Mavzu 3: Temir yul transporti, uning texnik - iktisodiy xususiyatlari va
rivojlantirishi ilmiy texnik muammolari
Ma’ruza rejasi
1. Temir yul transportining asosiy texnik jixozlari .
2. Temir yul transoprtida tashish klassifikatsiyasi
3. Temir yul tansportini rivojlantirish muammolari
Adabiyotlar
1. O’zbekiston respublikasida xalq xujaligini, shu jumladan avtomobil sanoatini bozor iqtisodiyoti
sharoitlarida rivojlantirish va ularni ekspluatatsiyasini tashkil etish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi
prezidenti I.A. Karimovning ma’ruzalari, xukumat qarorlari, yetuk olim va mutaxassislarning fikrlari,
chiqishlari va ilmiy maqolalar (1991yildan shu kungacha.
2.B.A.Xujayev-Yagona transport sistemasi, T:, 1984
Temir yul transporti jixozlari asosiy elementlariga yol kurilmalari (izlar), sun’iy inshoatlar,
bekatlar, transport vositalar, elektro ta’minoti kurilmalari, poyezd xarakatini tartibga solish va uni
ekspluatatsiya kilish ishlarni boshkaruvchi maxsus vositalar kiradi.
Mamlakatimiz temir yul transporti izlari orasida ichki kengilik, ya’ni (koleya) 1520 mm ga
tengdir. Boshka davlatlarda temir yul transporti izlari kengligi 1435 -1676 mm dan iborat.
Transport barcha turlardagi tashish jarayonini tashkil kilishda xarakat xavfsizligini talablarga
binoan, temir yullardagi kuprik va transport tunneldan, yuk passajir platformalarini kurishda ularning
temir yul izlariga yakinlanish oraliklariga aloxida talab kuyiladi. Shu talabga kura asosiy temir
yullardagi kurilmalar balandligi 6400 mm va eni 4900 mm dan kam bulmasligi kerak. GOST talabiga
binoan. Transport vositalarning ulchamlarining balandligi (ortilgan yuklarni xam xisobga olganda)
4280 - 5300 mm eni 3150 - 3600 m etib belgilanadi. bunday belgilash xarakat xavfsizligini
ta’minlashni kuzda tutadi.
Temir yul transportida transport vositasi birligi (lokomotiv va vagonlar) ning uzunligi davlat
standarti bilan cheklanib kolmay, u xar bir metr iz "sortirovka balandchalari" dan bemalol utishga
muljallab xisoblash yuli bilan topiladi. Poyezdlar umumiy uzunligini belgilashda esa bir tomon, tortish
dinamikasi, ikkinchi tomondan, yuldagi bekatlar kabul kilish va junatish izlari uzunligini xisobga olish
lozimdir.
Transport vositasi va izlarning kurilish sifati kursatgichlari urtasida ma’lum darajadagi ogirlik
tushish chegarasi bulib, u xar bir uk va pogonometr iz uzunligiga tugri keluvchi ogirlik bilan
belgilanadi. Xozir magisral temir yullardagi sun’iy inshoatlar va xar bir pogon metr izlarga tugri
keluvchi maksimal ogirlik yakka va kushma gildiraklarli yuk vagonlari ukiga tushuvchi maksimal
ogirlik 22 t, lokomotivlarning xar bir uki uchun esa 23 t. dan oshmaslik kerak.
Temir yul transportida bekatlar: oralik, uchastka, poyezd va vagonlar saralash. Passajir va yuk
bekatlariga bulinadi.
Oralik bekat temir yul transportidagi eng kichik bekat bulib, unda asosiy yuldan tashkari 2-3
izlar, kichikrok passajirlar binosi, ortish - tushirish va saklash punktlari, aloka, signalizatsiya
kurilmalari buladi.
Uchastka bekatlar xar 100-1500 km oralikda kurilgan bulib unda 20 tagacha izlar lokomotiv
denosi, yonilgi va moylash materiallari, suv, kum, passajirlar binosi, aloka signalizatsiya va boshkalar
buladi.
Poyezd va vagonlar saralash bekatlari asosan yirik shaxar va sanoat markazlarda, dengiz va daryo
portlari yakinida tashkil etiladi. Xar xil ishlarni bajarish uchun 50 dan ortik izlar kuriladi.
Passajir bekatlari shaxarlarda va sanoat markazlarida kuriladi va kerakli inshoatlar, texnik
jixozlar, mamuriy binolar, mexmonxona va boshkalar bilan ta’minlangan buladi. Passajir bekatlari,
vokzal binosi va vokzal oldi maydonlari yagona kompleksda kurilgan bulib, ular passajirlarga xizmat
kilishda kulaylik yaratishni va passajirlar xarakati xavfsiz bulishini ta’minlaydi. Yirik passajir
bekatlari yakinida lokomativ va vagon depolari, aloka va signalizatsiya kurilmalari bulishi kerak.
Odatda passajir bekatlarida passajirlar bagajidan tashkari yuk operatsiyalari bajarilmasligi kerak.
Yuk bekatlari asosan katta xajmdagi yuk ortish va tushirish ishlarini bajaruvchi bekatlardir.
Yuk bekatlari uz navbatda kuyidagicha bulishi mumkin:
yuk junatishga muljallangan bekatlar. Bunday bekatlardan asosan yuk junatilib, kam mikdorda
yuk kabul kilinadi. Kuplab junatiluvchi yuklar, mijozlar, ya’ni sanoat korxonalari, kumir korxonalar
yuklari shoxobcha yullarida ortiladi, chunki bunday yullar yuk bekatidagi izlar bilan bevosita ulangan
buladi;
yuk kabul kilishga muljallangan bekatlar - bunday bekatlarda asosan yuk kabul kilinib. oz
mikdorda yuk junatiladi. Kup xollarda bunday bekatlar elektr stansiyasi, katta ulgurji baza va
omborlar, yengil va ozuka sanoati korxonalari. Shoxobcha yullari bilan boglangan buladi;
yuk ortish - tushirishga muljallangan bekatlar. Bunday bekatlar kupincha yuk utkazuvchi
punktlarida yoki davlatlar aro chegara punktlarda tashkil kilinadi va bunday punktlarda yuklar bir
transportdan ikkinchisiga utkaziladi;
yuk junatish va kabul kilishga muljallangan bekatlar. Bunday bekatlardagi junatiluvchi va kabul
kilinuvchi yuklar mikdori taxminan teng buladi.
Yirik temir yul uzellardagi yuk bekatlar aloxida yuk turlarini: tosh kumir, yogoch, don, kurilish
materiallari, taralangan yuklar, konteynerlar va xakozolarnigina kabul kilish va junatish
ixtisoslashtirilgan buladi.
Yukorida sanab utilgan bekatlardan tashkari ayrim texnika xizmatlarini amalga oshirish uchun
raz’yezdlar tashkil etiladi. Raz’yezdlar asosan bir izli yullarda karama-karshi yunalishlarda
xarakatlanuvchi va tez katnovchi poyezlarni utkazib yuborish uchun tashkil kilinadi.
Temir yul transportidagi vositalarga lokomotivlar, vagonlar va uzi yurar motor-vagonlar kiradi.
Yuk tashishda yoyik vagonlar, yarim yoyik vagonlar, platforma yoki past bortli vagonlar,
sisterna va izometrik vagonlardan foydalanadi.
Temir yul transportidagi vagonlar yuk tashish asosiy xarakteristikasiga kuyidagilar kiradi: yuk
kutarish kobiliyati, vagonning foydali ichki xajmi, uklar soni, kushimcha asbob uskunalar borligi va
boshkalar.
Passajirlar tashuvi vagonlar parikiga yumshok vagonlar, kupe vagonlari, utirib ketishga
muljallangan vagonlar xamda restoran, pochta va bagaj vagonlari xam bor.
Temir yul transporti asosiy texnika jixozlariga elektr ta’minoti xujaliklari, kontakt sim tarmokli
va elektr ta’minoti podstansiyalari xam kiradi. Xozir temir yul transportidagi umumiy yullarning
uchdan bir kismi elektrovoz tortish kuchlariga utkazilgan bulib, ular juda kup mikdorda dizel
yonilgisi tejash imkonini beradi.
Temir yul transporti xarakatini tartibga solish va ekspluatatsiya ishlarini boshkarishni tartibga
solish va kompleks avtomatika, telemexanika, elektronika va aloka kurilmalari xam transport texnika
jixozlari jumlasiga kiradi. Bunday texnika jixozlari, temir yul va avtomobil yullari kesilgan joylardagi
shlagbaumlar va svetoforlar, tegishli signalizatsiya buyicha ishlaydilar. Bunday tashkari bekatdagi
strelka va boshka signalizatsiya markazdan turib avtomatika yordamida ishlatiladi va bu markaziy
dispetcherlik tizimi (MDT) deb ataladi.
MDT bir kishi, ya’ni navbatchi dispetcher 100-250 km li katta masofalarda poyezd xarakatini
markazdan boshkarib turadi. Odatda markazlashtirilgan dispetcherlik tizimi kullanilganda masofa
oraligida xamda bulinish punktlarida navbatchilar va strelkachilar bulmaydi. Ular bajaradigan
vazifalari telemexanika va avtomexanika asboblari orkali markaziy punktidagi dispetcherning uzi
bajaradi.
Xozirgi davr lokomotivlari mustakil ishlovchi avtomatik signalizatsiya vositalari bilan
jixozlangan bulib, ular markaziy dispetcherlik signalizatsiyalarini xamda poyezd yakinlashib
borayotgandan svetofor xolati signallarini kabul kilish uchun xizmat kiladi, xarakat uchun xavf
tugilgan vaktlarda poyezdlarni avtomatik ravishda tuxtab koladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |