Jahon moliyaviy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga
ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo’lgan omillar
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri borasida O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida quyidagicha ta’kidlanadi: “…tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko’rsatmaydi, bizni chetlab o’tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o’ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo’lmas xato bo’lur edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim – O’zbekiston bugun xalqaro jamiyatining va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkkibiy qismi hisoblanadi. Buning tasdig’ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko’magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarning amalga oshirilayotganligida, O’zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o’sib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko’rishimiz mumkin. Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko’z yumib bo’lmaydi”.
Biroq bu o’rinda ta’kidlash lozimki, moliyaviy inqirozning respublikamiz iqtisodiyotiga ta’siri boshqa rivojlangan va ayrim qo’shni davlatlardagiga qaraganda mazmunan farq qiladi. Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayonlar bevosita mmoliya tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarib ketishi, ko’plab yirik korxonalarning yopilishi orqali namoyon bo’lsa, O’zbekistonda inqirozning iqtisodiyotga ta’siri jahon xomashyo bozorlarida eksport mahsulotlariga talabning susayishi tufayli narxlarning keskin pasayishi hamda buning oqibatida eksport daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo hamkorlar xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining qisqarishi orqali namoyon bo’ladi.
Shuningdek, jahon moliyaviy inqirozining O’zbekistonga ta’sirining jiddiy bo’lmaganligini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:
--- ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lining tanlanganligi;
--- davlat bosh islohotchi sifatida ma’suliyatni o’z zimmasiga olishi zarurligining aniq belgilab olinganligi;
--- O’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, banak-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining mavjudligi;
--- oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi;
--- aholining ish haqi va daromadlarining izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o’sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi;
--- davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog’liq barqaror va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchliligi bilan izohlanadi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda tashqi dunyo bilan ikki tomonlama o’zaro manfaatli aloqalarimiz rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarni amalga oshirishimizda xorijiy mamlakatlarning ilg’or texnologiyalariga asoslangan investitsiyalariga ehtijoy mavjud. Qolaversa, jahon bozoridagi talabning pasyib borishi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarimizning eksport ko’lamiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Shunga asoslangan holda, hukumatimiz tomonidan inqirozga qarshi choralar dasturi ishlab chiqilgan bo’lib, mazkur daasturda talabni rag’batlantirishga yo’naltirilgan bir qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlovchi chora tadbirlar majmuyi o’z aksini topdi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, makroiqtisodiy ko`rsatkichlar barcha tomonlari bilan namoyon bo’lib, amalda iqtisodiyotning hamma sohalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liqligi sababli uning hech bir sohasi inflatsiya to’lqini yoki turg’unlikning noxush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni alohida e’tiborga olish zarurki, iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faoliyatiga turli darajada ta’sir ko’rsatadi. Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari ko’proq zarar ko’radilar.
Uy-joy va sanoat binolari qurulishi, og’ir mashinasozlik hamda investitsion tovarlar, avtomobillar, maishiy xo’jalik buyumlari va shunga o’xshash tovarlar ishlab chiqarish bilan bog’liq sanoat tarmoqlari va ularda band bo’lgan ishchilar siklning inqiroz fazasida og’ir oqibatga uchraydi.
Aholi yoki keng iste’molchilar qatlamiga iqtisodiy sikl turlicha ta’sir ko’rsatadi. Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad oluvchi iste’molchilar oila budjetini qisqartirishiga to’g’ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilishni to’xtatadi. Har qanday sharoitda ham oila a’zolari yeb-ichishi va kiyinishi zarurligi tufayli, oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar, ya’ni qisqa muddatda foydalaniladigan iste’mol tovarlarini xarid qilishni to’xtatish mumkin emas. Faqat bunday tovarlarni xarid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin.
Hozirda ko’plab mutaxassis va ekspertlar tomonidan jahon moliyaviy inqirozining global tus olishi va iqtisodiy inqiroz jarayonlarining kuchayishi retsessiya va iqtisodiy pasayishni, investitsiyaviy faollik ko’lami cheklanib borishini, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi hamda jahonning ko’plab mamlakatlariga ta’sir ko’rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofatlar sodir bo’lishi mumkinligi e’tirof etilmoqda.
Hozirgi vaqtda dunyo mamlakatlari tomonidan inqirozga qarshi kurash bo’yicha yirik miqdorda moliyaviy resurslar ajratilmoqda. Ularning hajmi va yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog’i inqirozning ta’sir ko’lami va har qaysi mamlakatlarning inqirozga qarshi kurash bo’yicha ishlab chiqqan rejalari hajmiga asoslanadi.
O’zbekistonda eng avvalo, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, qat’iy pul-kredit va milliy valyuta siyosatini yuritib borishga alohida e’tibor qaratilgan. Ma’lumki, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingan 2018-yilda mamlakatimizda iqtisodiyot, ijtimoiy soha va davlat boshqaruviga zamonaviy ilm-fan yutuqlari, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni joriy etish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shuningdek, yana iqtisodiyotni yuqori darajada rivojlantirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borish, biznes muhitini yanada yaxshilash, turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog’iga aylantirish kabi vazifalar ham belgilab berildi.
Bugungi kunda Jahon miqyosida karonavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan, insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to’xtatish orqali misli ko’rilmagan choralar ko’rilmoqda. Bu esa eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste’mol hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zanjirlari va savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorida xomashyo tovarlari narxining pasayishi va konyunkturaning yomonlashuvini keltrib chiqardi. Global iqtisodiy tizimning bir qismi bo’lgan O’zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o’z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo’yicha samarali oldini oluvchi choralar ko’rishni talab qladi. Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to’qimachilik sanoati kabi respublika qtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo’llab- quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |