2 –MASHG‘ULOT.
MAGMATIK TOG‘ JINSLARI XARAKTERISTIKASI. TOG‘ JINSLARINING ICHKI VA TASHQI TUZILISHINI O‘RGANISH
Amaliy mashg‘ulot 2 qismdan iborat: nordon va o‘rta magmatik tog‘ jinslari, magmatik effuziv tog‘ jinslari namunalari o‘rganiladi.
Ishning maqsadi.
1.Talabalar ishni bajarish davomida magmatik tog‘ jinslarining kolleksiyasi bilan tanishib, ularning tuzilishi, xossalarini, asosiy belgilarini va xalq xo‘jaligidagi o‘rnini o‘rganiladi.
Umumiy ma’lumotlar.
Magmatik jinslar. Magma deb ataladigan va er qaridan ko‘taralib chiqqan suyuq silikatlarning qotish protsessida yuqori temperatura va kuchli bosim sharoitida xosil bo‘ladi.
2. Magmatik tog‘ jinslari asosan ikkita katta gruppaga bo‘linadi: a). Yer po‘stining chuqur joylarida qotib qolgan magma mahsulotlar chuqurdagi, yoki intruziv. b). Yer yuzasiga otilib chiqib qotib qolgan mahsulotlarni esa effuziv jinslar deyiladi. Magmatik tog‘ jinslari kimyoviy xarakteristikasi, ularning qanday sharoitda xosil bo‘lganidan qat’iy nazar, magma quyidagi oksidlarning necha protsent borligiga bog‘liq: SiO2; TiO2; Fe2O3; FeO; CaO; MgO; Na2O; K2O va H2O
Magmatik tog‘ jinslari SiO2 bilan nechog‘lik to‘yinganiga qarab quyidagi gruppalarga bo‘linadi.
Nordon jinslar - SiO2 64 - 78%
O‘rta jinslar - SiO2 52 - 64%
Asosiy jinslar - SiO2 40 - 52%
Ultra - asosiy jinslar - SiO2 - 40%
Ma’lumki, magma har hil chuqurliklarda turlicha kristallandi, chunki magmaning kristallanishi, bosimga, temperaturaga va mineralizatorlarga bogliqdir. Bosim qancha ko‘p bo‘lsa, magma qancha sekin sovusa, mineralizatorlar qancha ko‘p bo‘lsa, magma shuncha to‘la kristallanadi, chunki shunday sharoit bu murakkab protsess uchun normal vaqt va normal muhit tug‘diradi. Normal sharoitlarda turli minerallarning nuqul yaxshi o‘sgan kristallaridan iborat rosa donador, yaxlit - kristallik jinslar hosil bo‘ladi. Aksincha, atrofdagi muhit temperaturasining past bo‘lishi va magmaning tez sovushi, bosimning past tushib, mineralizatorning magmadan chiqib ketishi kristallanish protsessining normal ketishi uchun yo‘l qo‘ymaydi. Bunday xollarda vulkan lavalari shishalar hosil bo‘ladi.
Tog‘ jinslarining xossalari ularning ichki tuzilishi va yer pustida joylashishiga bog’liq. Shuning uchun xam ularning struktura va teksturasini bilish katta ahamiyatga ega. Tog‘ jinslarining strukturasi deb ularning ichki tuzilishi, jins tashkil etuvchi mineral zarralarining katta kichikligiga qarab, shakli, miqdori nisbati vazarralarning bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lishiga aytiladi.
Magmatik jinslar kristallanganlik darajasiga qarab: 1. Donador (to‘liq kristallangan)
Chala kristallangan
Shishasimon strukturalarga ajratilgan.
Mineral zarralarning katta - kichikligiga qarab quyidagi strukturalarga bo‘linadi:
1. Juda yirik donador struktura kristal zarralarining diametri 10 mm dan ortiq;
2. Yirik donador struktura 5-10 mm;
3.O‘rtacha donador struktura 2-5 mm;
4. Mayda donador struktura 1 mm dan kichik.
Effuziv jinslar uchun porfir struktura xarakterdir. Bunday strukturada asos, massa shishasimon bo‘ladi.
Tog‘ jinslarining teksturasi deb ularni tashkil etuvchi mineral zarralarning jinsda fazoviy joylanishi va jinslarning yaxlitlik darajasiga aytiladi. Magmatik jinslarda minerallarning joylanishiga ko‘ra quyidagilar teksturalar bo‘ladi:
1. Massiv tekstura-zarrachalari mineral tartibsiz zich joylashadi;
2. Yo‘l-yo‘l tekstura – turli tartibli va strukturali qatlamlarni mavjudligi bilan xarakterlanadi;
3. Shakli tekstura – jins g‘ovaklarini oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Bulardan tashqari chiziqli, flyudal, sharsimon, taksit teksturalar xam bor.
Har bir jinsning tekstura va strukturasidan tashqari, rangini, uning rangi nimadan paydo bo‘lganini va taxminan bo‘lsa ham nisbiy solishtirma og‘irligini belgilash zarurdir.
Magmatik jinsning rangi uning mineralogik tarkibiga: jinsda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi mineral va siyrak tarqalgan, quyidagi ko‘pincha ikkilamchi tartibda xosil bo‘lgan minerallar aralashmasiga bog‘liqdir. Jinsning solishtirma og‘irligini loaqal qo‘lda salmoqlab ko‘rish yo‘li bilan taxminan aniqlash ham uni tekshirish uchun muhim ahamiyatga egadir. Kristallik nordon jins (granit) larning solishtirma og‘irligi 2,5 dan 2,7 gacha, o‘rta jins (diorit) larning solishtirma og‘irligi 2,7 dan 2,8 gacha, asosiy jins (bazalet)larning solishtirma og‘irligi 2,9 dan 3,1 gacha, ultra asosiy jins (peridotit) larning solishtirma og‘irligi 3,1 dan 3,25 gacha buladi.
Tog’ jinslarining solishtirma og’irligi deb tog’ jinsi pay kristalli qismini xajmi birligini og’irligi tushiniladi. Jinslar hosil qiluvchi minerallar (dalashpatlari, kvarst, piroksenlar,olivinlar, amfibonlar, slyudalar) solishtirma og’irligi o’rtacha 2,5 dan 4,4 g/sm3 gacha o’zgaradi rudali va akstessor minirallar solishtirma og’irligi kristallarniki 10-11, minerallarniki 7,0 ga teng.
Magmatik jinslar vaqt o’tishi bilan turli fizik- kimiyoviy jarayonlar ta’sirida o’zgaradi.
3-jadval.
Magmatik jinslar zichligining o’zgarishi
Tog’ jinslari nomi
|
Zichligi
|
Namunalar soni
|
O’rtacha
|
Minimum
|
Maksimum
|
Intruziv tog’ jinslari
|
Granit
|
2,57
|
2,53
|
2,70
|
11217
|
Granodiorit
|
2,69
|
2,62
|
2,78
|
3359
|
Diorit
|
2,81
|
2,67
|
2,92
|
3683
|
Gabro
|
2,95
|
2,85
|
3,05
|
1990
|
Piroksenit
|
3,19
|
2,90
|
3,40
|
2895
|
Periodit
|
3,19
|
2,88
|
3,29
|
250
|
Serpentidlangan periodit
|
2,90
|
2,80
|
2,99
|
417
|
Sienit
|
2,66
|
2,47
|
2,65
|
1049
|
Effuziv jinslar
|
Shparit
|
2,35
|
2,14
|
2,59
|
24
|
Kvarstli porfir
|
2,60
|
2,54
|
2,66
|
1920
|
Andezit
|
2,49
|
2,17
|
2,66
|
115
|
Bazalt
|
2,54
|
2,22
|
2,85
|
1999
|
Diabaz
|
2,79
|
2,62
|
2,95
|
2458
|
Meymechig
|
2,85
|
2,63
|
3,18
|
67
|
Tog’ jinslari g’ovakligi suyuq yoki gazsimon fazalar bilan to’lgan bo’shliq, g’ovak va mikrodarzlar yig’indisi bilan aniqlanadi.
Tog’ jinslari bo’shliqlari va g’ovakliklarining katta kichikligi 10-4 mm dan bir qancha mm gacha bo’lishi mumkin. Ular ochiq yoki yopiq bo’ladi.
Agar g’ovakliklar 1-14 va tashqi muhit bilan aloqador bo’lsa ochiq, agar 1-1/4 bilan aloqador bo’lmasa yopiq deb aytiladi. Magmatik tog’ jinslari uchun yopiq g’ovaklik xarakterli.
Son jihatidan tog’ jinslarining umumiy g’ovakligi solishtirma va xajm ogirliklari bilan aniqlanadi va quyidagicha ifodalanadi.
P=100(1-V0/Vy)%
Vy –tog’ jinslarining solishtirma og’irligi g/sm3.
V0 – xajm og’irligi g/sm3
Tog’ jinslari g’ovaklari hosil bo’lishiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi bo’ladi.
Tog’ jinslari umumiy g’ovakligi quyidagi xillarga bo’linadi:
Past g’ovakli jinslar – P<5%.
O’rta g’ovakli jinslar – 20%>P>5%.
Yuqori g’ovakli jinslar - P>20%.
Effuziv tog’ jinslari asosan qoplam va oqma shaklda uchraydi, intruziya tog’ jinslari atrof jinslar bilan kesishish, moslashmagan va moslashgan holda yotadi.
4-jadval.
Tog’ jinslarining solishtirma og’irligi va g’ovakligi.
Tog’jinsi
|
Rayoni
|
g’ovakligi (umumiy) %
|
Solish-tirmaog’irligi
|
Aniqlan
gan namuna-lar soni
|
O’rta-cha
|
Mini-mal
|
Maksimal
|
Biotitli gneysimon granit
|
Kuznestolatovi
|
4.2
|
2.9
|
5.9
|
2.70
|
3
|
Ikki slyudali granit
|
Kuznestolatovi Rudalioltoy
|
3.4
|
3.2
|
3.6
|
2.70
|
2
|
Biotitligranit
|
Kuznestolatovi, Sh.Sayan, Qozog’iston, Rudalioltoy
|
2.7
|
0.4
|
5.2
|
2.69
|
12
|
Granodiorit
|
Kuznestolatovi, Sh.Sayan, Qozog’iston, Rudalioltoy
|
1.8
|
1.1
|
2.9
|
2.77
|
6
|
Diorit
|
Qozog’iston, Rudalioltoy
|
2.9
|
1.3
|
5.1
|
2.91
|
5
|
Gabbro
|
Kolayarimoroli
|
1.3
|
0.3
|
3.5
|
3.06
|
18
|
4-jadval.
Magmatik tog‘ jinslarini aniqlash
t/r
|
Nordonlik darajasi
SiO2%
|
Chuqurlikdagi (intruziv) tog‘ jinslari
|
Otqindi tog‘ jinslari (effuziv)
|
Asosiy minerallari
|
Rangi
|
Solishtirma og‘irligi
|
1
|
Nordon
(76-64)
|
Granit
|
Liparit
|
Kvars, dala shpatlari
|
Och
|
2,5-2,7
|
2
|
O‘rtacha (52-64) %
|
Sienit, diarit
|
Traxit, andezit
|
Dala shpatlari, biotit platoklaz, avgit
|
Kulrang
|
2,7-2,8
|
3
|
Asosiy (40-52) %
|
Gabbro
|
Bazalt
|
Asosiy platoklazlar, avgit, olivin
|
Qora
|
2,9-3,1
|
4
|
Ultra asosiy %
|
Peridoditig, dunit
|
-
|
Avgit, olivin, rudali minerallar
|
Qora yoki to‘q yashil
|
3,1-3,25
|
Do'stlaringiz bilan baham: |