Masafalari raajmuidan bahs etadi



Download 4,7 Mb.
bet136/145
Sana14.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#667039
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   145
Bog'liq
Топонимика

Kannina Buxoro qishloqlari jumlasidan bo’Iib, uning suvi Bux-oro suvidan (Zarafshondan) keladi. Karminada (hozirgi Navoiy vilo-yatida) adib va shoirlar ko’p bo’lgan. Masalda aytilishicha, qadim vaqtlarda Karminani «Bodyayi xurdak» («ko'zacha») deb ataganlar (Karmina — hozirgi Karmana shahri. Bodyayi xurdak «ko'zacha» emas, balki «kichik dasht», «kichik cho'l» demakdir. Chunki bodya so’zining asl ma'nosi «cho’li biyobon»).
Nur katta joy. Unda masjidi jome bor, u ko’pgina rabotlarga ega. Buxoro va boshqa joylarning odamlari har yili ziyorat uchun u yerga keladilar... Bu Nurni boshqa viloyatlarda Nuri Buxoro deb ataydilar (hozirgi Nurota shahri).
Tavois (ko’pchilik manbalarda Tavovis). Bu Buxoro viloyatlaridan bo’lib, (asli) nomi Arquddir («Hudud ul-olam»da Arfud, «Buxoro tarixi»ning bir nusxasida «u Rabotimalik cho’lining g’arbida joylashgan» deyilgan). Unda boy va zeb-u ziynatni sevuvchi kishilar yashaganlar... Har bir kishi ziynat uchun bitta yoki ikkita tovus saqlagan. Arablar tovusni ko’rmagan ekan, u yerda ko’p tovuslarni ko’rib, u qishloqni «Zot ut-tavois» — «Tovuslar egasi» deb ataganlar. Undan keyinroq «zot» so’zini tashlab Tavois deb qo’ya qolganlar... Tavois Samarqandga boradigan katta yo'l ustida bo’lib, undan Buxorogacha yetti farsangdir...
Iskajkat. U bir katta ko’handizga ega (ko’handiz — qal'a, ark, ma'nosi «eski qal'a» demak: sug’dcha diz — «qal'a», ko’han, ko’hna — «eski»). Uning aholisi boy kishilar bo’lgan.
Yoqut Hamaviyning «Mu'jam ul-buldon» asarida qishloq Iskijkat yoki Sikijkat shaklida tilga olingan.
Sharg’ qishlog’i Iskajkat ro’parasidadir, ikkovining orasida katta daryodan boshqa hech bir bog’ va bo’sh yerlar yo’q. U daryoni Rudi Somjan deb ataganlar. Hozirda Sharg’ daryosi, ba'zi kishilar bo’lsa, Haromkom deydilar. Sharg’ yoki Jarg’ qishlog’i Yoqutning «Mu'jam ul-buldon»ida ham tilga olingan va Buxorodan 4 farsax uzoqda, Somjan arig’ining bo’yida edi5 Somjan arig’i keyinchalik Haromkom (buxoro-chasiga kom - ariq) deb atalgan. Sharg’ yoki Jarg’ qishlog’i va arigi nomini CAmg'shaklida yozish to’g’riroq deydi akademik V.V. Bartold. Zandana. Bu qishloq katta qal'aga, ko’pgina bozorlarga va masjidi jomega ega. Bu qishloqda to’qib chiqariladigan bo’z - karbosni «zan-daniychi’, ya'ni «Zandana qishlog’idan chiqadigan» deb ataydilar. (hozirgi Peshku tumanidagi Zandoni qishlog’i bo’lsa kerak).

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish