Mashg’ulotning tеxnologik xaritasi va o’tkazilish ishlanmasi



Download 425 Kb.
bet6/6
Sana29.12.2021
Hajmi425 Kb.
#80144
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
40-41

Yangi mavzu bayoni. Mavzuning maqsadi, asosiy ma’no-mazmuni, qo’llaniladigan ish usullari o’quvchilarga tushuntirib beriladi.

Suhbat, ko’rsatmalilik,

15

4-bosqich

Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash: mavzu bo’yicha sinov testi o’tkazish va o’quvchilar bilimi mustahkamlash.

Test

10

5-bosqich

Amaliy mashg’ulot: o’quvchilarni mavzuga oid bilimlarini mustahkamlash maqsadida maktab bog’ida ishlarni tashkil qilish.

Suhbat, ko’rsatmalilik, savol-javob,

35

6-bosqich

Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

“O’lchash va rejalash asboblari. Mеtаllargа ishlоv berish qo’l asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalari” mavzusi yuzasidan qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib mavzuni mustahkamlab tayyorlanib kelish va mavzuga oid ma’lumotlarni to’plash.



Og’zaki muloqot

10


Yangi mavzu bayoni
Shtangensirkul (1-rasm) universal o’lchov asbobi bo’lib, uning yordamida chiziqli o’lchamlarni, tashqi va ichki o’lchamlarni, chuqurliklarni o’lchash, tayyor detal va buyumlarning o’lchamlarini tekshirish, shuningdek, rejalash ishlari bajari-ladi. Shuning uchun undan masshtabli lineyka, kronsirkul, nu­tromer, chuqurlikni o’lchaydigan asbob (shtaigen-glubinomer), sirkul, shtangenreysmus sifatida foydalanish mumkin. Asbobsozlik zavodlarida 100, 125, 150, 200, 300, 400, 500, 600, 800, 1000, 1500 va 2000 mm gacha bo’lgan o’lchamlarni o’lchash imkonni beradigan, aniqlik darajasi 0,1; 0,05; 0,02 mm gacha bo’lgan shtangensirkullar ishlab chiqariladi. O’quv ustaxonalarida 300 mm gacha o’lchash imkonini beradigan shtangensirkullar ishlatiladi.

Aniqlik darajasi, 0,1 mm bo’lgan shtangensirkul (2-rasm, a) millimetr masshtabli shtanga 8, qo’zg’almas jag’ 2, 3, qo’zg’aluvchi jag’ 1, 4, noniusli ramka 6, qotiruvchi vint 5, nonius 9 va sterjens 7 day iborat. Nonius shkalasining uzunligi 9 mm bo’lib, u 10 ta teng bo’lakka bo’lingan. Demak, noniusning har bir bo’limi 9 mm : 10-0,9 mm ga teng. Noniusning noli shtanganing noli bila mos kelsa, uning o’ninchi chizig’idan tashqari hech bir chizig’i shtanga chizig’i bilan mos kelmaydi (bir to’g’ri chiziqda yotmaydi). Bunda noniusning o’ninchi chizig’i shtanganing

to’qqizinchi chizig’iga mos keldi.

Shunday qilib, noniusning bir chizig’i shtanganing bir chizig’iga 0,1 mm etmaydi, noniusning ikki chizig’i shtanganing ikki chizig’iga 0,2 mm, uch chizig’i 0,3 mm va xokazo etmaydi. SHS-markali shtangensirkul tuzilishi quyidagi 2-rasmda tasvirlangan. Noniusning nol chizig’i shtanganing nol chizig’idan o’tib, birinchi chizig’iga etmagan bo’lsin. Noniusning oltinchi chizig’i shtanga chizig’iga mos kelsin. Bu holda hisob 0,6 mm bo’ladi. Ikkinchi o’lchashda noniusning noli shtanganing 25-chizig’idan o’tgan. Demak, butun son 25 mm. Noniusning 6- chizig’i shtanga­ning ixtiyoriy bir chizig’iga mos kelgan. Kasr son 0,6 mm. Bu holda shtangensirkulning ko’rsatishi 25,6 mm. Aniqlik darajasi, 0,05 yoki 0,02 mm gacha bo’lgan shtangensir­kul 3-rasmda ko’rsatilgan.




Shtangensirkuldan ichki va tashqi diametrlarni o’lchashda foydalaniladi. Shtangensirkul yordamida 0,05— 0,02 mm aniqlikkacha o’lchanadi. Ulchashda qo’zg’aluvchan ramka harakatlanadi, o’lchash tugagach ramkani mahkamlovchi vint burab mahkamlanadi. Uning tuzilishi 4 -rasmda ko’rsatilgan.


M ikrometr - skobasiga uning aniqlik darajasi, o’lchash chegarasi va asbobsozlik zavodining muhri tushirilgan bo’ladi. Mikrometr skoba 1, uning bir tomoniga qo’zg’almas qilib o’rnatilgan tovon 2, ikkinchi tomoniga o’rnatilgan vtulka ste­bel 5 dan iborat.

Vtulkaga mikrometrik vint-shpindel 3 kiritiladi. Vtulkastebelning tashqi tomoniga millimetrli va yarim millimetrli masshtab shkalali chizilgan. Vtulkaga gil­za-baraban 6 kiyidirilib, uning aylanasi bo’ylab 50 bo’limli nonius darajalangan. Mikrometrik vint qalpoqcha yorda­mida barabanga qotirilib, uning uchiga treshchotka 7 o’rnatiladi. Natijada mikrometrik vint vtulka ichida baraban uning tashqarisida birgalikda buraladi 5 – rasm.


Arralar va frezalar turlari

Dastaki arra (6-rasm) ba’zan yoy deb ham ataladigan ramka (1) va unga mahkamlangan tishli yupqa po‘lat polosadan iboratdir (4). Ramkalar bikr va ajraladigan bo‘ladi. Ajraladigan ramka ancha qulaydir, chunki unga uzunligi har õil arra polotnolarini o‘rnatish mumkin.

Ramkaning bir uchida dasta (3) va arra polotnosini o‘rnatish uchun o‘yiq ochilgan qo‘zg‘almas sterjen (2); ikkinchi uchida o‘yiq va quloqli gaykali (7) tortish vinti bo‘ladi va bu vint arra polotnosini taranglashga õizmat qiladi. 6-rasm. Dastaki chilangarlik arrasi.

Metallni arralash jarayoni sortli prokatni arra yordamida bo‘laklarga ajratishdan iborat chilangarlik operasiyasidir.

Freza (metal va metalmas materiallardan tayyorlanadigan buyumlar va zagotovkalarning shakldor yuzalariga ishlov berish, tish, rezba o‘yish va hokazolarda ishlatiladigan ko‘p tig‘li kesuvchi asbob)lar mahkamlanish usuliga, shakliga, konstruksiyasi va tishlar yo‘nalishiga qarab bo‘linadi.

T ish konstruksiyasiga qarab frezalar quyidagi turlarga bo‘linadi: silindrsimon, diskli, uchli, bo‘rtgan, pazli, qabariqli, burchakli, qirquvchi va boshqalar (7-rasm).



7-rasm. Frezalar turi: a) silindrsimon; b, d)diskli; e, f) uchli; 6- rasm dastarra

g) bo‘rtgan; h) pazli; i) qabariqli; j) burchakli; k) qirquvchi.

Frezalar – ko‘p lezviyali asbob. Har bitta tishi keskich rolini o‘ynab, qirindini vergulsimon qilib oladi. Ish paytida bitta yoki bir nechta tish qatnashib qolganlari shu payt ichida sovub ulguradi. Shunday qilib frezalar tishi navbatmanavbat ishlaydi.

Metallarni qirqishda kesuvchi asbob sifatida zubilo va kreysmeyseldan, zarb berish asbobi sifatida esa chilangarlik bolg‘alaridan foydalaniladi. Kreysmeysel – qattiq mateiallarga ishlov beriladigan ensiz zubilo.

Zubilo, otvertka va omburlar

Zubilo – metallarni qirqishda kesuvchi asbob sifatida zubilo(ponasimon chilangarlik asbobi bo‘lib, metalni kesish, tunukadan zagatovka qirqib olish, teshik va ariqchalar ochish, metall sirtidan g‘adir-budurlarni tozalashda ishlatiladi. Chilangarlik zubilosi dastaki kesuvchi asbobdir. Zubiloning o‘rta qismidan ko‘ndalang kesimining yuzasi oval shaklida bo‘ladi.
Yangi mavzunu mustahkamlash(tarqatma materiallar sosida).

Savollar:

1.Shtangensirkul qanaqa asbob va u nima maqsadlarda foydalaniladi?

2.Asbobsozlik zavodlarida ishlab chiqariladigan stangensirkullarda aniqlik darajasi qanchagacha o’lchanadi?

3.Mikrometr qanday asbob va u qanday maqsadlarda foydalaniladi?

4.Mikrometr qismlarini aytib bering?

5.Frezalar qaysi xususiyatlariga ko’ra bir-biridan farqlanadi?

6.Metallarni qirqishda kesuvchi asbob sifatida nimalardan foydalaniladi?



7.Zubilo haqida ma’lumot bering?

8. Tish konstruksiyasiga qarab frezalar qanday turlarga bo’linadi?
Download 425 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish