Sut emizuvchilar sinfi:
Kemiruvchilar: Maori kalamushi.
Qo’lqanotlilar: G’ilofqanotlilar – Mustacinidae endemik oilasiga mansub – Yangi Zelandiya g’ilofqanotlisi.
Qushlar sinfi:
Tarixiy zamonlarda bo’yi 3 – 5 m keladigan moalar yashagan, ular insonlar tomonidan butunlay qirib yuborilgan. Ko’kraktojsiz qushlardan Apterugiformes endemik turkumiga mansub Apterygidae oilasiga kiruvchi kivi (1 urug’ga mansub 3 tur) yashaydi.
Pastushka Ocudromus urug’iga kiruvchi turlar – takaxe Notornis mantelli (Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan). To’tiqushlarning uchmaydigan 2 turi – boyqush to’ti yoki kakapo.
Uchadigan qushlar: Yangi Zelandiya krapivniklari Xenicidae guiylar Callacidae oilasiga kiruvchi turlar; boyo’g’lilar, kakkuqushlar, kaptarlar, zimorodoklar, turli chumchuqsimonlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |