Zb d, j, t, y tovushlarining o’zaro almashishi va munosabati ham toponimda katta ahamiyatga ega. Masalan, ozoq — odoq — etak — oyoq. Yoki afsonaviy payg’ambar nomi Xizr, bir qancha shevalarda Xidir shaklida talaffuz etiladi. Xidirota, Xidireli, Xidirsho nomli qishloqlarning nomlari ham shu so’zdan olingan.
Dizak nomining Jizzax shaklini olishi ham ana shu qonuniyat mahsulidir.
Shuni aytish kerakki, joylarga nom qo’yishda xalq ijodi va jonli til katta rol o’ynaydi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, geografik nom-larda shevaning izlari sezilarli darajada saqlanib qolgan. Tojikcha «yangi ariq» ma'nosidagi Jui nav toponimi bir joyda Jeynav yoki Jenov shakllarida uchraydi. Yoki ikki suv qo’shilgan joyi tojikchasiga Duob deyiladi. Bu toponim bir joyda Duob, boshqa joyda Duoba, uchinchi bir xil yerda Dug’oba yoki Duvova tarzida talaffuz qilinadi. Bu kabi xilma-xilliklarni bartaraf qilish oson emas.
Kitobiy tilda shalola deb yoziladigan geografik atama respublikaning turli joylarida sharilloq, sharildoq sharillovuq, sharlovuq kabi shakllarda talaffuz qilinadi va shu kabi toponimlar hosil qilgan. Respublikada Jarboshi, Yorboshi, Yortepa, Jartepa, Oqjar, Oqyor degan qishloqlar bor.
Bunday nomlar tarkibidagi yor komponenti jar so’zining she-vadagi shakli. Xuddi shuningdek, llonli — Jilonli, Ilontamg’ali — Jilon tamg’ali, Yoyilma - Jayilma degan qishloqlar bor.
Umuman atoqli otlar, jumladan antroponimlar, xususan, topo-nimlarning yozilishi va talaffuzidagi xilma-xilliklar faqat shevalar oqibatigina emas, balki turli tillarga oid leksik birliklarning boshqa lisoniy sharoitlarda qo’llanishi, ishlatilishi natijasida fonetik va boshqa
grammatik jihatdan o’zgarishi samarasi hamdir. Bunday farqlanishni bir necha turga bo’lish mumkin. Masalan, arabcha geografik, ijtimoiy atamalar o’zbekiston sharoitida transformatsiyaga uchragan.
Namangan viloyatidagi Pop shahri bundan ming yilcha oldin bitilgan yodgorliklarda. Bob shaklida bitilgan, «Boburnoma»da Pop (qo’rg’On) shaklida tilga olingan. (Buxoro shahri yaqinida ham Bob degan joy bo’lgan). Arabcha bob - «darvoza» degan so'z (ko’chma ma'noda «islom dinini tashviq-targ’ib qilgan mashhur ulamolar ham bob deyilgan). Bob bora-bora Pop shaklini olgan.
Arabcha shayx so’zi (aynan «keksa», «oqsoqol») islom mamlakat-larida ulamolar, ruhoniylarni bildirgan. o’rta Osiyoda shayx deganda ko’proq muqaddas mozorlarda va qabristonlarda sadaqa va nazr-niyoz hisobiga kun ko’radigan ruhoniylar nazarda tutilgan.
o’zbekiston hududida bu so’z shayx, shix, shex, sheyx shakllarida toponimlar hosil qilgan. Shu bilan birga o’zbeklar, turkmanlar tarkibida shix {shex, shayx) nomli qavm ham bo’lgan. Bu qavm vakillari o’zlarini ulamo shayxlar, xo’jalar, sayyidlarning avlodlari deb bilishgan.
Arabcha amir so'zi («lashkarboshi», «amru farmon beruvchi») o’rta Osiyoda mir shaklini olgan. Bu o’z ma'nosidan tashqari o’zbekistonda ijtimoiy guruhni, Turkmanistonda kichik bir urug’ni bildirgan va bevosita yoki kishi ismlari orqali amir va mir shakllarida bir qancha toponimlarda uchraydi.
Tall atamasi arab tilida «tepalik» degan so’z. o’rta Osiyoda, jum-ladan, o’zbekistonda, xususan, Zarafshon vodiysida tal, tol shaktlarida ko’plab toponimlar hosil qilgan {Tolimarjon, Tollimoron, Tolliqo’rg’on, Tolimarjon, Talaktepa, Toliborzu, Tallak, Tollig’ulon va hokazo}. Tal yoki tol deganda tepalik, qo’rg’ontepa, mozorqo’rg’on tushuniladi.
Arabcha rabot (asti ribot) deganda dastlab harbiy istehkomlar tushunilgan. o’rta Osiyoda ikki shahar tashqarisidagi shahar rabod deyilgan (Aslida raboz - zot harfi bilan yozilgan. Keyinchalik bu ikki so’z birlashib ko’proq karvonsaroylarni bildirgan. Rabot, Rabotak, Rabotixo’ja, Rabotcha, Ravot, Ravotobod, Ravotcha kabi toponimlar Robot, Robod, Ravot shakllarida uchraydi. Turbat (arabcha - «qabr») toponimining turvat shakli ham uchraydi.
Bu misollar ana shu arabcha atama bilan va tol daraxti nomi bilan atalgan tarixiy toponimlarni farqlash oson emasligini ko’rsatadi.
GEOGRAFIK NOMLARNING YOZILISHI
Toponimlar geografik xaritalar va planlarning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda talay toponimlar qonuniy hujjatlarda, hukumat qarorlarida, ma'muriy boshqaruv organlari faoliyatida, transport, aloqa ishlarida, xilma-xil ma'lumot-nomalarda, ilmiy, ta'lim, axborotga oid va boshqa nashrlarda ko’plab uchrab turadi.
Geografik nomlarni nuqsonsiz to’g’ri yozish umumiy imloviy savodxonlikning uzviy bir qismidir.
Geografik nom - toponim ham so’z, lekin biron obyektni ifodalaydigan atoqli ot. o’zbekiston hududidagi barcha geografik nomlar o’zbek tili imlosining amaldagi qoidalari asosida yoziladi.
o’zbek tilida ikki va undan ortiq so’zIardan (turdosh otlardan) iborat (murakkab) geografik nomlar qo’shib yoziladi. Bunga misol-lar keltiramiz.
Ot+ot. Abdiqishloq, Qorovulbozor, Qumqo’rg’on.
Sifat+ot. Yomonjar, Kattaqishloq, Qiziljar, Qoratog’, Uzunsoy, So-vuqbuloqchi, Torariq, Egriko’i
Son+ot: Beshbuloq, Qo’shrabot, Yolg’iztol, Mingchuqur, Qo’shko’prik, To’qsonkamar, o’ttizadir.
Ot+fe'l; Soykeldi, Qo’yqirilgan, Tangatopdi, Qozonketgan.
Birinchi tarkibiy qismi sifatdan, ikkinchi tarkibiy qismi geografik atamadan iborat bo’lganda: Balandmachit, Balandravot, Oyoqishloq, Oqqo’rg’on, Oqtepa, Ko’kbuloq, Ko^kgumbaz, Sarisuv, Sa-riqtepa, Qizilsuv, Qizilsoy, Qizilqum, Yuqoriovul, Etakovul, Quyimahal-\a, o’rtachek, o’rtasaroy kabi yoziladi.
Birinchi tarkibiy qismi sondan, ikkinchi tarkibiy qismi geo-grafik atamadan iborat bo’lganda Beshariq, Beshayvon, Yolg’izbog’, Yolg’izqutn, Yakkasaroy, Yakkatol shaklida yoziladi.
Birinchi tarkibiy qismi tartib sondan, ikkinchi qismi geografik atamadan iborat bo’lgan hollarda Ikkinchisolma, YettinchiqoHir shaklida yozish maqsadga muvofiqdir.
GEOGRAFIK NOMLARNI Qo’SHIB VA AJRATIB YOZISH QOIDALARI
Do'stlaringiz bilan baham: |