maʼrvza: Elektr energiyasini kashf etilish tarixi. Reja: Elektr energiyani ishlatishning dastlabki davrlari



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana14.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#795810
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
resources-4

Q
d-l
 = 0,24 I
2
Rτ.
1832 yilda E.H. Lens induktsiyalangan toʻkning yo‘nalishi to‘gʻrisidagi 
qonunni o‘rnatdi va elektr mashinalarining generator va dvigatel rejimlarining 
almashuvchanlik printsipini shakllantirdi.
1845 yilda u elektr mashinalarining 
yakor reaktsiyasi hodisasini kashf etdi va tasvirlab berdi. Lens bir xil haroratda 
metallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi va elektr o‘tkazuvchanligining doimiyligi 
haqidagi eng muhim fikrni berdi. 
Elektromagnetizm kashfiyoti P.L. Shilling (1786-1837) 1829 yilda 
elektromagnit telegrafini ixtiro qilishiga sabab bo’ldi. 
Elektromagnit telegrafi bilan: K. Gauss (1777-1855), V. Veber (1804-
1891), B
.S. Yakobi (1801-1874), S. Morze (1791-1872) lar ham shugʻullangan. 
G.R. Kirxgof (1824-1887) 1845 yilda yassi plastinka orqali elektr 
toʻkining oqishi to‘gʻrisida asar yozdi va bu sohada ikkita asosiy qonunni 
shakllantirdi. 
Bir necha o‘n yillar o‘tgach, Jeyms Klerk Maksvell (1831-1879) Faradey 
gʻoyasini rivojlantirdi va aniq matematik shaklga keltirdi.
J.K. Maksvellning 
elektromagnit ta’siri nazariyasining matematik asosini yaratdi - to‘rtta tenglama, 
to‘rtta aksioma, ular yuz yildan oshiq vaqt davomida ilmiy dunyoda bahslarga 
sabab bo‘lmadi. 
Quyida bu tenglamalarning soddalashtirilgan shakli keltirilgan: 
1) 
- magnit maydon kuchlanganligi vektorining aylanma o‘zgarishi, 
elektr yurutuvchi kuch (ЭДС)- elektr induksiyasi vektori -
ni shuningdek toʻk 
zichligi- j ni hosil qiladi: 
(c-yorugʻlig tezligi) 
2) 
- elektr maydon kuchlanganlagi vektorining aylanma harakati magnit 
induktsiya 
hosil qiladi:
3) 
 -
elektr induktsiyasi dielektrik doimiyligi ε va elektr maydon 
kuchlanganligi vektoriga bogʻliq:
= ε
4) Magnit induksiyasi - 
magnit o‘tkazuvchanligi- μ va magnit maydon 
kuchlanganligi vektoriga- 
bogʻliq:
= μ


Elektromagnit maydon tushunchasi fizika, elektrotexnika, tibbiyotning 
barcha sohalarida munosib o‘rin egallaydi. 
Hatto qadim zamonlarda ham shifokorlar ba‘zida bemorlarni elektrlangan baliqlar 
"zarbasi" bilan suvda davolanishni buyurishgan.
Shunday qilib, bemorni falajdan 
qutqarish mumkin edi.
Qo‘zgʻalgan asab tolalari atrofida elektromagnit maydon 
paydo bo‘lgan.
Elektr tolqinlarining elektr "zarbalari" qo‘zgʻalgan asab tolalarini 
normal holatga keltirgan.
Elektr baliqlar - bu elektr toʻkining tirik manbalaridur.
Rossiyada A.T. Bolotov (1738-1833) va I.P. Kulibinlar (1735-1818) "Leyden 
bankalari" asosida prtativ kochma-sigʻimli elektr mashinalarini yaratdi va u bilan - 
bemorlarni davolash va psixologik tajribalar o‘tkazdilad. 
Ko‘p yillar o‘tgach, odamlarda bioelektrik signallar natijasida paydo bo‘ldigan 
elektromagnit maydonlar aniqlandi.
Quyida ajoyib rus odami Andrey Ti-
mofeevich Bolotov va boshqa iste’dodli odamlar haqida ma’lumot berilgan. 
Buni taraqqiyot harakatiga beqiyos hissa qo‘shgan ba’zi yirik fan va amaliyot 
xodimlarining faoliyati yoritilgan. A. Bolotov o‘zining hayotiy tajribasi asosida
shunday yozgan: "Mukofot haqida o‘ylamasdan ishlash, yaxshilik qilish, 
minnatdorchilikni kutmaslik". Biz faqat A.T. Bolotov ning asosiy asarlarini sanab 
o‘tamiz: 
- u butun dunyo o‘rmon xo‘jaligining asosini tashkil etuvchi o‘rmonlar va ulardan 
foydalanish haqidagi fanning asosiy tamoyilini yani - o‘rmonlardagi kesilgan 
daraxtlar orniga yangilarini otqazish.
-
1766 yilda kartoshkani qanday ekish, etishtirish va iste’mol qilish 
haqidagi asarini nashr etdi (o‘sha paytda Rossiyada kartoshka haqida kam odam 
bilardi), bundan tashqari u o‘sha paytda Rossiyada och qolgan odamlarni boqish 
uchun kartoshka yetishtirish bilan shugʻullangan va Rus hosilini gektariga 900 
sentnerga yetkazgan.
17 yil o‘tgach, frantsuz kartoshka yetishtiruvchisi kartoshka 
bilan tajriba o‘tkazdi, gektaridan 400 sentnerdan hosil oldi va buning uchun faqat 
Frantsiyada unga to‘rtta yodgorlik ornatildi va hamma Bolotovning ishlarini 
unutdi;
- 1770 yilda Bolotov "Erni o‘gʻitlash to‘gʻrisida" maqolasini nashr etadi, u 
shunday yozadi: "Hamma o‘simliklar minerallar yigindisiga tegishli moddalardan 
iborat ... bu minerallarlar er yuzida qoniqarli miqdorda mavjud bo‘lishi kerak". 
70 
yil o‘tgach, 1840 yilda agrokimyoning otasi hisoblangan Libix o‘zinig 
o‘simliklarini oziqlantirishning minerallar nazariyasi asoslarini belgilaydigan 
kitobini nashr etadi; 
- Bolotov - 
olma - pomologiya fanining asoschisi;
- Bolotov shifokor va farmatsevt edi - u dori –darmonlarni o‘t-o‘lanlardan 
tayorlagan va ular bilan bemorlarni muvaffaqiyatli davolagan. 


U bemorlarni davolash uchun iqtidorli rus ixtirochisi Ivan Petrovich Kulibin bilan 
birgalikda yaratilgan elektr asboblarini ishlatgan birinchi shifokor edi. 
- A. Bolotov taniqli jurnalist edi. U qishloq xo‘jaligi va tibbiyot haqida ko‘plab 
maqolalar yozgan.
U bolalar uchun ko‘p asarlar yozgan va birinchi bolalar ilmiy -
ommabop "Bolalar falsafasi" kitobini nashr etgan unda: fizika, mineralogiya, 
botanika, astronomiya, kosmos va h.k. xaqida ma’lumotlar bor. 
Fikrlash qobiliyati - mutaxassis, muhandis, olimning eng muhim sifati: izlanish, 
ko‘rish, taffakur qilish, muammoni aniq shakllantirish va uning yechimini topishga 
intilish - bu tadqiqotchi faoliyatining ajralmas xususiyatlaridur. 
Insonlarga kashfiyotlar yuqoridan ko‘rinmaydi, ular har kungi mashaqqatli va 
qiyin mehnatlarning mevasidir.
Hozirgi kun uchun ham har bir kishi uchun 
Bolotovning quyidagi so‘zlarini keltiramiz: 
"Baxtli bo‘lish - bu katta mahorat! Bu qalbning ichki holati. Agar ish va mulohaza 
bilan, tez o‘tayotgan hayotning har soniyasidan quvonish qobiliyati bo‘lmasa, 
odam o‘z hayotini moddiy boylik qidirish yoki o‘z tashqarisida baxt izlash bilan 
o‘tkazsa bahtga erisha olmaydi. Nafaqat qadr -qimmat va quvonch bilan yashash, 
balki atrofdagilarni ham baxtli qilish uchun yashash kerak ”. 
Dunyoda hamma narsa bir -biri bilan chambar-chas bogʻliq. Jonsiz moddalarni, 
tirik organizmlarni va tabiat qonunlarini o‘rganish, shu bilan birga odam o‘z 
taffakuridan kengroq masalalarga va chuqurroq kirib boradi. 
Ivan Petrovich Kulibin - Peterburg Fanlar akademiyasining bosh mexanigi, o‘tkir 
fikirli aniq va texnik jihatdan aqlli odam bo‘lgan. 1773 yilda u Neva daryosiga 300 
metrli panjara fermalardan o‘tadigan bitta kamarli yogʻoch ko‘prikning mashhur 
loyihasini yaratdi; birinchisi temir fermalardan ko‘prik qurish gʻoyasini ilgari 
surdi: kema, o‘ziyurar ekipaj, optik telegraf va boshqa ko‘plab kashfiyotlarni 
yaratdi. 
Russ shohi - Pyotr I (1671-1725) - iste’dodlari bilan hayratlanarli shaxs bo‘lgan. 
Pyotr I -ma’rifatparvar, davlat quruvchisi, "texnika" hukmdori, hayotining ko‘p 
qirralarini o‘z ongi bilan qamrab olishni bilgan inson edi. 1714 yilda Pyotr I 
farmoni bilan Rossiyaning qator shaharlarida raqamli matematika maktablari 
tashkil etildi. U maktablarni o‘z vaqtida I.I. Polzunov, K.D. Fedotov va boshqa 
ajoyib ixtirochilar tamomlagan. 
Pyotr I fanlar akademiyasini tashkil etib, unda texnik fanlarning rivojlanishi 
haqida qaygʻurdi; iqtidorli yoshlarga ta’lim berish uchun chet eldan iqtidorli 
olimlarni taklif qildi aka -uka Bernulli, Eyler va boshqalar;
xalq orasida 
savodxonlikni keng targʻib qilish, mahalliy sanoat va hunarmandchilikni 
rivojlantirish tarafdori bo‘lgan. 
Texnologiya, energiya, fan tarixini bilish nafaqat insonning intellektual ufqlarini 
kengaytiradi, balki, ayniqsa, mutaxassis uchun katta amaliy ahamiyatga ega.


O‘tmishning turli xil ilmiy -texnik echimlari bilan tanishish ijodiy faollikni 
ragʻbatlantiradi, muhandis, tadqiqotchi talabaning vaqtini va kuchini tejaydi. 
O‘z vaqtida ehtiyoj yo‘qligi sababli amaliy qo‘llanilmagan ixtirolar va 
kashfiyotlardan samarali foydalanish imkonini beradi. 
Nazorat uchun savollvr:
 
1
.
Elektr energiyani ishlatishning dastlabki davrlarini aytib bering

2. Elektr energetikasida kaShfiyotlar tarixini soʻzlab bering

3. Elektrotexnikaning birinchi qonunlari ayting


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish