21-mashg’ulot. Qo’ychilik xo’jaliklarining loyihalari darsning maqsadi



Download 461,87 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi461,87 Kb.
#745436
Bog'liq
ЗООГИГИЕНАДАН МАЖМУА. АМАЛИЙ - 21 2


21-MASHG’ULOT. QO’YCHILIK XO’JALIKLARINING LOYIHALARI


Darsning maqsadi: Go’sht, yog’, teri va jun yunalishidagi qo’ychilik uchun muljallangan fermalarning asosiy loyihalari bilan tanishish.
Darsga kerakli ko’rgazmali qurollar - Tayyor loyihalar, harajat hujjatlari, me’yoriy jadvallar, qurilish alьbomlari.
Darsning mazmuni - qo’ychilik xo’jaliklarida qo’ylar yil davomida qo’yxonada, qo’yxona-yaylov, yaylov-qo’yxona va yil davomida yaylov sharoiti usullarida saqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29 dekabrdagi PQ-2460 sonli “2016-2020 yillar davrida qishloq xo’jaligini isloh qilishni chuqurlashtirish va rivojlantirish chora - tadbirlari to’g’risida” gi qarorida 2016-2020 yillarda qo’y-echkilar sonini 4 mln 281 ming boshga oshirish vazifasi belgilangan hamda 2020 yilda 23 mln 187 ming boshga yetkazish rejalashtirilgan. Respublikamizda 36 ming tonnadan ko’p jun va 1 mln donadan ortiq qorako’l teri ishlab chiqarilgan. SHundan ko’rinib turibdiki, qo’ychilikni rivojlantirish, mahsuldorligini ko’paytirish yo’llarini izlash hozirgi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Yil davomida qo’yxonalarda saqlash usuli yaylovi bo’lmagan, mavjud yerning ko’p qismi haydaladigan xo’jaliklarda qo’llaniladi. Qo’ylar to’yimli oziqalar bilan qishda to’liq qo’yxonalarda ta’minlanib, yozda esa yaylovga chiqariladi. Yaylov-qo’yxona usulida saqlash yozgi va qishki yaylovi bo’lgan hamma xo’jaliklarda foydalaniladi. Bu xo’jaliklarda sovliqlarning qo’zilash davrida hamda qish va erta bahorda qo’ylarni oziqlantirish uchun yetarli darajada ehtiyot oziqa bo’lishi kerak.
Yil davomida yaylovda saqlash usuli qorako’lchilik sohasida keng qo’llanilab, bunda qo’ylar asosan yaylovda boqilib, qishning sovuq va namgarchilik paytlari TLM asosida qurilgan aylana yoki to’rtburchak shaklidagi qo’tonlarda saqlanadi. Yozning issiq paytlari issiqdan, qon - parazitar kasalliklaridan saqlash, yaxshi oziqalardan foydalanish maqsadida tog’li yaylovlarda boqiladi.
Qo’ychilik xo’jaliklari naslli va tovar xo’jaliklariga, yo’nalishi va mahsulotiga qarab esa mayin junli va yarim mayin junli, po’stinbop, go’sht- jun-sut, qorako’l va go’sht-yog’ yetkazuvchi xo’jaliklariga bo’linadi. Qo’ychilik jinsi va yoshiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1,5 yoshdan katta bo’lgan naslli va aniqlovchi qo’chqorlar, qisir sovliqlar, qo’zilari ajratilgandan keyin qochirilmagan yeovliqlar; bo’g’oz sovliqlar, qo’zili sovliqlar, 2 - 3 kunligidan 4 oyligigacha sun’iy ravishda o’stiriladigan qo’zilar, to’qli va tusoqlar, onasidan ajratilgan qo’zilar, go’shtga boqilayotgan to’qlilar, puchak qilingan sovliqlar va qo’chqorlar.

Ko’pchilik qo’yxonalarning poli zichlangan tuproqdan, tuproq-shag’aldan va shimoliy hududlarda taxtadan qilinadi. Romanov zotli qo’ylarni saqlash uchun rezina bilan yopilgan pollar qilinadi.
Qo’tonlarda qo’ylar yiliga 1 - 2 marta almashtiriladigan qalin poxol to’shamada saqlanadi. Maydonlardagi yig’ilib qolgan go’nglarni chiqarish uchun bulьdozerlardan foydalaniladi. Xo’jaliklardan tashqariga go’ngni chiqarishda PTS-4 pritsepli telejkalarga PE-0,8 yoki NT-35 ortkichlar ishlatiladi.
Har xil turdagi qo’yxonalarga qo’ylarni joylashtirishda har bir bosh qo’yga to’g’ri keladigan pol yuzasi quyidagi o’lchamda bo’ladi: yopiq qo’yxonalarda bahorgi qo’zilaydigan sovliqlar uchun 1 - 1,2 m2, guruh holida saqlanadigan naslli qo’chqorlarga 1,8 - 2 m2, yakka saqlanadiganlarga 3 - 4 m2, bir yoshgacha bo’lgan qo’zilarga 0,7 - 0,8 m2 joy ajratiladi.

Ochiq bostirmalarda har bir bosh qo’y uchun yopiq binolarga nisbatan 2,5 baravar joy ajratiladi. U yerdan qo’ylar xuddi oziqlantirish maydonlaridek foydalanadi. CHunki havo yaxshi paytlarida qo’ylar kunning ko’p vaqtida asosiy oziqalarni o’sha yerda oladi va sug’oriladi. Ochiq bostirmalarning yeri mustahkam betonlangan, asfalьtlangan, shag’al yoki zichlangan tuproq bilan qoplangan bo’ladi.

Qo’ychilik xo’jaliklarini sanitariya holati tekshirilganda xo’jalik yunalishi, qo’ylar bosh soni va maxsuldorligi, yoshi, saqlash texnologiyasi, qo’yxonalarni tarkibi, ularni zoogigienik holati, yayratish maydonining tuzilishi, o’lchamlari, oxurlarni tuzilishi, sug’orish yullari e’tiborga olinadi.

Issiqxonalarni tuzilishi, jihozlanishi, qo’zi olish mavsumini o’tkazish, yangi tuqqan sovliqlar va qo’zilarga qarash, saqlash, oziqlantirish yullari, qo’zilarni onasidan ajratish vaqti, sovliqlarni sog’ish va sut mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi, yoz paytida quylarni yaylovda boqish va sug’orish usullari, quylarni su’niy qochirish, jun qirqishni tashkil etish va o’tkazish, turli yuqumli va invazion kasalliklarni oldini olish chora tadbirlari tekshiriladi.


Nazorat savollari.
1. Qo’ylar uchun qanday TLM qo’llaniladi?
2. Qo’ychilik fermasi qanday quriladi?
3. Issiqxona nima uchun ishlatiladi?


Download 461,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish