Masafalari raajmuidan bahs etadi



Download 4,7 Mb.
bet108/145
Sana14.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#667039
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   145
Bog'liq
Топонимика

Choshtepa - tuproqqo’rg’on, qo’rg’ontepa, sun'iy tepalik, qoro-vultepa. Paxtachi, Urgut, Payariq, Sariosiyo, Xatirchi, Shahrisabz, Dehqonobod tumanlarida Choshtepa degan qishloqlar bor. Choshtepa, Shoshtepa, Shishtepa kabi tepaliklar o’rta Osiyoda, xususan, o’zbekistonda, Tojikistonda ko’p uchraydi.
Chuyut - ko’chmanchi o’zbeklar, kenagas qabilasi, qirg’izlarning basiz qabilasi tarkibida qayd qilingan urug’. Shahrisabz, Bulung’ur, Navoiy, Navbahor tumanlarida Chuyut qishloqlari qayd qilingan.
Cho’michii — etnonim. Qo’ng’irot qabilasi vaxtamg’ali bo’limining bir urug’i cho’michli deb atalgan (tamg’asi cho’mich shaklida bo’lgan -urug’ning to’liq nomi cho’mich tamg’ali). Paxtachi, Narpay, Payariq, g’uzor, g’allaorol tumanlarida Cho’michti qishloqlari qayd qilingan.
Shag’al — shoqol, chiyabo’ri. Shag’al toponimi ko’proq etnonim-dan nom olgan: o’zbeklarning qo’ng’irot qabilasining bir bo’limi shag’al deyilgan. Turkmanlarning ersari va teke qabilalar takribida ham shag’al urug’i qayd qilingan. Shag’al (shaqal) urug’ning mu-qaddas jonivori (totemi) bo’lgan. Qorako'1, Qo’shrabot, Nukus tu-manlarida Shag’al, g’ijduvon, Narpay tumanlarida Shag’alon, Gur-iin tumanida Shagallar oykonimlari qayd qilingan.
Shahar ~ yirik aholi punkti. Turli tillarda shahar, shahr, shaher, shehar, shar, sher shakllarida talaffiaz qilinadi. Sanskritcha kshatra «dav-lat», «hokimiyat» so’zidan olingan. Dastlab shahar «hokim, hokimi mutlaq qarorgohi’ ma'nosini anglatgan. Chunki har bir shahar 0’2 oldiga kichik bir davlat hisoblangan. Shahrizoda ismi «shohzoda» de-gani. Tojik publitsisti M. Umarov fikricha, shoh (podshoh) so’zi ham o’sha shahr (shahar) atamasidan kelib chiqqan. Sher (turkiychasi «arslon» so’zi) ham shahr («podsho») kalimasiga borib taqaladi, chunki sher «darrandalar podshosi’ hisoblangan. Bu so’zdan Shahriston «ichki shahar’, shoh qarorgohi, shuningdek, «shaharning qadimiy qismi’, keynchalik «shaharlar o’lkasi’, shahriband ~ «shahar de-
vori», shahriyor «hokimi mutlaq», «imperator» kalimalari paydo bo’lgan.
Shahriston (asl ma'nosi «hokimi mutlaqning qarorgohi») -1) ichki shaharning mudofaa devori bilan mustahkamlangan asosiy qismi; 2) bir qancha shaharlar va boshqa aholi punktlarining bir-biriga qo’shilib ketishidan hosil bo’lgan bahaybat shahar, megapolis. o’ratepa shahri yaqinidagi Shahriston dovoni qadimiy shahar o’rnida paydo bo’lgan Shahriston qishlog’i nomi bilan atalgan. Ilk o’rta asr-larda Xorazmning poytaxti bo’lgan Kat shahri oldin Shahriston deb atalgani borasida fikr bor.

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish