8
bo‘ladigan barcha yaxshi-yomon ishlarni o‘zi uchun Alloh tomonidan belgilangan
sinov va imtihon deb bilishi lozim. YAxshiliklarga shukr qilmog‘i, qiyinchilik va
mashaqqatlarga sabr qilmog‘i imonning shartlaridan biridir;
–
o‘limdan keyin qayta tirilish.
Islom ta’limotiga ko‘ra, qiyomat kuni
bo‘lganda barcha insonlar qabrlaridan turadilar va mahshargoh maydoniga
yig‘iladilar. U erda barcha odamlar dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat)
yoki jazo (do‘zax)ga mahkum etiladilar.
Namoz.
Namoz – islomda imondan keyin musulmonlar ustiga
farz qilingan ikkinchi
amal hisoblanadi. Namoz arkonlari Qur’oni karimda to‘liq bayon etilmagan bo‘lsa
ham, ammo u haqda ba’zi ko‘rsatma va tartiblar berilgan. Namozning vaqti,
miqdori hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan. Bu masalada
musulmonlar orasida har xilliklar mavjud bo‘lib,
ular negizida turli mazhab
ta’limotlari shakllandi. Har kuni besh vaqt: bomdod – (tong otishidan kun
chiqquniga qadar), peshin – (quyosh tikkadan oqqanidan to biron narsaning soyasi
o‘z bo‘yiga ikki barobar kelguniga qadar), asr – (peshin vaqti chiqishi bilan to
quyosh to‘liq botgunga qadar), shom – (quyosh to‘liq botganidan ufqdagi qizillik
yo‘qolguniga qadar), xufton – (shom vaqti chiqqanidan tong otguniga qadar) ado
etiladi.
Zakot.
Zakot – «poklash» ma’nosini
bildiradi, ya’ni ehtiyojdan tashqari bo‘lgan
boylikning qirqdan bir qismini (1/40) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga
etgan badavlat kishilar uchun farz etilgan. Zakot etim-esir,
beva-bechoralar,
musofirlar, qarzdorlar, Alloh yo‘lida yurganlar, zakot yig‘uvchilarga beriladi.
Zakot hijriy hisob bilan bir yil davomida ishlatilmay
turgan yoki shaxsiy
ehtiyojdan tashqari, xususiy mulk sifatida foydalanilayotgan mablag‘dan beriladi.
Zakot vositasida jamiyat kishilari orasida o‘zaro hurmat-e’tibor ortib, bir muncha
tenglik yuzaga keladi. Bu jamiyat taraqqiyoti, tinch va osudaligi yo‘lida o‘ziga xos
ahamiyat kasb etadi.
Ro‘za.
Ro‘za – yilda bir oy: hijriy qamariy kalendarning
ramazon
oyi davomida
kunduz kunlari eyish-ichish va jinsiy aloqada bo‘lishdan tiyilish. Ro‘za
Hijrat
ning
ikkinchi yili farz bo‘lgan. Bu ibodat kasal yo safarda bo‘lgan
kishilardan boshqa
kunlarda tutib berish sharti bilan soqit qilinadi. Sababsiz ro‘zani buzgan kishi
boshqa kunda tutib berish bilan birgalikda, uning jazosi sifatida ikki oy paydar-pay
ro‘za tutishi lozim bo‘ladi. SHuningdek, ro‘za ramazondan tashqari oylarda ham
tutilishi mumkin. Masalan,
nafl
ro‘za yoki qasamni buzishdagi
kafforat
uchun ham
ro‘za tutiladi.
Haj
–
qodir bo‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat
qilish va ushbu ibodat o‘z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat. Haj farz
amallardan hisoblansada, O‘rta Osiyo Arabistondan uzoq masofada joylashganligi
sababli yuqorida zikr etilga «
qudrat
i
etganlik
» sharti ulamolar tarafidan kiritilgan.
Haj
zulhijja
oyining 8 kunidan boshlanadi. Haj qilishning uch turi mavjud: «ifrod»
9
– faqat haj amallari bajariladi, «qiron» –
haj va
umra
amallari oldinma-ketin
bajariladi, «tamattu’» – avval
umra
qilinib,
ehromdan
chiqiladi va
zulhijja
oyining
sakkizinchi kuni
ehromga
kirib, haj ruknlari ado qilinadi. Hajning farzi uchta:
ehrom
bog‘lab niyat qilmoq, Arafotda turmoq, Ka’bani
tavof
qilmoq.
Do'stlaringiz bilan baham: