Masharifov mardonbek


Iqtisodiy sikll nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari



Download 174,58 Kb.
bet8/12
Sana31.12.2021
Hajmi174,58 Kb.
#264086
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar

Iqtisodiy sikll nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari

Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir ko’rsatuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko’rinishdagi iqtisodiy sikl nazariyalarining vujudga kelishiga olib keladi. Ko’pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning obyektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o’rganishni tavsiya qiladi.

Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb ataladi. Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillarga quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:


  1. Urushlar, inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;

  2. Oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;

  3. Yangi hududlarning ochilishi va bilan bog’liq ravishda aholi migratsiyasi, yer shari aholisi sonining o’zgarib turishi;

  4. Ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar;

Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki internal nazariya deb ataladi. Asosiy kapitalning jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirib, xizmat muddati tugashi va iqtisodiy siklni keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi. Shuningdek, quyidagi boshqa ichki omillar ham ajratilib ko’rsatiladi:

1) Shaxsiy iste’molning o’zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);

2) Investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi;

3) Ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o’zgarishi.

Iqtisodiy sikllarning kellib chiqishini faqatgina eksternal yoki internal orqali tushunish to’g’ri bo’lmaydi. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o’zgarishlar tashqi va ichki omillar birgalikdagi ta’siri oqibatida kelib chiqishi mumkin. Shuningdek , iqtisodiyotning skilli rivojlanishi sabablarini izohlashda bir qator nazariyalar ham ilgari surilgan.

Sof monetar nazariya. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha, bozor iqtisodiyotida markaziy o’rinni pul va kredit egallaydi. Iqtisodiyotning skill o’zgarishi eng avvalo pul massasi oqimini o’zgartirishga bog’liq.Iqtisodiy faollikning o’sishi, iqtisodiyotning ravnaq topishi, uning turg’unlik bilan almashinib turishiga yagona sabab pul oqimining o’zgarishidir. Tovarlarga talabning ortishi natijasida savdo, chakana narx o’sib, ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi.

Pul va kredit tizimi beqaror tavsifga ega ekanligi sababli pul oqimini barqarorlashtirish murakkab hisoblanadi. pullarni yaratdi, shunga ko’ra, pul oqimining o’zgarishida

Monetar nazariyaning e’tiborli tomonlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

--- yuksalish fazasi davrida kreditni kengaytirish tufayli kelib chiqqan ishlab chiqarish tuzilmasi nomutanosibliklari tahlil qilinadi;

---mazkur nomutanosibliklarning salbiy oqibati sifatida kelib chiquvchi inqirozlar tahlil qilinadi.

Shunday qilib, bu nazariya tarafdorlari jamg’arishning davriy ravishda oshib ketishi va mutanosibliklar buzilishining asosiy sababi sifatida pulni ko’rsatadilar. Nomonetar nazariya tarafdorlari esa texnologik o’zgarishlar, yangiliklar, ixtirolarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, pul jamg’arishning ko’payib ketishidagi ro’lini ko’rsatishadi. Monetar va nomonetar yo’nalish o’rtasidagi farq uncha katta emas, biri ikkinchisini to’ldiradi.

Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi. Bu nazariyaning mohiyati ko’proq jamg’arib, samarali darajada iste’mol qilmaslik jamiyatni siklli rivojlanishining sababi qilib ko’rsatiladi:

1. Mablag’ni jamg’arish, boshqacha aytganda xazinaga aylantirish turg’unlikka olib kelishi mumkin, chunki bu mablag’ investitsiyalash uchun foydalanilmaydi;

2. Pulni jamg’arish iste’mol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi, chunki u iste’molga sarflanmaydi;

3. Natitjada investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg’arish hajmi o’sib borib, iste’mol tovarlariga talab kamayib boradi, taklif esa ortadi, narx pasaydi, iste’mol tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi.

Jamg’arish nazariyasi. Bu nazariyaga ko’ra iqtisodiy sikl ishlab chiqarish vositalari yoki kapitallashgan investitsion tovarlar ishlab chiqarish bilan bog’liq. Inqirozning sababi pul yetishmasligi, bank rezervlarining kamligi emas, balki ana shu nisbatlarning buzilishidir. Lekin ko’pchilik iqtisodchilar yetarli darajada iste’mol qilmaaslik inqirozning sababi emas, balki uning oqibatidir, deb takidlaydilar. Ya’ni iste’molchilar daromadlarini ko’proq jamg’arishga ajratganlari uchun emas, balki to’lov qobiliyatining yetarli emasligi, ya’ni xarid qilish uchun pulning yo’qligidan kelib chiqadi.

Pisixologik nazariya. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tushunishda iqtisodiy nazariyalar bilan bir qatorda psixologik nazariyalar ham keng o’rin egallaydi. Psixologik nazariyalar tarafdorlariga J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xayek va boshqalarni kiritish mumkin. Ularning fikricha, insondnagi optimism va pessimizm faoliyat aktivligiga obyektiv iqtisodiy omillar: foiz me’yori, pul oqimi, foyda va boshqalar ta’sir ko’rsatib, buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro’y beradi. Kreditning kengayishi, talab va ishlab chiqarishning o’sishi odamlarning kayfiyatini ko’taradi yoki aksincha. Bundan tashqari kishilar borgan sari likvidligi yuqori bo’lgan pul jamg’arishga moyilligi ortib borishi va o’z navbatida iqtisodiy rivojlanishaga ta’sir etishini ko’rsatishadi.

Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy sikllarning 1380 dan ortiq turi mavjudligi ta’kidlanadi. Ulardan asosiylari quyidagilar :

1. Kitchin sikli “zaxiralar sikli” deb ham nomlanadi. Bunda Jozef Kitchin o’zining e’tiborini tovar zaxiralarining harakat chog’idagi moliyaviy hisoblar va sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to’lqinlarini tadqiq qilishga qaratadi. Ayniqsa u siklning davomiyligini jahondagi oltin zaxiralarining tebranishlari bilan bog’lab, uni 3 yilu 4 oyga teng, deb hisoblaydi.

2. Juglar sikli “biznes-sikl”, “sanoat sikli” kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni ajratib ko’rsatganliklari tufayli, aynan shu sikl Fransiya, Angliya va AQSHda foiz stavkalari va narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosiida sanoat siklining tabiatini o’rganishga katta hissa qo’shgan Klement Juglar nomi bilan ataladi. Birinchi sanoat sikli 1825-yili Angliyada metallurgiya va boshqa yetakchi tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukumron mavqeyini egallagan davrda kuzatiladi. 1836-yildagi inqiroz dastlab Angliyada boshlanib, keyin AQSH ga ham tarqaladi. 1847-1848-yillarda AQSH va qator Yevropa boshlangan inqiroz birinchi jahon sanoat inqirozi bo’lgan.

3. Kuznets sikli ko’p hollarda “qurilish sikli” deb ham nomlanib, 20 yilgacha bo’lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon Kuznets o’zining “Milliy daromad” nomli kitobida milliy daromad, iste’mol sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar hamda bino va inshoatlarga yalpi investitsiyalar ko’rsatkichlarida 20 yillik o’zaro bog’liq tebranishlar mavjud bo’lishini ko’rsatib bergan. 1995-yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida sanoat siklini Kuznets sikli deb nomlashga qaror qilinadi.

4. Kondratev sikl “ Uzoq to’lqinlar” sikli deb ham ataladi. Sikllilikning bu nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D. Kondratev katta hissa qo’shgan. Uning tadqiqoti Angliya, Fransiya va AQSHning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab olgan. Bunda u iqtisodiy o’sishning ko’p omilli tahlilini o’tkazib, ya’ni tovar narxlari capital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning o’rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir qator sikllarni ajratib ko’rsatadi:

1-sikl: 1787-1814 yillar - ko’taruvchi to’lqin; 1814-1851 yillar – pasaytiruvchi to’lqin.

2-sikl: 1844-1851 yillar –ko’taruvchi to’lqin; 1870-1896 yillar – pasaytiruvchi to’lqin.

3-sikl: 1896-1920 yillar –ko’taruvchi to’lqin.

Kondratev siklining davomiyligi o’rtacha 40-60 yili tashkil qiladi va unning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o’zgarishlarni o’zida aks ettirish hisoblanadi. Kondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat revolyutsiyasi; ikkinchisini - temir yo’l transportining rivojlanishi; uchinchisini - elektr-energiyasi, telefon va radioning kaashf etillishi; to’rtinchisini – avtomobil sanoatining rivojlanishi bilan bog’laydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi siklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishini taqazo qilishini ko’rsatadi.



Download 174,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish