Axborot - (lat. Informatio- tushuntirish, bayon qilish) - shartli belgilar yordamida shaxslar, predmetlar, dalillar, voqealar, hodisalar va jarayonlar haqida, ularni tasvirlash shaklidan qat’iy nazar uzatiladigan va saqlanadigan ma’lumotlar.
Videoanjuman - turli geografik manzillardagi foydalanuvchi guruhlari orasida raqamli videoyozuv yoki oqimli video ko’rinishida ma’lumotlarni almashinish asosida yigilish va munozaralar o’tkazish jarayoni.
Virtual laboratoriya – o’rganilayotgan haqiqiy ob’ektlarda bo’layotgan jarayonlarni kompyuter imitatsiyasi orqali taqdim etish va masofaviy kirish imkoniyatiga ega bo’lgan dasturiy majmua. Virtual auditoriya - o’quv jarayonining o’qituvchisi va boshqaruvchisining maslahatini olish uchun tarmoq texnologiyasi yordamida turli geografik joylarda yashayotgan talabalarni birlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |