Mashina traktor agregatlarini diagnostikalash va texnik servisi


 Transport vositalari tortish sifatlarini diagnostika qilish texnik



Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/89
Sana06.07.2022
Hajmi5,25 Mb.
#748879
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89
Bog'liq
B4vDXR1C7pcfpjfjpB4031eaVnEK19yfGv3mI1x7

 
4.5. Transport vositalari tortish sifatlarini diagnostika qilish texnik 
vositalari
Tayanch iboralar: Vibroakustika; gaz analizator; yonilg‗i tejamkorligi; 
ishlatilgan gazlorning zahorliligi; kinematik qovushqoqlik; motorning samarali 
quvvati; spektral tahlili; tezlanish; tezlab ketish yo‗li; tezlab ketish vaqti; tortish 
kuchi; tortish stendlari; tortish-tezlik xususiyati; tutun o‗lchagich; harakat tezligi; 
qorshilik kuchi; erkin yo‗l; shovqin miqdori. 
Tortish sifatlarini diagnostikalash usullari 
Bajarilayotgan operatsiyalar hajmi va maqsadlari bo‗yicha tortish sifatlarini 
diagnostikalash kompleks va elementar ravishda stendlarda hamda transport vositasi 
harakatlanayotgonda amalga oshiriladi (37-rasm). 
Kompleksdiagnostikalashningmaqsadi 

transportvositasiningekspluatatsionsamaradorligivahoroaatxavfsizliginibelgilaydigan 
asosiy ishchi parametrlarni o‗lchash. 
Elementar diagnostikalashning maqsadi - transport vositasi agregat, mexanizm 
va tizimlarining texnik holatini baholash. 37-rasmda tortish stendining prinsipial 
sxemasi keltirilgan. Transport vositasi g‗ildiraklari yuritish (2) va tutib turuvchi (3) 
roliklarga o‗rnatiladi, roliklar rama (9)ga o‗rnatilgan. Transport vositasini roliklar 


122
ustiga o‗rnatish va undan tushirishni ko‗targichlar (6) ta‘minlaydi. Ko‗torgich yuqori 
holatga keltiriladi, keyin ularning ustiga transport vositasi yurib chiqadi, so‗ng 
ko‗targichlar tushiriladi va transport vositasi g‗ildiraklari stend barabanlari ustida 
turib qoladi.Diagnostikalash jarayonida avtomobil motori transmissiya yordamida 
g‗ildiraklarni aylantiradi, g‗ildiraklar esa stend roliklarini (2.3) aylantiradi. 
Transport vositasi hosil qiladigan tortish kuchiga stendning aylanadigan 
qismlori inersiyasi (1,2,3) va elektr dinamik tormoz (4) yaratadigan tormoz momenti 
aks ta‘sir ko‗rsatadi. Stend barabanlari elektr dinamik tormozning yakori (4a) bilon 
bog‗liq. Kompyuter yordamida elektr dinamik tormoz (4)dagi tok kuchini sozlash, 
avtomobilning real ekspluatatsiyasida unga ta‘sir etadigan qarshilik kuchlarini 
modellashtirish imkonini beradi. 
G‗ildiraklordagi tortish kuchi rolikli sinov stendining aylanadigan qismloriga 
burash momentini beradi. Tezlanayotgan aylanishni sekinlatish uchun elektr dinamik 
tormoz (4) yordamida roliklarga (2,3) qarshi tormoz momenti qo‗yiladi. Tormoz 
momentiga mutanosib, oks ta‘sir momenti paydo bo‗ladi, uni tebranma tayanchga 
muvozanatli o‗rnatilgan tormoz korpusi (indicator 4b) qabul qiladi. 
Induktor elektr dinamik tormoz statoridan pishang orqali uzatiladigan kuchni 
dinamometrik datchik (5) yordamida o‗lchaydi. Barabanlarning (2 va 3) aylanish 
tezligi datchik (7) bilan o‗lchanadi, bu esa barabanning ma‘lum radiusida 
avtomobilning chiziqli tezligini hisoblash imkonini beradi. 
Tortish stendining umumiy ko‗rinishi 37-rasmda keltirilgan. Motor quvvatini 
aniqlashning eng sodda, stendsiz (tormozsiz) usullaridan biri silindrlarni navbatma- 
navbat o‗chirish (uzib qo‗yish) usulidir. Uzib qo‗yilgan silindrlar motor uchun 
yuklama moment hosil qiladi va uning samarali quvvatini kamaytiradi, bu esa motor 
tirsakli vali aylonish chastotasining pasayishiga olib keladi. 
Uzib qo‗yilgan silindrlarning quvvati qancha yuqori va uzilmaganlariniki 
qancha past bo‗lsa, tirsakli valning aylanish chastotasi shunchalik pasayadi. 
Silindrlar soni ko‗p bo‗lsa, bu usulning aniqligi pasayadi.Motorning samarali quvvati 
(Ne)ni, shuningdek, tirsakli valning burchak tezligi va tezlanishini yuklamasiz
shig‗ov tartibotidagi tahlil bo‗yicha ham aniqlash mumkin (ilashma uzilgan holatida) 


123
Buning uchun quyidagi formuladan foydalansa bo‗ladi: 

Download 5,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish