sor, otaqarg’a, garlug’och (qaldurg’och), zog’cha, itning kuchugi (it-vachcha) va boshqalar. Ba'zi hayvonlar hozir boshqacharoq nom bilan ataladi: ars ~ oqsuvsar yoki oqsichqon, govmish — buyvol, kark — karkidon, bag’riqaro — qorabovur, buqalamun — xameleon, uy — sigir va hokazo. Bulardan tashqari shahboz (qush), dang (qush), tupchoq ot, ni/agov, sahroyi qo 'los, yozi galahrasi, shorak, kabki dariy, durroj, pulpakor, sahroyi tovuq, chalsiy, shom, chir, xarchai, charz, tug’dor, soras (teva-turna), uqor, bo'zak, zumaj, shahroh, sherri obiy, kels, sepsar, xuki obiy, karyol kabi ko’pdan ko’p hayvon nomlari tilga olingan. Bular asosan Afg’oniston va Hindistonda uchraydigan hay-vonlar.
«Boburnoma»da o’simliklardan sebarga, tobulg’u (tovilg’i), qorayig’och (qayrag’och), chilg’o’za, sanjid, norunj (apelsin), turunj, amluk, emluk yig’ochi, butaki (betaga), xanjak (janjaq), qulon quyrug’i, ko’k shivoq (shuvoq), sunbul, omonqora, bodinjon (baqlajon), kish-mish-maviz (mayiz), tol, g’aynolucha, firnduk, biqi, g’oza, limu (Hmon), qizilgul (atirgul), obnus yig’ochi kabilar qayd qUingan. Bu o’simlik nomlaridan ko’plari hozir boshqacha ataladi.
Bobur juda ko’p urug’, qabilalar nomini tilga oladi. Shunisi xa-rakterliki, kishi ismi bilan birga ko’pincha uning qaysi urug’dan ekani aytib o’tiladi: Masalan, Ibrohim soru minglig' urug’idan edi, Amir mo’g’ul, Zunnun arg’un va o’g’li Shoh Shujo’ arg’un, Qosim qavchin, Oq qo’yluk uzun Hasan, Hamzabiy mang’it, Shayx Abdulla barlos, Qosim jaloyir, Tohir do’lday va hokazo. Barlos, jaloyir, do’lday qabilalari ayniqsa tez-tez tilga olingan, chunki Bobur armiyasining asosini ana shu uch qabila vakillari tashkil etgan. Bobur qabilalarning qaysi tilda gaplashishiga ham e'tibor bergan:
«O'n bir-o’n ikki lafz bila Kobul viloyatida talaffuz qilurlar: ara-biy, forsiy, turkiy, mo’g’uliy, hindiy, afg’oniy, pashoyj, parojiy, gabriy, barakiy, lamg’oniy’.
Hazora qabilasining tili to’g’risida quyidagi so’zlarni o’qiymiz: «G'azni tog’larida hazora va nakdaridur. Bularning orasida ba'zi mo’g’uliy til bila hikoyat qilurlar’.
Venger olimi L Ligeti Afg’onistondagi hazora shevalarida mo’g’ulcha so’zlar juda ko’p ekanligini aniqlagan.
«Boburnoma»dagi kislii nomlari maxsus tadqiqot manbayidir.
«TOPONIMIKA OCHERKIARI’
V.A. Nikonov aytgani kabi, toponimist tilshunos yoki faqatgina tarixchi, yoyinki faqatgina geograf bo’lmasligi kerak. Boshqacha ayt-ganda, geografik nomlarni o’rganmoqchi boigan olim toponimik tadqiqotlarning litigvistik uslubini ham, tarixiy uslubini ham,' geo-grafik uslubini ham chuqur egallagan keng qamrovli mutaxassis bo’lmog’i shart. E.M. Murzayev ana shunday toponimchi edi.
E.M. Murzayevning toponimika sohasidagi asarlaridan eng salmoq-lilari xalq geografik atamalariga bag’ishlangan. Bu boradagi eng so’nggi va eng yirik ishi 1999-yiIda Moskvada chop etilgan 2 jildli «Xalq geografik atamalari lug’ati»dir (rus tilida).
Olimning sof toponimik ishlari ham kam emas, U geografik atama-larning kelib chiqishi, toponimikaning umumiy masalalari to’g’risida, shuningdek, sobiq Ittifoqning va Xorijiy Osiyoning ayrim rayonlari toponimiyasi haqida asarlar yozgan.
E.M. Murzayevning «Toponimika ocherklari’ («OnepKH TonoHOMHKn, M., 1974) asari professorning geografik nomlarni o’rganish sohasidagi ko’p yillik mehnati samarasidir. Kitobmng bi-rinchi qismida toponimikaning ahamtyati, uning taraqqiyot bosqich-lari, geografik nomlarning paydo bo’lish yo’llari bayon etiladi. Ik-kinchi, kattaroq qismida esa sobiq Ittifoq tarkibidagi ayrim respub-likalar va viloyatlarning, shuningdek, ba'zi bir xoryiy mamlakatlar-ning toponimlari haqida so’z boradi.
Muallif kitob boshida geografik nomlar to’g’risidagi ta'limot bo’lgan toponimikaning boshqa fanlar orasidagi o’rni haqidagi munozaraga o’z fikrini bildirar ekan, toponimikani ham lingvistik, ham tarixiy va ham geografik tahlil usullaridan fcydalanadigan mustaqil fan de-yish to’g’ri bo’lur edi deydi.
Kitobda toponimika tarixiga katta o’rin berilgan, E.M.Murzayev sobiq Ittifoq tarkibidagi respublikalarda olib borilgan toponimik tad-qiqotlar sharhini Mahmud Koshg’ariy (X asr) va Abu Rayhon Beru-niyning (X~XI asrlar) toponimik tadqiqotlarini tilga olishdan bosh-laydi. Muallifi noma'lum boigan «Hudud ul-olam»ni (X asr) va Zahiriddin Boburning «Boburnoma» asarini tarixiy toponimlarga boy asarlar sifatida tilga oladi.
Kitobning katta qismi Osiyo qit'asi toponimlari — o’rta Osiyo va Qozog’iston, Mo’g’uliston, Sintsyazn (Shinjon), Vetnamning geo~ grafik nomlari tadqiqiga bag’ishlangan. Rossiya Markaziy qismi topo-nimiyasi bo’limida ham turkiy toponimlar tahlili salmoqli o’rin tutadi. E.M. Murzayev bu mintaqaning turkiy toponimik qatlami ba'zi bir munozarali maqolalarni istisno qilganda eng kam o’rganilganicha qolayotir, deydi. «Holbuki», deb davom etadi muallif, — «Rossiya Federatsiyasining markaziy oblastlari toponimiyasida turkizmlar ildizi rus davlatining uzoq tarbriy o’tmishiga borib taqaladi va turkiy xalqlar-ning hozirgi joylashishi buni isbot qiladi’. Mana bu dalil ham ushbu fikrni tasdiqlaydi: «Voronej oblastining sharqiy rayonlarida talay turkiy geografik nomlar qolgan. Bu nomlar hazarlar tomonidangina emas, balki Don bo’ylariga keyinroq kelgan turkiyzabon xalqlar-pecheneg-lar, qipchoqlar, tatarlar tomonidaii qo’yilgan. Bityug daryosi bo’ylarida deyarli barcha daryolarga turkiyzabon qabilalar nom ber-ganlar. Buning ustiga shaharlar va qishloqlar daryolarning nomlari bilan atalganini hisobga olsak, bularning hammasi har doim turkiy (qipchoqcha, tatarcha) nomlar bo’lib kelgan» (B.n.3aropOBCKHH «Kaic BO3HHK/IH H3B3aHHa ropo^OB h ceji BopoHexcicoft o6jiacTHib. Bopohok, 1966).
Markaziy Rossiyada balo’k (baliq), karaul (qorovul), kurgan (qo’rg’on, qo’rg’ontepa, tuproqqo’rg’on), orda (o’rda), tarxan (tarxon, darxon — imtiyoz/i), urman (o’rmon), yar (jar) kabi turkiy so’zlardan tarkib topgan toponimJar kam emas. Hatto Rossiyaning poytaxti Moskva shahrida ham turkiy so’zlarni uchratish mumkin: Arbat (asli arabcha rabot so’zidan), Balchug (balchiq).
«Mahalliy geografik atamalar va ularning toponimiyadagi roli», «Xalq geografik atamaoiogiyasida anatomik leksika’ bo’limlari mual-lifning asosiy toponimik tadqiqot obyekti bo’lgan xalq geografik atama-lariga bag’ishlangan.
Muallif har qanday toponimik tadqiqot xalq geografik atamalarini o’rganishdan boshlanmog’i kerak deydi va bir xil geografik obyektlar (daryolar, tog’lar, ko'llar)ning atoqli otlari tarkibida takrorlanadigan formantlar aslida substrat (qadimiy) atamalar bo’lib chiqishi mum-kinligini ta'kidlaydi.
Bunga o’zbekiston toponimlaridan misol keltirish mumkin. Res-publikamiz hududida dam unsuri geografik nomlar tarkibida ko’p
marta takrorlanadi: Dam, Damcha, Damko’l, Damariq, Damachchi Jo’yidam va b. Dam so’zi dastlab «ko'I» va hatto «ariq», «kanal» ma'nosida bo’lgan, keyinchalik «suvi ravon oqmaydigan», «damlanib qoladigan (ariq, ko'I)» ma'nosini olgan. Yoki qo 7 unsuri Qizilqoi, Oltiqo'1, O’chqo’l singari bir qancha toponimlar, aksari gidronimlar tarkibida takrorlanadi. Bu formant dastlab «soy», «soylik», hatto «tog’ tarmog'i» ma'nosida mustaqil so’z bo’lgan.
XOTIMA
Kitobdan toponimika fani va o’zbekiston toponimiyasi haqida ma'lum bir tushuncha oldingiz. Har qanday geografik nom - topo-nim qimmatli lisoniy (Hngvistik), tarixiy, geografik yodgorlik. o’rta Osiyoda, jumladan, 0'zbekistonda qadimiy, substrat toponirnlar ko’p. Akademik V.V. Bartold o’rta Osiyo tarixi bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan tadqiqotchi materialning kamligidan emas, aksincha ko’pligidan, tarqoqligidan qiynaladi degan edi.
Bizni son-sanoqsiz geografik nomlar dunyosi o’rab olgan. Geo-grafik nomlar xalq tomonidan qo’yiladi va xalq mulki hisoblanadi. Xalq mulki esa muqaddas va daxlsizdir.
Sovet hokimiyati yillarida mamlakatimiz hududida yuzlab tarixiy shahar-qishloqlarning nomlari o’zgartirildi. Har qanday davlat, ay-niqsa mustaqil davlat o’z hududidagi geografik nomlarga befarq qaray olmaydi.
Mustaqillikning shart-sharoiti, shakl-shamoili bo’ladi. Har bir davlat o’z mustaqilligini ta'minlash uchun dastlabki qadamlardan biri sifatida o’z milliy toponimiyasini, ya'ni yer-suvlarning, shahar-qishloqlarning milliy, azaliy nomlarini qaror toptirish, noto’g’ri o’zgartirilganlarini qaytadan tiklashga bel bog’laydi.
1989-yilda o’zbekiston Madaniyat fondi huzurida Toponimiya ken-gashi tuziidi. Toponimiya Kengashi joy nomlarini milliyiashtirish va ilmiylashtirish borasida ko’plab ishlarni amalga oshirdi. o’zbekiston istiqlol yo’liga kirgach, Respublika hududidagi joy nomlari chinakam xalq mulkiga aylandi.
Bu sohada o’zbekiston Oliy Kengashining «O'zbekiston Respub-
likasidagi ma'muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, tabiiy geografik, geologik va boshqa topo-nimik obyektlarning nomlarini tartibga solish to'g’risida» 1993-yil 3-sentabrdagi qarori harnda ushbu qarorni amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martda qabul qilingan 123-sonli qarori ayniqsa katta rol o’ynadi.'
Shundan so’ng respublikamizda bir qancha shahar va shaharcha-lar, qishloq kengashlari hamda qishloqlarning nomlari o’zgartirildi.
Bu sohada o’zbekiston Respublikasining «Respublikada ma'muriy-hududiy tuzilishi, toponimik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalarini hal qilish tartibi to'g(risida»gi qommi (1996) ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Shundan so’ng viloyatlarga, tumanlarga, shaharlarga va boshqa aholi puntklariga kishilarning nomlarini berishga va geografik obyekt-larni tarixiy voqealar sharafiga atashga chek qo’yildi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz geografik nomlarini tartibga solish sohasida amalga oshirilgan tadbirlardan eng muhimi shu bo’ldiki, xalqimizning tarixi, madaniyati va tiliga umuman aloqasi bo’lmagan ko’plab «qizil» toponimlar respublikamiz xaritasidan o’chirildi. Bir-gina Toshkent shahrida mingga yaqin ko’cha-ko’ylar nomlari milliy-lashtirildi va ilmiylashtirildi.
Geografik obyektlarga nom qo’yish va ularni qayta nomlash jara-yonlarini o’rganish, bu sohada tegishli muassasalarga tavsiyalar berish toponimikaning amaliy ahamiyatini ta'kidlaydi.
Yuqorida keltirilgan misollar toponimikaning yosh avlodni vatan-parvarlik, millatparvarlik va obyektjvlik ruhida tarbiyalashda katta rol o’ynashini ko’rsatadi.
318
MUNDARIJA
So’zboshi 3
I bob. Toponimikaning umumiy qonuniyatlari 5
Kirish 5
Toponimika va tilshunoslik 6
Toponimika va geografiya 11
Toponimika va tarix 14
Toponimikaga oid ba'zi bir lingvistik atamalar 16
Toponim nima? 18
o’zbekiston toponimiyasi 21
Toponimlarning paydo bo’lishi 27
Toponimik formantlar, tillar va modellar 31
Xona so’zli toponimlar 34
Chi q9'shimchali nomlar 35
Toponimlar va afsonalar 36
Toponimika tarixidan 38
o’zbekiston toponimlarining o’rganilishi haqida 42
Oykonimiya 50
Gidronimiya 57
Suv obyektlari nomlarini - gidronimlarni hosil qiladigan atamalar 61
Oronimiya 66
Etonomlar va etnotoponimlar 74
Etnotoponimlar , 76
Etnonimlar ma'nesi 85
o’zbekiston toponimlarining ba'zi bir xususiyatlari 93
Detoponimizatsiya 95
II bob. Hududiy toponlmiya 101
Toshkent shahri toponimlari 102
Shahar darvozalari 116
Ayrim urbonimlar izohi , 117
Shahar ko’chalari 121
Chuchmal toponimlar 123
Mustaqillik toponimlari 124
Toshkent viloyati toponimlari 125
Viloyatning qisqacha toponimik lug’ati 135
Qoraqalpog’iston Respublikasi toponimlari 150
Respubhkaning qisqacha toponimik lug’ati 155
bob. o’zbekiston geografik nomlarining toponimik leksikasi 163
bob. Amaliy topoaimika 249
Toponimlarning tarixiy imlosi 251
Geografik nomlarning yozilishi 260
Geografik nomiami qo shib va ajratib yozish qoidalari 261
V bob. Ayrim yozma yodgorliklarning toponimik tahlili 273
«Hudud ul-olam» 287
Movarounnahr viloyatlari va shaharlari 292
«Buxoro tarixi» 295
Buxoro va unga qo’shiladigan joy nomlari izohi 296
«Devonu lug’otit turk» asarida toponimlar 300
«Boburnoma» 308
«Toponimika ocherklari» 315
Xotima ; 317
Do'stlaringiz bilan baham: |