, texnik vositalardan foydalanish o‘quvchilarning chizmachilik va muhandislik grafikasi fanidan fazoviy tasavvurini rivojlantirishining dastlabki bosqichlarida katta ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, chizmachilikdan mavzularni o‘qitishni yaqqol tasviri, ularning proeksiyalari, hosil bo‘lishiga doir ko‘rgazmali qurollar kabi vositalarning qo‘llanilshi bilan fazoviy tasavvurni rivojlantirishda foydalanib kelinmoqda. Biroq grafik tasvir va tafsifning monandligini ta’minlash orqali o’quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish masalasi amalga oshirilib kelinayotgan bo’lsada, uning nazariy va metodik jihatlari ilmiy asoslabberilmagan. Uni ta’lim jarayoni bilan bog’lab, nflsbs silishga zaruriyat paydo bo’ldi