Mashg`ulotlarni virtual laboratoriya dasturlari yordamida tashkil etish



Download 19,44 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi19,44 Kb.
#618383
Bog'liq
Reja Virtual o‘quv laboratoriya haqida tushuncha

MASHG`ULOTLARNI VIRTUAL LABORATORIYA DASTURLARI YORDAMIDA TASHKIL ETISH


Reja:
1. Virtual o‘quv laboratoriya haqida tushuncha.
2. Maxsus didaktik interfeys, ssenariyli sxemalar.
3. Crocodile ICT dasturini o’rnatish va
mashg’ulotlarni tashkil etish.

1. Virtual o‘quv laboratoriya haqida tushuncha.

Ta’limni axborotlashtirishda, bo‘lajak kadrlarning axborot va kommunikasion texnologiyalarni o‘zlashtirishlari bilan bir qatorda, aniq fan sohasida kadrlar tayyorlashni axborot va kommunikasion texnologiyalarni kommunikasion texnologiyalari vositalari yordamida jadallashtirish lozim. Keyingi vaqtlarda, ta’limda axborot va kommunikasion texnologiyalaridan foydalanish sohasida yangi atama “Virtual o‘quv laboratoriya” paydo bo‘ldi. Virtual o‘quv laboratoriya ochiq va masofaviy o‘qitish g‘oyasiga muvofiq bo‘lib, ta’lim jarayonidagi moddiy-texnik ta’minot borasidagi muammolarni oz bo‘lsada dolzarbligini kamaytiradi.
Virtual o‘quv laboratoriya bo‘yicha ilmiy-metodik ishlarning mavjudlari ham asosan virtual asbob va ularni laboratoriya mashg‘ulotlarida qo‘llashning yoritilishi bilan cheklangan, biroq, bizning fikrimizcha, virtual o‘quv laboratoriyasida faqatgina virtual asboblar emas, balki virtual o‘quv xonalari texnik ob’ektlar loyihasi, matematik va imitasion modellash tizimlari, amaliy dasturlar o‘quv va ishlab chiqarish paketlarini o‘z ichiga oladi. Virtual o‘quv laboratoriyaning o‘zi esa faqatgina laboratoriya mashg‘ulotlarida emas, balki talabalarning kurs va diplom
loyihalarida, o‘quv-tadqiqot ishlarida qo‘llanilishi mumkin. “Virtual laboratoriya” tushunchasining mohiyati tarkibiy qism bo‘lgan virtual asbob yordamida (oddiy elektron asbob bilan ishlagandek) kompyuterda ishlash imkoniyatini beradigan, oddiy kompyuterga qo‘shimcha qilingan apparatli va dasturli vositalar to‘plamini ifodalashdan iboratdir. Virtual asbob va virtual laboratoriyaning muhim qismi – foydalanuvchining samarali grafik interfeysi (ya’ni, foydalanuvchining kompyuter bilan o‘zaro aloqalarining qulay, interfaol rejimini ta’minlovchi), odatiy predmetli sohada ko‘rgazmali grafik namunalar ko‘rinishida grafik menyu tizimi bilan dasturli asbob hisoblanadi.
O‘quv virtual laboratoriya – bu yakunlangan dasturli mahsulot bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyati avtomatlashtirilgan hamda loyihalashtirish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan katta dasturli tizimlarni loyihalashtirishning zamonaviy konsepsiyalaridan foydalanish hisoblanadi. Metodologik jihatdan virtual laboratoriyalarni sun’iy intellekt tizimlarida qabul qilingan jarayon, deklarativ va gibrid tizimlari turlariga asoslangan bilim berish, tasavvur modellaridan kelib chiqib, guruhlash mumkin. Virtual o‘quv laboratoriyadagi amaliy jarayon asosini amaliy dasturlar o‘quv paketi yoki ularning sanoat analoglari tashkil etadi.
2. Maxsus didaktik interfeys, ssenariyli sxemalar.

Virtual laboratoriyalarni yaratishda asosiy e’tibor odatda matematik modellash, o‘rganilayotgan jarayon yoki obyektlar optimallashtirish va hisob ishlariga qaratiladi. Amaliy dasturlar paketi bilan o‘quv ishlarida talabalar maxsus mutaxassislik malakalariga ega bo‘lishlari kerak, ko‘pchilik hollarda ular hali malakalarga ega bo‘lmaydilar. Bunda quyidagi tamoyillarga asoslangan maxsus didaktik interfeys, ssenariyli sxemalar yordam berishi mumkin:


• o‘rganish faoliyatini faollashtirish uchun musobaqalashish vaziyatlarini yaratish;
• o‘quvchilarning bilish faoliyatini siklik, yopiq boshqarishni tashkil etish;
• qiziqarli namunaviy yoki o‘rgatuvchi masala yoki masalalar to‘plamini tanlash.
Bu tamoyillarni amalga oshirish tajribasi ularning yuqori didaktik samarasini ko‘rsatadi. Texnik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashda texnik obyektlar loyihasini o‘rganish bo‘yicha laboratoriya ishlari katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda maxsus o‘quv xonalari yaratilyapti. Ammo ularni yaratish uzoq vaqtni, jihozlash va tarkibi esa – katta moddiy resurslarni talab qiladi. Ta’lim jarayonida virtual xonalardan foydalanish haqiqiy o‘quv xonalaridan foydalanishni butunlay chetlashtirmaydi. Lekin, bunday mashg‘ulotlarning elektron ko‘rinishi quyidagilarga imkon beradi:
• talabalarning o‘quv ishlarida faolliklari va mustaqilliklarini oshiradi;
• o‘quv materialining multimedia ko‘rinishidaligi bilan uni qabul qilishni osonlashtiradi; • har bir talabaning materialni o‘zlashtirishi bo‘yicha to‘liq nazoratni ta’minlaydi;
• imtihon va reyting nazoratlari tayyorlanishda takrorlash va trening jarayonini osonlashtiradi;
Virtual laboratoriya o‘quv multimedia majmualaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
Bilish faoliyatining asosiy bosqichlariga quyidagilar:
1. Tanishuv, qabul qilish: metodik tavsiyalar, bosma qo‘llanmalar.
2. Anglash, mustahkamlash va bilimlarni tekshirish: elektron o‘quv qo‘llanmalar, test tizimlari, virtual o‘quv xonalari.
3. Kasbiy yo‘nalgan ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, intuisiyani rivojlantirish: matematik yoki immitasion modellash, trenajerlar va boshqa o‘quv tizimlari.
4. Loyiha-tadqiqotchilik o‘quv faoliyati: o‘quv yoki ishlab chiqarish qo‘shimcha dastur paketlari kiradi.
Fanlar bo‘yicha fizik asboblar va qurilmalar bilan shaxsan tanishmasdan va ularda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirmasdan turib, yetuk mutaxassisni tayyorlashni tasavvur qilish qiyin. Masofaviy ta’limni tashkil etish sharoitlarida laboratoriya praktikumining an’anaviy shakllari foydalanuvchi (talaba tajriba o‘tkazuvchi)ning modellashtirish muhiti bilan samarali interfaol o‘zaro aloqalariga
erishish yo‘lida apparatli-dasturli (texnik) vositalar, kompyuter grafikasi va animasiyadan foydalanib, fizik tajribani imitasiya qilish hamda matematik modellashtirish texnologiyasidan foydalanuvchi, virtual laboratoriyalar bilan to‘ldiradi. Virtual laboratoriyaning muhim jihati asboblarining odatiy tasvirlari bilan birga, haqiqiy signallarni imitasiyalash modellarinigina emas, balki zarur ma’lumotlar fayllarida saqlanadigan avvalgi tajriba ma’lumotlar fayllarida foydalanish yo‘li bilan tajribani ko‘rgazmali imitasiya qilish mumkinligi hisoblanadi. O‘qitish natijalari kafolatining asosi yaxlit o‘quv jarayonida tashkil etiluvchi operativ javob aloqasi hisoblanadi. O‘quv materialini o‘rganishda qo‘yilgan maqsadlarga yo‘naltirilgan kundalik natijalarni baholash va ta’lim mazmunini boyitib borish zarur.
3. Crocodile ICT dasturini o’rnatish va mashg’ulotlarni tashkil etish.

Fan – tеxnikaning rivojlanishi va axborot tеxnologiyalari sohasidagi erishilgan yutuqlar insoniyat oldida turgan turli-tuman yangidan yangi muammolarni yеchishga imkon bеradi. Ta’lim tizimida o‘quv jarayonini tashkil qilishning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, zamonaviy pеdagogik va axborot tеxnologiyalarini yurtimizda kеng joriy etish mеtodikasini yaratish dolzarb uslubiy masalalardan hisoblanadi.


Ta’lim jarayoniga xususan O‘zbеkiston Rеspublikasida aniq fanlarni o‘qitishda inqilobiy burilishga sabab bo‘ladigan dasturiy ta’minotlar xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Crocodile ICT dasturi Yevropa mamlakatlarida Informatika fanini o’qitishda juda yaxshi samara bermoqda. Bu dastur yordamida informatikada dasturlash jarayonini, aniqroq qilib aytganda algoritmlash bo’limini o’quvchiga aniqroq yetkazib berish mumkin.
Оbyektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘qitishda juda qo‘l kеladigan Crocodile ICT ning oddiy intеrfеysi va blok sxеmalari yordamida yaratilayotgan dastur orqali har bir buyruqni animatsiya ko‘rinishda tasvirlash mumkin.
Crocodile ICT o’zining yaratgan dasturlarini hozirda uy sharoitida o’qituvchi va o’quvchilar bepul foydalanishlari uchun imkoniyat yaratdi.
Dasturlash fanida Crocodile ICT dastur muhitidan foydalanish orqali algoritmni o`rganish mumkin.
Crocodile ICT dasturi matematik va fizik jarayonlarni modellashtirish chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi va prodsiduralarni o`rganish kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Bu dastur algoritmning blok sxemalarni o`rganish kuzatish, tajribalar o’tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi.
Ushbu dastur Crocodile ClipsLtd tomonidan 1994 yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala echishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo’ladi. Dastur dasturlash faning barcha bo’limlari bilan ishlash, jarayonlarni chuqur o’rganish imkoniyatini yaratadi.
Crocodile ICT dasturini o’rnatish jarayoni:
Dastlab Crocodile ICT dasturi instalyatsion paketini ishga tushiramiz. Quyidagi oyna hosil bo’ladi. O’rnatish jarayonini davom ettiramiz.
Ustanovka jarayoni tugallandi. Endi Crocodile ICT dasturini ishga tushirish mumkin. Crocodile Ict dasturi ishchi oynasi quyidagicha:
Yangi model yaratish uchun New model tugmasini tanlaymiz.
1-virtual tajriba. Misol funksiya bajarilish va sikl orqali ko`rsatilgan bu erda qiz yoki o`g`il bolaning raqs orqali keltiriladi raqslarni turli ko`rishigga keltirish qiymatlarni turli berish bilan bir xil.
Start boshlandi qiz bir marta raqs tushadi va siklga o`tiladi bunda bajarilish 4 marta takrorlanadi.
Buning uchun berilgan qiymatlar quyida keltirilgan
Tajriba davomida kuzatiladiki, sharchaga ta’sir etuvchi kuchlar vaqtning har bir paytida ikkita kuchning o’zaro qiymatlaridagi o’zgarishlar ta’sirida ro’y beradi. Sharcha pastga xarakatlanayotganda og’irlik kuchining ta’siri kamayib, elastiklik kuchining ta’siri ortib boradi, aksincha sharcha yuqoriga harakatlanganda elastiklik kuchining ta’siri kamayib og’irlik kuchining ta’siri ortib boradi. Dasturning o’ziga xos xususiyatlari: dasturlashning algoritm(blok sxemalarni)hodisalarni namoyish etuvchi optimal dastur,qadamma-qadam o’rgatuvchi darslar,algoritm bo’limlariga oid tayyor modellar, matematik va fizik jarayonlarni kompyuterda modelashtirish imkoniyati,mustaqil modellashtirish imkoniyatini beruvchi sodda interfeys,tajribalarni amalga oshirish va kuzatish,dasturning kuchli instrumentariyasi,tajribada qatnashayotgan qiymatini juda yaxshi aniqliq bilan hisoblash imkoniyatini beradi va grafikli bog’lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash va qog’ozga chop etish mumkin.
Bu dasturdan o’rta maktab o’quvchi va o’qituvchilari, listey, kollej talabalari va oliy ta’lim muassasalarining talaba, professor-o’qituvchilari «chiziqli», “takrorlanuvchi”, “tarmoqlanuvchi”, “murakkab prodsidura“ dasturlash fanlarida qo’shimcha pedagogik dasturiy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin.
Bu dastur, kasbi kim bo’lishidan qat’iy nazar foydalanuvchini izlanuvchanlikka, ijodiy fikr yuritishga, ish natijalarini tahlil qilishga o’rgatadi. Dastur imkoniyatlari juda keng bo’lib, undan amaliy va tajriba mashg’ulotlarda (ya’ni masalalar yechishda) ayniqsa, virtual tajriba ishlarini bajarishda keng foydalanish mumkin.
Download 19,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish