Mashinalarni traktorga ulash usullari va qurilmalari, ularni tuzilishi va ishlashi



Download 108,5 Kb.
bet25/46
Sana23.07.2022
Hajmi108,5 Kb.
#844446
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
Bog'liq
Mashinalarni traktorga

Avtomatika – fan va texnika sohasi bo‘lib, ishlab chiqarish yoki boshqa jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqarish nazariyasi va tizimlarini tuzish usullarini o‘z ichiga oladi.
Avtomatlashtirish keng ma’noda ishlab chiqarish jarayonlarini odam ishtirokisiz boshqarishni ta’minlashga qaratilgan texnik, tashkiliy, iqtisodiy, madaniy va boshqa tadbirlar majmuidir.
Avtomatlashtirish o‘z oldiga birgina kishi mehnatini yengillashtirishnigina vazifa qilib quymay, balki ishlab chiqarishni shunday yuqori tezlikda, aniqlikda puxtalikda, tejamkorlikda o‘tishini ta’minlaydiki, uni inson bajara olmaydi.
Avtomatika- iborasi qadimiy grek so‘zi “avtomatos”dan kelib chiqib o‘z-o‘zidan ishlaydigan qurilma ma’nosini bildiradi. Qadim zamonlarda ham o‘z–o‘zidan ishlaydigan qurilmalar mavjud bo‘lgan, masalan, olov yokilishi bilan ibodatxonalar eshigini ochib yuboradigan pnevmatik avtomatlar, mo‘jizaviy suvlarni quyadigan avtomatlar va shunga o‘xshashlar.Ishlab chiqarish jarayonlarida ilk bor qo‘llanilgan avtomatik qurilmalarga 1765 yilda I.I.Polzunov tomonidan ixtiro qilingan bug‘ mashinasi qozonidagi suv sathini rostlovchi, hamda 1784 yilda Dj. Uatt tomonidan yaratilgan bug‘ mashinasi tezligini rostlab turuvchi qurilmalar kiradi.Vaqtlar o‘tishi bilan avtomatik qurilmalarni murakkablasha borishi, ularni to‘gri tanlash muammolari avtomatik rostlash nazariyasini yaratilishiga sabab bo‘ldi. Avtomatik rostlash nazariyasi D.K.Maksvell, I.A.Vishnegradskiy, A.Gurvis, A.M.Lyapunov kabi olimlarni ilmiy ishlarida mukammal keltirilgan.Avtomatik qurilmalar nazariyasi va avtomatika fanini rivojlanishi hamda yaratilishida Peterburg texnologiya instituti professori I.A.Vishnegradskiyning 1878-1879 yillarda e’lon kilingan “Bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar xaqida” nomli ikki qismdan iborat ilmiy asari katta rol o‘ynadi. Shu sababdan u avtomatika fani nazariyasini asoschisi bo‘lib dunyoga tanilgan.1930 yili ikkinchi xalqaro energetiklar anjumanida avtomatik, telemexanik va texnologik boshqarish va ximoya masalalari bo‘yicha seksiya tuzilgan bo‘lib, shu davrdan boshlab avtomatika mustakil fan va texnika soxasi sifatida yuzaga keldi.Radioelektronikaning jadal suratlar bilan rivojlanish esa elektron lampalar va yarim o‘tkazgichli asboblarni avtomatik qurilmalarda keng ko‘lamda qo‘llanilishiga olib keldi. Bunga elektron va yarim o‘tkazgichli asboblarni ixchamligi, tezkorligi, puxtaligi va yuqori sezgirligi sabab bo‘lgan.1944 yili birinchi elektron hisoblash mashinalarini yaratilishi ayni vaqtda avtomatikani hisoblash, ilmiy izlanishlar, hamda loihalash ishlariga kirib kelishiga olib keldi. Avtomatik qurilmalarni qishloq xo‘jalik soxalariga kiribkelishi esa XX asrni 30-40 yillariga to‘g‘ri keladi.Ta’kidlab o‘tish lozimki, qishloq xo‘jaligidagi texnologik jarayonlarga avtomatlashtirishni joriy qilish eng avvalo ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashni ya’ni qo‘l mehnatini qisman yoki to‘la yengillashtiruvchi (almashtiruvchi) mashina va mexanizmlarni qo‘llanilishini ta’qozo etadi. Mexanizatsiya, ayniqsa kompleks mexanizatsiya qo‘l mehnatini to‘la mashina va mexanizmlar ishiga almashtiradi. Bu o‘z yo‘lida avtomatlashtirishni joriy qilishda asosiy omillardan biri hisoblanadi.

50.. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirishni xususiyatlari, xozirgi holati va istiqbollari.


Xozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida xalq xo‘jaligini barcha sohalari kabi qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish tez sur’atlarda olib borilmoqda. Bunga misol qilib parrandachilik va chorvachilik fermalari, issiqxonalar, suv ta’minoti qurilmalari va sh. o‘.ni ko‘rsatish mumkin.
Ma’lumki qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi ma’lum xususiyatlarga ega bo‘lib, qishloq xo‘jalik mashina va mexanizmlariga avtomatlashtirish vositalarini tanlashda ularni hisobga olmasdan bo‘lmaydi. Ular quyidagilardir:
- qishloq xo‘jalik texnikasi biologik ob’yektlar bilan uzviy bog‘langan;
- qishloq xo‘jalik mashinalari va qurilmalarini turi ko‘p bo‘lib ularni tavsiflari va ish rejimlari turlicha;
- qishloq xo‘jalik qurilmalari tarqoq holda joylashgan bo‘lib ta’mirlash markazlari avtomatlashtirish ob’yektlaridan uzokda joylashgan;
- xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moxirlik darajasi yetarli emas;
- qishloq xo‘jalik qurilmalarini kuvvati nisbatan kam, harakat tezligi past, qolaversa sutka davomida ishlash muddati oz, ishlashi mavsumiy;
- atrof muhit xarorati va namligi katta chegarada o‘zgarib turadi (ochik xavoda ishlaydi), tebranish kuchli, xavoda yengil va og‘ir aralashmalar (chang, qum) va zararli gazlar (ammiak, serovodorod chorvachilik fermalarida) mavjud.
Ko‘rsatib o‘tilganlar sababli avtomatlashtirish usullari va vositalari va ularga talablar sanoatdagidan ancha farq qiladi. Shu sababdan qishloq xo‘jaligida avtomatlashtirish vositalari sodda, ixcham, arzon, puxta bo‘lmog‘i kerak.
Ishlab chiqarish tajribasidan ma’lumki, qishloq xo‘jaligidagi ma’lum sohalarni avtomatlashtirish ishlovchi xodimlar sonini keskin kamayishiga, kurilmalarni tejamkorlik bilan puxta va uzluksiz ishlashiga olib kelmoqda, masalan: chorvachilik fermalari suv ta’minotini elektromexanizatsiyalash va to‘la avtomatlashtirish mehnat sarfini tahminan 20 marta, ekspluatasion xarajatlarni esa 10 marta kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari hayvonlar suv ta’minotini avtomatlashtirish sigirlar unumdorligini 10% ga, parrandalarnikini esa 20% ga oshishiga sabab bo‘ladi. Ozuqa tayyorlash jarayonlarini avtomatlashtirish mehnat sarfini 5 martaga kamaytirgan holda, ozuqa sifati sezilarli yaxshilanadi.
O‘simlikshunoslikda birinchi navbatda statsionar (ko‘chmas) jarayonlar avtomatlashtirilgan. Masalan: don o‘rib olingandan keyingi ishlov berish tizimlarini avtomatlashtirish natijasida mehnat sarfi tahminan 3 barobarga kamaygan xolda ishlov berish muddatlari keskin kiskaradi. Uni mahsulot va urug‘lik sifatlari yaxshilanadi. Himoyalangan tuproqda yetishtiriladigan meva va sabzavotlarga ishlov berishda ishlatiladigan mexanizmlarga avtomatlashtirishni qo‘llash esa keng imkoniyatlarni ochib beradi.
Ayniqsa suv ta’minotida qo‘llaniladigan qurilmalardagi avtomatlashtirish vositalari o‘ta samaradorligi bilan ajralib turadi.
Xozirgi kunda harakatdagi qishloq xo‘jalik mashinalarini avtomatlashtirish murakkabligicha qolmoqda. Lekin xozirda don yig‘uvchi kombaynlardagi bir qator jarayonlar avtomatlashtirilgan qurilmalar bilan jihozlangan. Bunga misol, don yanchish barabanini yuklanishiga qarab kombayn tezligini boshqarish, kam yoqilgi sarf qilgan holda, dvigatel yuklamasiga qarab traktor agregati tezligini avtomatik boshqarish jarayonlaridir.
Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalari yuklanishida signalizasiya vositalarini va avtomatik nazoratni qo‘llash ularnibuzilishdan saqlagan holda ishlash muddatini uzaytiradi, ishlatish madaniyatini yaxshilaydi, nosozliklarni bartaraf qilish uchun ketadigan sarf xarajatlarni va mehnat sarfini sezilarli qisqartiradi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chikib shuni aytib o‘tish joizki, qishloq xo‘jalik hayvonlari va o‘simliklardagi fiziologik jarayonlarga avtomatik boshqarishni qo‘llash o‘ta murakkab, lekin qiziqarlidir. Bunday vazifalarni amalga oshirish qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatini yaxshilashga hamda ish unumini keskin oshishiga olib kelishi muqarrardir


Download 108,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish