Mashg’ulot №1 xirurgik bemorlarning o’ziga xos hususiyatlari, ularni qabul qilishda shifokorning tutgan o’rni


Bemorni kuzatish va parvarishlash



Download 1,02 Mb.
bet66/104
Sana28.06.2021
Hajmi1,02 Mb.
#103509
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   104
Bog'liq
Тиббиётга кириш - Болалар хирургияси (1)

Bemorni kuzatish va parvarishlash. Operatsiyadan keyingi davrda bemorni kuzatish va parvarishlashda vrach roli katta ahamiyat kasb etadi.Bemor shikoyatini tinglash, bemorni yuzi holatiga (stradalgik, xotirjam, tetik va h.o.), teri rangiga (rangpar, qizargan, ko’kargan) va tana haroratiga (tushishi, normal, ko’tarilishi) ahamiyat qilish lozim. Har kuni bemorni umumiy ko’rikdan o’tkazish kerak. Hayotiy muhim a’zolar faoliyatini doimo kuzatib turish lozim. Har xil asoratlarni oldini olish – bu to’g’ri tashkil qilingan bemorni parvarishidir.

Yurak qon-tomir faoliyatini puls, arterial bosim, teri rangi baholaydi. Puls sekinlashib to’liqligini kuchayishi (daqiqada 40-50 zarba) markaziy nerv sistemasini buzilishi (bosh miya shishi yoki bosh miyaga qon quyilishi), meningit sababli bo’lishi mumkin. Puls tezlashib to’liqligini susayishi (daqiqada 100 zarba)ikkilamchi shokdan yoki qon ketishdan dalolat beradi. Agarda ushbu holat birdan, ko’krak qafasida og’riq va qon tuflash bilan boshlansa o’pka arteriyasi emboliyasi to’g’risida o’ylash mumkin. Bu holda bemor bir necha soniyada o’lib qoladi.

Operatsiyadan so’nggi davrda operatsiya turi, hajmidan qat’iy nazar o’pka ventilyatsiyasi kamaydi (yuzaki, tez nafas olish). Bu holat o’pka nafas ekskursiyasini kamayishi (og’riq, bemorni majburiy holati), bronxlarga suyuqlik to’planishi (balg’amni yaxshi ko’chmasligi) bilan bog’liq bo’ladi. Bunday holatlar nafas yetishmovchiligiga va o’pka yallig’lanishiga olib keladi. Nafas yetishmovchiligi va operatsiyadan keyingi davrda o’pka yallig’lanishini profilaktikasi: bemorni erta aktiv harakatlantirish, davolovchi fizkultura, massaj, davriy ravishda kislorod ingalyatsiyasi, antibiotikoterapiya, balg’am ko’chiruvchi dorilar berish.

Har bir operatsiya hazm qilish a’zolari faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi, hattoki ushbu a’zolarda operatsiya o’tkazilmagan bo’lsa ham. Markaziy nerv sistemasini tormozlovchi ta’siri, operatsiyadan keyingi davrda bemor harakatini cheklanishi hazm qilish a’zolari disfunksiyasiga olib keladi. Hazm qilish a’zolari “oynasi” – tildir.

Til qurishi organizmni ko’p suv yo’qotishini va suv almashinuvini buzilganini bildiradi. Zich oq karash bilan qoplangan quruq, yorilgan til esa qorin bo’shlig’i a’zolari patologiyasi – peritonit, ichaklar parezini bildiradi.

Og’iz quriganda og’iz bo’shlig’ini nim tuzli suv, yoriqlar bo’lganda esa soda eritmasi (bir stakan suvga 1 choy qoshiq), 2% borkislotasi, vodorodpereoksideritmasi (bir stakan suvga 2 choy qoshiq), 0,05-0,1% kaliy permanganat eritmasibilan chayish, glitserin surtish tavsiya etiladi. Og’iz qurish fonida stomatit (og’iz shilliq qavati yallig’lanishi) yoki parotit (quloq orldi bezi yallig’lanishi)rivojlanishi mumkin. Salivatsiyani kuchaytirish maqsadida suvga limon yoki klyukva soki qo’shiladi.

Ko’ngil aynish va qusish narkoz, intoksikatsiya, ichak tutilishi, peritonit tufayli kelib chiqadi. Ko’ngil aynish va qusishni sababini aniqlash lozim. Birinchi yordam: boshni yon tomonga buriladi, burundan ingichka zond o’tkaziladi va oshqozon yuviladi.

Meteorizm sababi bo’lib ichak parezi yoki ichaklarda gaz yig’ilishi hisoblanadi. Meteorizmni bartaraf etish uchun bemorni tez-tez turg’azish, gaz chiqaruv naycha qo’yish, tozalovchi yoki gipertonik klizmalar qilish tavsiya etiladi.

Bemorni aktiv hvrvkatlantirish qabziyatni oldini oladi. Ovqat kletchatkaga boy bo’lishi, ichni yumshatish effektiga (prostokvasha, kefir, mevalar) ega bo’lishi lozim. Huqna qilsa ham bo’ladi.

Normada bemor sutkasiga 1500 ml siydik ajratadi. Ba’zi holatlarda buyraklar faoliyati buziladi (intoksikatsiya, nerv-reflektor va h.o. sabablar), to siydik ajratishni to’xtashigacha – anuriyagacha. Ba’zan buyrak normal ishlashi fonida siydik ajralishi vaqtincha to’xtaydi – ishuriya, asosan nerv-reflektor sababga ko’ra. Ishuriyada bemor ahvoli ko’tarsa bemor turg’iziladi, o’tqiziladi, qorin pastki sohalariga isitkich qo’yiladi, isitilgan tuvakka o’tqaziladi, tog’oraga suv tomiziladi (reflektor ta’sir). Bu muolajalar natija bermasa siydik qopiga kateter qo’yiladi.

Operatsiyadan so’nggi davrda psixika holati katta ahamiyatga ega. Injiq bemor rejim va ko’rsatmalarni yomon bajaradi. Shu sababli ham ularda yara bitishi asoratli bo’ladi. Operatsiyadan so’nggi davrda nerv-psixik zo’riqishni kamaytirish lozim. Bu esa nafaqat dori bilan, balki yaxshi parvarish bilan amalga oshiriladi.


Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish