.
29-rasm. Erni shudgorlash muddatlarini paxta hosiliga ta’siri (s/ga)
Bu agrotexnik tadbir tuproqning namligi
16-18%
atrofida bo‘lganda
bajarilishi kerak, bunda tuproq yaxshi uvalanadi, mashinaning ishchi qismlariga
yopishmaydi va uning qarshiligi eng kam bo‘ladi. Natijada, yoqilg‘i va materiallar
sarfi kamayib, agregatning ish unumi ortadi.
Dalaning yuzasi 10 gektardan va uzunligi 300 metrdan yuqori bo‘lgan
maydonlarni haydashda tortish kuchi 50 kNdan yuqori bo‘lgan AXION-250, MX-
250, ARION-630C, MAGNUM-7240, K-744, XTZ-181 rusumli zamonaviy
traktorlar, tuproqning tortishga qarshilik kuchining miqdoriga qarab LD-100,
EurOpal 9, PNYA-4+1-45, PRUN-5, PDO-4-45rusumli 4-5 korpusli osma ikki
yarusli pluglar bilan, ushbu ko‘rsatgichlardan kichik bo‘lgan maydonlarni
124
haydashda 30-40 kN tortish kuchiga ega bo‘lgan VT-150D, MXM-140, MX-135,
T-401, TS-130, AXSOS-340S traktorlarini PYA-3-35, PDN-3-35, O’PZ-3/4-45,
O’P-3/4-40 rusumli 3-4 korpusli osma va tirkama pluglar bilan ishlatish, ulardan
samarali foydalanish imkonini beradi.
Mavsumga tayyorlangan agregatlarni ishlatishdan oldin ularning texnik
holati (ta’mirlash sifati), haydaladigan maydonning tuproq-iqlim sharoiti
(tuproqning tarkibi va namligi, sizot suvlarning joylashishi, past-balandligi, gips
qatlamini mavjudligi, sho‘rlilik va toshlilik darajasi), begona o‘tlar va o‘simlik
qoldiqlari bilan ifloslanganligi hamda dalaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
olgan holda jihozlanganligi hamda plugning ishchi qismlarini agrotexnik talablarga
ko‘ra rostlanganligi tekshiriladi.
Er M-165, LD-100, EurOpal 9, PDO-4-45 rusumli to‘ntarma pluglar bilan
haydalganda plug ramasining bo‘ylama va ko‘ndalang tekisliklarda og‘ishi
korpuslarni tuproqqa notekis botishiga olib keladi. Bunday bo‘lmasligi uchun plug
ramasi ish jarayonida dala yuzasiga parallel joylashgan bo‘lishi kerak. Bunga osma
pluglarda traktorning osish qurilmasini to‘g‘ri sozlash yo‘li bilan erishiladi.
Ramaning bo‘ylama og‘ishi traktor osish qurilmasining yuqorigi markaziy tortqisi
(3) ni uzaytirib yoki qisqartirib, ko‘ndalang og‘ishi esa pastki bo‘ylama tortqilar
(1) kashaklari (2) uzunligini o‘zgartirib sozlanadi (30-rasm).
Dalani haydashga tayyorlashda oldingi mavsumdan qolgan o‘simlik va
begona o‘tlar qoldiqlaridan tozalanadi, sug‘orish shahobchalari va suv yuvib
ketgan joylar tekislanadi, dala chetlari to‘rtburchak qilib to‘g‘rilanadi, kerak bo‘lsa
mineral va mahalliy o‘g‘itlar solinadi, burilish yo‘laklari, kirish joylari, paykallar
eni hamda birinchi o‘tish chiziqlari belgilanadi.
SHu bilan birga agregatning oddiy, aylanma, maxsus pluglar bilan
jihozlanishi, kinematik o‘lchamlari hamda dalaning shakli va o‘lchamlariga qarab
uni dala oxirida burilishi va dala bo‘ylab Harakatlanish usullari tanlanadi.
125
1-traktor o‘rnatish qurilmasining pastki tortqisi; 2-pastki tortqining kashagi;
3-markaziy tortqi; 4-plug.
Do'stlaringiz bilan baham: |