Kaptarxona — kaptarlar turadigan, yoki kaptar ko’p joy. Ilgarilari xon va zodagonlarning kaptar boqiladigan binolari bo’lgan, kaptar-lardan pochta aloqasida foydalanilgan. Bundan tashqari, parilar ko’pincha kaptar ko’rinishida tasawur qilingan. Shu bois «dev-pari ko'rinadigan» joylar «Kaptarxona» deb alalgan bo’lishi mumkin. Samarqand, Termiz, Denov, Farg’ona tumanlarida Kaptarxona qishloqlari bor.
Kat (ket, kand (kent) - o’rta Osiyo, Qozog’iston, Kavkaz, Sharqiy Turkiston, o’rta Sharq, Kichik Osiyoda geografik nomlar tarkibida ko’p uchraydigan geografik atama. Eronshunos V.A. Liv-shits, A.A. Freyman va b. kat so’zi bilan kand so’zining genezisi bir, tafovut shevaviy talaffuzi oqibatidir, degan fikrni bildirishgan.
Akademik V.V. Bartold fikricha, kat (kad) yoki kada (kede) eroncha so’z bo’lib, dastlab «uy» degan ma'noni anglatgan. Kat tu-
shunchasiga oila boshlig’ining uyidan tashqari, uning o’g’illari hamda qarindoshlarining uy-joylari, yordamchi binolar ham kirgan va binolar atrofi uzun devor bilan o’ralgan. Xorazmda ham shunday, atrofi devor yoki marza bilan to’sib olingan maydon Kat deyilgan. Chunon-chi, Xorazmning qadirniy poytaxtining nomi Kat (Kot) bo’lgan (Qoraqalpog’istondagi hozirgi Beruniy shahri).
Kat so’zi asli sug’diycha. Kai yoki kata qadimiy eroncha atamashu-noslikda urug’ vakillari bir bo’lagi yashagan va devor bilan ajratib olingan katta hovlini bildirar edi. o’rta Osiyoda keng tarqalgan va «qishloq» ma'nosini anglatgan kat (kad) atamasi, shubhasiz, ibti-doiy kad, kat yoki kata so’zidan kelib chiqqan. Kadxudo «kat hokimi» atamasi esa bizning zamonamizgacha saqlanib qolgan va ma'lum bir jamoa doirasida boshchilik qiluvchi kishini, hatto oila boshlig’ini angla-tadi.
Kadxudo so’zi «Boburnoma»da bir necha bor «uylanish» maJnosida uchraydi. Xorazmda Katxudo degan qishloq bor.
Kent — «shahar», «aholi punkti». Kend (kcnt) atamasi asli kat (qarang) so’zining dialektal shaklidir. V.V. Bartold kend so’zi eroniy aholidan iurkiy xalqlarga o(tgan deydi. Ana shuning uchun ham Mahmud Koshg’ariy bu so’zni turkiy so’z deb biladi: «Kend — o’g’uzlar va ularga yaqin turuvchilar tilida «qishloq» shaklida» deya izohlaydi.
Shunday qilib, shahar va qishloq nomlari tarkibida xozir ham uchraydigan kan komponenti o’sha davrda ham bo’lgan.
Devonning ba'zi o’rinlarida (I tom, 239-bet) kend so’zi «qo’i’g'on» ma'nosida keladi va bu tushunarli hol. Chunki shahar so’zining eti-mologiyasi ko’pchilik tillarda «qo'rg’on», «qal'a» ma'nosini bildiradi. Aslida esa har bir shahar p'ziga xoc qal'a bo’Igan. Qozoqlar va ba'zi bir xalqlar shaharni hamon qal'a deyishadi. Bir vaqtlar o’zbeklar ham shaharni shunday atashgan. QaVakovush — «rezinka galosh», ya'ni «shahardan (rus shahridan) keltirilgan kalish’ ina’nosida qo’llanilgan.
Kend (kent) atamasi ham shahar, ham qishloqlarga nisbatan ish-latilgan. Shuning uchun ham X asrda Sirdaryo havzasidagi ko’pgina aholi punktlari nomlari kend (kent) biJan tugagan. Bu haqda V.V. Bartold bunday deydi: «X asr geograflari Turkistonni tavsif qilganlarida kat va kad so’zlaridan tuzilgan talay joy nomlarini kel-tiradilar. Ammo bunday nomlar Murg’ob atroflarida hali uchramaga-
ni holda Zarafshon vodiysida, ko’proq esa Sirdaryo havzasida, ayniqsa Ohangaron va Chirchiq atroflarida paydo bo’lgan. Geograf Istaxriy Ohangaron bo’yidagi madaniy mintaqada 14 shahar va qishloq no-mini tilga oladi, shulardan 7 tasi kat so’zidan tarkib topgan. Choch, ya'ni Chirchiq bo’yidagi madaniy mintaqada Istaxriy qayd qilgan 27 shahar va qishloq nomlaridan 14 tasi kat so’zidan yasalgan.
Hozir ham aholi ko’pgina punktlari mahalliy xalq tilida hamon bundan ming yilcha oldingiday Zarkat, Parkat, Piskat, Xo’jakat, g’azalkat kabi talaffuz qilinadi. 30-yillarda kent komponentiga nisbat berilib, ular Zarkent, Parkent, Piskent shaklida yoziladigan bo’ldi. Bu ham ikki atamaning aslida bir ekanligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |