Masharifov mardonbek


Inqirozlarning mazmuni va turlari



Download 174,58 Kb.
bet9/12
Sana31.12.2021
Hajmi174,58 Kb.
#264086
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar

Inqirozlarning mazmuni va turlari
Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. Inqiroz bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon bo’ladi.

Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik o’zining eng past darajasiga tushib ketishi orqali tavsiflanadi.

Iqtisodiy inqiroz deb, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.

Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to’lovga qodir talabga mos kelmay, ya’ni undan oshib ketadi yoki kam bo’lib qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi kam to’xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o’sish davri uning tushgunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o’sishi inflyatsiya, ya’ni narx darajasining asossiz ravishda keskin ko’tarilishi sababli orqaga ketadi. Ayrim hollarda narx darajasining ko’tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o’sadi. Qisqacha aytganda, inqirozlarning asosiy sababi- takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvallo ishlab chiqarish va uning natijalarini o’zlashtirish o’rtasidagi nomutanosiblik bo’lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda namoyon bo’ladi.

Xo’jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko’ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo’lish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo’jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro’y beradi.

Ayrim sohalardagi inqirozlar orasida moliyaviy inqiroz muhim o’rin tutib, u o’z ichiga pul-kredit sohasidagi inqiroz, valyuta inqirozi, birja inqirozi va boshqalarni oladi. Hozirgi vaqtda AQSH va Yevropaning aksariyat mamlakatlarida ro’y berayotgan inqiroz ham dastlab moliya sohasida boshlanib, keyinchalik ishlab chiqarish sohasiga ham tutashib ketdi.

Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo’lib, bunda tijorat bank krediti qisqaradi. Aksiya va obligatsiyalarning kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka ucharaydilar.

Valyuta inqirozi. Bunda milliy valyutaning obro’si tushib ketadi. Bankda valyuta zaxirasi tugab, milliy valyuta kursi tushib ketadi.

Birja inqirozi. Bu tanglik birjadagi qimmatli qog’ozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya qillishning qisqarishi fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlikda ifodalanadi.

Ekologik inqiroz. Atrof-muhitni, eng avvalo inson sog’ligini yo’qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajada vaziyatning vujudga kelishida ifodalanadi. U sanoatning shiddatli tarzda o’sishiga yo’l qo’ymaydi.

Tarmoqlar inqirozi. Bu milliy xo’jalikning biron bir tarmog’ini qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy o’zgarishi yoki normal xo’jalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beradi.

Tarkibiy inqirozlar. Iqtissodiyotdagi inqirozlardan bir ko’rinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi. Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo’ladi. Masalan, bayramlar arafasidagi xarid qilish, asosan, chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi.

Agrar inqirozlar. Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:


  1. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda zaxiralarining to’planishi;

  2. Narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi;

  3. Fermerlarning ommaviy tarzda xonavayron bo’lishi, ular qarzlarining ortishi;

  4. Qishloq aholisi o’rtasida ishsizlarning ko’payishi;

Birinchi agrar inqiroz XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar o’rtasigacha davom etgan edi.

1920-yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va 2-jahon urushining boshlanishiga qadar davom etdi. Uchinchi agrar inqiroz 1948-yildan boshlanib, 80-yillargacha davom etdi.

Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga ko’ra davriy, oraliq va nomuntazam inqirozlarga ajratish mumkin:

Davriy inqirozlar ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi.

Oraliq inqirozlar to’liq sikl bo’yicha yuz bermaydi. Siklning biron bir fazasida to’xtatiladi. Ular nisbatan ancha chuqur bo’lmay, qisqa muddat davom etadi.

Nomuntazam inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko’ra yuz beradi. Masalan, tabiiy ofat, sel, to’fon, qurg’oqchilik tufayli iqtisodiyot tang ahvolga tushib qolishi mumkin.

Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko’ra inqirozlar 2 ga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo’linadi. Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan ne’matlarni ko’p ishlab chiqarish, lekin ularni to’la sota olmaslikda namoyon bo’ladi. Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida muvozanat buzilib, yetishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib iqtisodiyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo’ladi.



Download 174,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish