Mashg‘ulot turi: ma’ruza Mavzu: Islom dini va ta’limoti Mavzu rejasi


payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana19.11.2022
Hajmi0,67 Mb.
#868592
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
\'2 ìàúðóçà Èñëîì äèíè âà òàúëèìîòè

payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish. 

Alloh insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambarlar yuborgan. 
Barcha payg‘ambarlar bir zanjirning bo‘g‘inlari kabidirlar. Qur’onda 25 
payg‘ambarning nomlari zikr etilgan. Hadislarda payg‘ambarlarning umumiy soni 
124 ming ekanligi bayon qilingan. Musulmonlar uchun ulardan Qur’onda nomi 
zikr qilingan va zikr qilinmaganlarning barchasiga barobar imon keltirish shart;

Oxirat kuniga ishonish
.

Dunyoning ibtidosi bo‘lgani kabi uning intihosi ham bor. Islom ta’limotiga 
ko‘ra, bu dunyo bir sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun 
mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavjud. Qiyomat 
kuniga va oxirat hayotiga ishonish islomning asosiy g‘oyalaridan biridir; 

taqdirga – inson boshiga tushgan yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga 
– e’tiqod qilish.
YUqorida aytib o‘tilganidek, islomning ma’nosi «
taslim 
bo‘lmoq
», «
o‘zini topshirmoq
»dir. SHunga binoan, inson hayotda ro‘baro‘ 



bo‘ladigan barcha yaxshi-yomon ishlarni o‘zi uchun Alloh tomonidan belgilangan 
sinov va imtihon deb bilishi lozim. YAxshiliklarga shukr qilmog‘i, qiyinchilik va 
mashaqqatlarga sabr qilmog‘i imonning shartlaridan biridir;

o‘limdan keyin qayta tirilish. 
Islom ta’limotiga ko‘ra, qiyomat kuni 
bo‘lganda barcha insonlar qabrlaridan turadilar va mahshargoh maydoniga 
yig‘iladilar. U erda barcha odamlar dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) 
yoki jazo (do‘zax)ga mahkum etiladilar. 
Namoz.
Namoz – islomda imondan keyin musulmonlar ustiga farz qilingan ikkinchi 
amal hisoblanadi. Namoz arkonlari Qur’oni karimda to‘liq bayon etilmagan bo‘lsa 
ham, ammo u haqda ba’zi ko‘rsatma va tartiblar berilgan. Namozning vaqti, 
miqdori hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan. Bu masalada 
musulmonlar orasida har xilliklar mavjud bo‘lib, ular negizida turli mazhab 
ta’limotlari shakllandi. Har kuni besh vaqt: bomdod – (tong otishidan kun 
chiqquniga qadar), peshin – (quyosh tikkadan oqqanidan to biron narsaning soyasi 
o‘z bo‘yiga ikki barobar kelguniga qadar), asr – (peshin vaqti chiqishi bilan to 
quyosh to‘liq botgunga qadar), shom – (quyosh to‘liq botganidan ufqdagi qizillik 
yo‘qolguniga qadar), xufton – (shom vaqti chiqqanidan tong otguniga qadar) ado 
etiladi. 
Zakot.
Zakot – «poklash» ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojdan tashqari bo‘lgan 
boylikning qirqdan bir qismini (1/40) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga 
etgan badavlat kishilar uchun farz etilgan. Zakot etim-esir, beva-bechoralar
musofirlar, qarzdorlar, Alloh yo‘lida yurganlar, zakot yig‘uvchilarga beriladi. 
Zakot hijriy hisob bilan bir yil davomida ishlatilmay turgan yoki shaxsiy 
ehtiyojdan tashqari, xususiy mulk sifatida foydalanilayotgan mablag‘dan beriladi. 
Zakot vositasida jamiyat kishilari orasida o‘zaro hurmat-e’tibor ortib, bir muncha 
tenglik yuzaga keladi. Bu jamiyat taraqqiyoti, tinch va osudaligi yo‘lida o‘ziga xos 
ahamiyat kasb etadi. 
Ro‘za.
Ro‘za – yilda bir oy: hijriy qamariy kalendarning 
ramazon
oyi davomida 
kunduz kunlari eyish-ichish va jinsiy aloqada bo‘lishdan tiyilish. Ro‘za 
Hijrat
ning 
ikkinchi yili farz bo‘lgan. Bu ibodat kasal yo safarda bo‘lgan kishilardan boshqa 
kunlarda tutib berish sharti bilan soqit qilinadi. Sababsiz ro‘zani buzgan kishi 
boshqa kunda tutib berish bilan birgalikda, uning jazosi sifatida ikki oy paydar-pay 
ro‘za tutishi lozim bo‘ladi. SHuningdek, ro‘za ramazondan tashqari oylarda ham 
tutilishi mumkin. Masalan, 
nafl
ro‘za yoki qasamni buzishdagi 
kafforat
uchun ham 
ro‘za tutiladi.
Haj
– 
qodir bo‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat 
qilish va ushbu ibodat o‘z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat. Haj farz 
amallardan hisoblansada, O‘rta Osiyo Arabistondan uzoq masofada joylashganligi 
sababli yuqorida zikr etilga «
qudrat

etganlik
» sharti ulamolar tarafidan kiritilgan. 
Haj 
zulhijja
oyining 8 kunidan boshlanadi. Haj qilishning uch turi mavjud: «ifrod» 



– faqat haj amallari bajariladi, «qiron» – haj va 
umra
amallari oldinma-ketin 
bajariladi, «tamattu’» – avval 
umra
qilinib, 
ehromdan
chiqiladi va 
zulhijja
oyining 
sakkizinchi kuni 
ehromga
kirib, haj ruknlari ado qilinadi. Hajning farzi uchta: 
ehrom
bog‘lab niyat qilmoq, Arafotda turmoq, Ka’bani 
tavof
qilmoq. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish