Tishli tirmalarning ishchi qismlari tishlardan iborat bo‘lib, ularning ko‘ndalang kesim yuzasi to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, aylana, oval shaklida (15a-rasm) yasalgan bo‘ladi. Uning konstruksiyasi ikki burchakli ponasimon (15в –rasm) ko‘rinishda bo‘lgan holda, oldingi burchagi bilan tuproq qatlamini yorib qirqadi,yon burchaklari bilan suradi, aralashtiradi, katta o‘lchamli kesaklarni maydalaydi.Tirma tishlari yerning yuza qismiga 10 sm chuqurlikgacha ishlov berish mumkin.
Tishli BZTS-1,0 og‘ir va BZSS-1,0 yengil tirmalarning plankalari 2 kesimi to‘g‘ri to‘rtburchakli bo‘lib, ularga ustki tomondan ko‘ndalang plankalar 1 qo‘yilgan. Plankalarni kesishgan joyiga turli kesimdagi tishlar 3 mahkamlangan. Tishning ishch qismi uchi bir tomonlama qiya qilib ishlangan (15b -rasm).
Sho‘rlanmagan hamda yaxob suvi berilmaydigan dalalarni tirmalashda ikki qator qilib o‘rnatilgan BZSS-1,0 rusumli o‘rta og‘irlikdagi tirmalardan, sho’ri yuvilgan va yaxob suvi berilgan dalalarni tirmalashda esa, BZTX-1,0 va BZTS-1,0 rusumli og‘ir tirmalardan foydalanish yuqori ish sifatini ta’minlaydi.
Pushta yoki jo‘yak olingan dalalarni tirmalashda chopiq traktorlari bilan agregatlanadigan maxsus profilli tirmalardan foydalaniladi, bunda pushta va jo‘yaklarni profili (shakli) buzilmaydi. Bunday tirmalar traktorga uch nuqtali sxema bo‘yicha osiladi.
Tirmalash agregati bir hil tipdagi tirmalardan tashkil topgan hamda ularning tishlari to‘g‘ri, o‘tkirlangan, bir hil uzunlikda va o‘tkirlangan uchi bilan oldinga (harakat yo‘nalishi bo‘yicha) qarab o‘rnatilgan bo‘lishi kerak
61.DISKLI TIRMALARNING VAZIFASI, AGROTEXNIK TALABLARI,TUZULISHI VA ISHLASHI
Diskli tirmalar yengil (BDN-3) va (BDT-3) og‘ir turlarga bo‘linadi. Yengil diskli tirmalar bilan xaydalgan yerlarga va bog‘dorchilikda bog‘ qator oralariga 10 sm chuqurlikkacha ishlov berish uchun ishlatiladi. Og‘ir diskli tirmalar esa 20 sm chuqurlikkacha tuproqqa ishlov beradi.
Diskli BDT-3 o‘rnatma tirmasi (16 -rasm) rama 3, o‘rnatish qurilmasi 1 va ikki qatorga o‘rnatilgan diskli to‘rtta batareyadan 2 tashkil topgan. Disklar 6 tayanch vtulkalar 7 va podshipnikli uzellar 11 yordamida o‘q 5 gao‘rnatilgan. Chala joylar qolmasligi uchun ketingi qator diski oldingi qator disklari oralig’iga o‘rnatiladi. Borona 2 m li qamrash kengligiga sozlashda yon bruslar 4 yakinlashtiriladi, ketingi chap batareyaga yettita, qolganlariga esa oltitadan disk joylashtiriladi.
Diskli tirmalarning ishchi qismisferik shakldagi maxsus po‘latdan yasalgan diametri 450 yoki 510 mm li disklardan iborat. Tirmalarga qirqma sferik disk o‘rnatilgan bo‘lsa, ular tuproqka yaxshi chuqurlashadi (botadi), o‘simlik qoldiklarini yaxshi maydalaydi. Ammo diskli tirmalarni ko‘p yillik begona o‘tlar (ajriq, g‘umay, qamish) bosgan maydonlarga ishlov berish mumkin emas, chunki bu holatda o‘tlarning ildizlari qirqilishi natijasida bu maydonlarda begona o‘tlar ko‘payib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |