Mashgʻulot turi: ma’ruza 1-Mavzu: Raqamli texnologiyalar haqida tushuncha. Mavzu rejasi


Raqamli texuologiyalarnuig tarkibiy qismlari tavsifi



Download 61,85 Kb.
bet2/3
Sana30.08.2021
Hajmi61,85 Kb.
#159775
1   2   3
Bog'liq
1maruzaRT

Raqamli texuologiyalarnuig tarkibiy qismlari tavsifi

Hozirgi kunda jahon miqyosida raqamli texnologiyalarni umumiy bir ma’noda tushunish mavjud emas, shunday bo‘lsada, uning ko‘plab ta’riflari mavjud. Masalan, raqamli texnologiyalar - jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob- uskunalar, tovarlar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan va raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili deb sanalgan xo‘jalik faoliyatidir. Yuqorida aytganimizdek, raqamli texnologiya gibrid dunyo sharoitlarida mavjud bo‘ladigan texnologiyadir. Ushbu ta’rif ham to‘g‘ri bo‘lib, mohiyatni aks ettiradi. Lekin kutilayotgan o‘zgarishlarni tushuntirmaydi va mos ravishda, amaliyotda undan foydalanish bir muncha murakkabdir. Aynan shu sababli, biz quyidagi funksional ta’rifni ifodaladik: Raqamli (elektron) iqtisodiyot bu – axborot, jumladan, shaxsiy axborotdau foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan iqtisodiyot turidir. Bu iqtisodiyot axborot-kommunikatsiya va moliya texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek, birgalikdagi dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat sub’yektlari tovarlar va xizmatlar yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayoni ob’yektlari va sub’yektlarining to‘laqonli o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini ta’minlaydigan infratuzilma ochiqligi tufayli mavjud bo‘lishi mumkin. To‘laqonli o‘zaro aloqa qilish uchun barcha iqtisodiyot ob’yektlari va sub’yektlari sezilarli raqamli tarkibiy qismlarga ega bo‘lishlari lozim. Masalan, hozirgi paytda avtomobilning iste’mol xususiyatlari va xavfsizlik ko‘rsatkichlari uning hisobiga sezilarli darajada yaxshilanadigan raqamli tarkibiy qismlari (dasturiy ta’minot va datchiklar) avtomobil qiymatining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi. Kelajakda ko‘plab tovarlar va xizmatlar qiymatinmg sezilari qismi uning raqamli tarkibiy qismi bilan belgilanadi. Bunday tovarlar "aqlli” buyumlar deb ataladi. Raqamlashtirishda mahsulot yoki xizmatlaming asosiy xususiyatlari jiddiy yaxshilanishi (masalan, avtomobil xavfsiziigi oshadi va uning ekspluatatsiya qiymati kamayadi) yoki yangi xususiyatlar (ovoz bilan boshqarish, internet yoki mobil telefondan turib masofadan boshqarish kabilar) paydo bo‘lishi lozim.

Kognitiv texnologiyalar yordamida intellektuallashtirilgan internetda axborot izlab topish mashinalari bir so‘rovga javob tariqasida minglab javoblar beradi. Bu ma’lumotlar inson idrok qilishi uchun ochiq, ishonchli va to‘liq bo‘lishga musobaqalashib, to‘plangan ma‘lumotlami o‘zlari qayta ishlay boshlaydilar va uatijada bu dunyoni biz uchuu “shaffof” qiladi. Bunday dunyoda aldab bo‘lmaydi. chunki yolg‘on darhol fosh bo‘ladi. Obru-e’tibor esa eng muhim kapital hisoblanadi. Iste’molchi ishlab chiqaruvchini mustaqil ravishda topadi. Avtomatik hujjat aylanmasini hisobga olgan holda esa u to‘g‘ridan-to‘g‘ri barcha kontr agentlari bilan o‘zaro aloqa qilishi mumkin bo‘ladi. Shu tariqa M2C (manufacturer to customer, ishlab chiqaruvchi – iste’molchiga) biznes modeli va bunda ushbu isle’molchi uchun zarur (yoki ko‘ngildagi) original xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan C2M (customer to manufacturer) modeli paydo bo‘ladi.

Bulutli hisoblash platformalari (Cloud Computing) - yangi axborot texnologiya konsepsiyasi bo‘lib, u eng kam espluatatsion harajatlar talab qiladi yoki u orqali provayderga murojaatlar tezkor taqdim etiladi va kerak bo‘lgan hisoblash resurslari talablarga binoan hamma joyda va qulay tarmoq ulanishi bilan ta’minlanishni ko‘zda tutadi. Ma’lumot uzatish tarmoqlari, serverlar, ma’lumot saqlash qurilmalari, servis dasturlari birgalikda ham, alohida ham bulutli texnologiyalarning tarmoq resurslariga misol bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, bulutli texnologiyalar (Cloud technologies) - bu kompyuter resurslariui internetdan foydalanuvchiga so‘rov bo‘yicha (on deniand\ onlayn-servis sifatida taqdim eta oladigan ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalaridir. Shuni ham aytish zarurki, bulutli texnologiyalar vujudga kelayotgan raqamli iqtisodiyot poydevoriga ulkan hissa qo‘shgan va qo‘shayapti. Bu hissa faqatgina texnologik tarkibiy qismlar bilan chegaralanmaydi, balki iqtisodiy va g‘oyaviy tarkibiy qismlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Bulutli texnologiyalar rivojlanishi. masalan, talab bo‘yicha ishlab chiqarish (production on-demand) xizmat sifatidagi dasturiy ta’minot kabi kelajak biznes-modellarining aksariyati uchun asosiy g‘oyaga va ko‘plab iqtisodiy o‘zaro aloqalar uchun tamoyilga aylanadigan tushunchalar paydo bo‘lishiga olib keldi.

Buyumlar Interneti (loT) esa - ko‘plab texnologiyalarni birlashtiradigan. datchiklar bilan jihozlanganlik va internetga barcha uskunalarning ulanishini ko‘zda tutadigan kontseptsiya bo‘lib, masofadan turib real vaqt rejimida (jumladan. avtomatik rejimda) jarayonlarni monitoring va nazorat qilish va buning asosida ularni boshqarishga imkon beradi. Bugungi kunda ushbu sohada ikkita yirik yo‘nalish shakllangan: buyumlar Interneti (loT - Internet of Things) va buyumlar sanoat Interneti (IIoT - Industrial Internet of Things). Instrumental jihatdan ushbu texnologiyalar bir-biriga juda o‘xshashib ketadi. Asosiy farq esa bajarilishi lozim bo‘lgan vazifada: agar buyumlar internetining asosiy vazifasi bu - xilma-xil (modellar va bashoratlar tuzishda ustuvor foydalaniladigan) ma’lumotlar to‘plash bo‘lsa, buyumlar sanoat Intemetining bajarishi lozim bo‘lgan vazifasi ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdan iborat (datchiklar ko‘rsatkichlari bo‘yicha resurslar va quvvtlarni masofadan turib boshqarish). OVUM, Mashine Research va Nokia kompaniyalari tahlilchilarining bashoratlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib, tarmoqqa ulangan sanoat qurilmalarining soni 530 mln birlikdan ortadi. 2025 yilga kelib esa ularning soni 20 dan 200 mlrd birlikkacha bo‘lishi kutilmoqda.

Ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish resurslarini boshqarish texnologiyalarini rivojlanlirish, jumladan, ulardan virtual foydalanish manfaatlarida, raqamli iqtisodiyot infratuzilmalarini yaratish va o‘zgartirish davlat dasturlariga binoan bajariladi: Gcrmaniyada Industrie4.0., AQSHda Advanced Manufacturing Technology, Xitoyda esa asosiy e’tibor ilg‘or texnologiyalar joriy qilish, sifat va innovatsiyalarga qaratiladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish strategik konsepsiyasi. Buyuk Britaniyada Innovate UK. Avstraliyada National Digital Economy. IoT-platformalar yaratish va joriy qilish bo‘yicha loyihalar. amaliy dastur servislari ishlab chiqish Rossiyada ham amalga oshirilmoqda. Internet tashabbuslarni rivojlantirish jamg‘armasi interneti rivojlanlirish yo‘l xaritasini ishlab chiqdi hamda buyumlar interneti Assotsiatsiyasini ta’sis etdi. Rosstandart doirasida faoliyat ko‘rsatadigan «Кибер физические системы» standartlashtirish bo‘yicha yangi texnik qo‘mita faoliyati doirasida buyumlar interneti sohasida standartlar ishlab chiqish va qabul qilish rejalashtirilgan.

Katta ma’lumotlar (Big Data) - inson idrok qiladigan natijalar olish maqsadida strukturalangan va strukturalanmagan (jumladan, mustaqil manbalardan olingan) ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan usullar, vositalar va yondashuvlar yig‘indisidir. Katta ma’lumotlar katta hajm bilan, xilma-xillik va yangilanish tezligi bilan ta’riflanadi. Bu esa axborot bilan ishlash standart usullari va vositalarini yetarli darajada samarasiz qilib qo‘yadi. Shunday qilib, katta ma’lumotlar texnologiyasi bu katta hajmdagi axborot asosida qaror qabul qilish vositasidir. Katta ma’lumotlar boshlang‘ich ma’lumotlar katta tanlamasi mavjud bo‘lgan joylarda paydo bo‘ladi. Ularning asosida makro darajadagi hodisalarni tahlil va bashorat qilish, ijtimoiy xulq-atvor modellarini o‘rganish, shuningdek, ilmiy tajribalar statistika ma’lumotalari asosida trendlarni aniqlash mumkin. Tijorat loyihalari uchun ham, davlat loyihalari uchun ham katra ma’lumotlar sohasidagi asosiy muammo – ma’lumotlarni yakuniy qo‘llash bo‘yicha vazifalarni boshlang‘ich ma’lumotlar asosida amalga oshirish hisoblanadi. Tahlil algoritmidagi eng so‘nggi zamonaviy trendlarni biladigan va kelgusi hisob-kitoblar tezligini baholay oladiganlar emas, balki ushbu texnologiyalarni qo‘llash asosida uzoq muddatli va asoslangan moliyaviy modellar yarata oladiganlar bugungi kunda katta ma’lumotlar sohasidagi ekspertlar hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib, katta ma’lumotlami qayta ishlashga imkon beradigan ko‘p sonli usullar va kompleks dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaradigan kompaniyalar mavjud. Masalan, IBM, Oracle, Microsoft, Hewlett-Packard, EMC, Apache Softvare Foundation (HADOOP) va boshqalar. Katta ma’lumotlar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan axborot manbalari bo‘lib, quyidagilar xizmat qilishi mumkin:

Internetda foydalauuvchilar xulq-atvori loglari; avtomobillardan transport kompaniyaga keladigan GPS-signallar; bankning barcha mijozlari tranzaksiyalari haqidagi axborotlar; yirik chakana tarmoqdagi barcha xaridlari haqidagi axborotlar; ko‘p sonli shahar IP-video kameralaridan olingan axborotlar; sanoat interneti texnologiyalari bilan jihozlangan katta ishlab chiqarish datchiklaridan kelgan axborotlar va boshqalar.



Download 61,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish