maʼrvza: Elektr energiyasini kashf etilish tarixi. Reja: Elektr energiyani ishlatishning dastlabki davrlari



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#795810
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
resources-4

Choʻlgʻanma lampochka- bu
lampochka mutaxassislarga unchalik begona 
emasdi. Unga fransuz olimi Delaryu 1820 yiliyoq ixtiro qilgandi. Yoritgich 
tarkibidagi platinadan yasalgan, oʻzidan toʻk oʻtganda oʻta qizib, ravshan nur 
sochadigan ingichka sim choʻgʻlanuvchan tola vazifasini oʻtardi. Lekin platina 
qimmatligi bois choʻgʻlanma lampochka yarim asrdan ortiqroq vaqt mobaynida 
e’tibordan chetda qolib kelayotgandi. 
Nihoyat, 1873 yili rus elektrotexnigi Lodigin tolasi rotor koʻmiridan iborat 
lampochka yasadi va birinchi boʻlib ballon idish ichidan havoni soʻrib olishni 
boshlab berdi. Alalxusus, rosmana choʻgʻlanma lampochkani kashf etish baxtiga 
muyassar boʻldi. U amaliyotda birmuncha kengroq ishlatila boshlandi. Bundan 
ruhlangan amerikalik elektrotexniklar Soyer va Man 1878 yili karton qogʻozni 
grafit kukunida kuydirib, Shisha qalpoqchalar ichiga joylashtiriladigan moʻjazgina 
koʻmir yoylar olish usulini topishdi. Taniqli ixtirochi Tomas Edison esa yoritgich 


uzoq vaqt yaxshi nur sochishi va pirpiramasligi uchun, avvalo, elektrod bop 
boshlqa material tanlashga, qolaversa, lampochka shishasi ichida havosi behad 
siyraklashgan muhit yaratishga ahd qildi. Shu niyatda koʻplab tajribalar oʻtkazdi.
Axiyri, bambukni kuydirish natijasida olingan tolani maʼqul deb topdi. 1879 yili 
zahmatlari mahsulini uch ming nafar guvoh koʻz oʻngida tantanavor namoyish 
qildi. Yangi lampochkalar yordamida oʻz uyi va laboratoriyasini, bir nechta 
koʻchani yoritib, hammani lol qoldirdi. 
Edison chiroqlari 
Bunisi endi uzoq muddatga yaraydigan, yalpi shlab chiqarishga arziydigan haqiqiy 
elektr chiroq edi. Faqat kishini andak ikkilantiradigan jihati-choʻgʻlanuvchan tolani 
bambukdan olish koʻp xarajat talab qilardi.
Tomas Edison bu masalani ham ijobiy hal etib, paxta momigʻidan lampochka 
tolasi tayyorlash usulini topdi. Unga koʻra, momiq oldin xlor va ruxdan iborat 
qaynoq qorishmaga aralashtirilardi. Erigandan soʻng nasos yordamida bir oz 
quyultirilib, xamirsimon holatga keltirilar va kichkina teshikli naycha orqali spirtli 
idish ichiga purkalar, nozik ipga aylangach, barabanga oʻralardi. Navbatdagi 
bosqichda u qorishmadan tozalanib quritilar va boʻlaklarga ajratilib, palahmon 
ayrisi shakliga keltirilardi. Havosiz pechda kuydirilgach, ustiga siyrakkina qilib 
koʻmir kukuni sepilar, oxirida nurlanuvchan gaz toʻldirilgan qalpoq ichiga 
oʻrnatilib, toʻkka ulanardi. Gaz toʻk taʼsirida parchalanib, tola sirtini uglerodning 
yuqa qatlami qoplar va u foydalanish uchun shay holga kelardi. 
Edison chirogʻini yasash jarayoni ham oʻta murakkab edi: debochasiga tola shisha 
qalpoqcha ichiga – oynaga payvandlangan bir juft platina elektrod orasiga 
joylashtiriladi. Platina issiqlikda kengayishi boʻyicha shisha bilan bir xil 
xususiyatga ega boʻlgani uchun lampochkaning ichi havo kirmaydigan va 
chiqmaydigan darajada zich yopilishini taʼminlaydi. Soʻngra undagi havo simobli 
maxsus nasos yordamida milliardan bir qismi qolgunga qadar soʻrib olinadi. 
Oxirida lampochka kavsharlanib, sokol 
(patronga burab qotiriladigan metall 
qism)
ga oʻrnatiladi. 
Bu elektr chiroq oʻtmish doshlaridan farqli oʻlarok, surunkasiga 800-1000 soat 
ishlardi. Shu bois uni Edison usulida tayyorlash qariyb oʻttiz yil davom etdi. 


Mavridi kelib, uning paxtali tolasi oʻrnini metall tola egalladi. Aniqrogʻi, 1890 yili 
Lodigin koʻmirli sterjenni qiyin eriydigan nodir metall – volframdan yasalgan, 
choʻgʻlanish harorati oʻta yuqori simga almashtirish mumkinligini aniqladi. 
Shuningdek, elektr chiroqning hozirga qadar deyarli oʻzgarmagan, hamon 
korimizga yarayotgan patroni, sokoli, manbaga ulab-uzgichi, toʻk hisoblagichi va 
saqlagichini, elektr qoʻngʻiroqni va boshlqa moslamalarni ham kashf qildi. Biroq u 
yaratgan lampochkani sanoat asosida shlab chiqarish XX asr boshlaridagina 
ommaviy tus oldi. 
Ilm-fan jadal rivojlandi. Ayniqsa, texnika va texnologiyalar olamida tub 
oʻzgarishlar roʻy berdi. Shu asno kashfiyot-ixtirolar koʻlami kengayib, 
lampochkalar ham takomillashtirildi. Ularning energiyani tejab, yanada ravshanroq 
nur sochadigan neonli, yaroqlilik muddati uzaytirilgan, oʻlchami behad 
kichraytirilib, yoy yoki spiral shakliga keltirilgan nurlanuvchan diodli
kvantnuqtali hamda siyraklashtirilgan gaz yoki boshlqa moddaning lampa 
shishasini qizdirmagan holda nur sochishiga asoslangan lyuminessentli turlari 
paydo boʻldi. 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish