Guash bo‘yoqllarining xususiyatlari.
Guash
bo‘yog‘i o‘tgan asrlardan buyon keng qo‘llanib kelinayotgan tasviriy san’at
ashyolaridan biridir.
Bu material rangtasvir, grafika, plakat hamda bezakchilik san’atida
keng ko‘lamda ishlatiladi. Suv bilan qo‘shib tezko
rlik bilan katta-katta sathlarga ishlov
berish, tasvirni rangdor qilib namoyon etishga qulay bo‘lgan bo‘yoq hozirgi paytda
sanoat miqyosida ko‘plab ishlab chiqariladi. Guash bilan deyarli barcha janrlardagi
asarlarni, shuningdek o‘kuv
-mashq vazifalarni yar
atish mumkin. Ayniqsa, moybo‘yoq
texnikasini o‘rganishda avvalgi bosqichda guashda o‘quv
-topshiriq ishlaridan-
natyurmortlarni ishlash yaxshi samara berishi mumkin. Chunki bu bo‘yoqni yarim
quyuq tarzda surtib ishlatilishi moybo‘yoq tasvirlar ishlash jarayo
nini eslatadi.
O‘zbekistus rassomlaridan bir qanchasi guashdan asarlar yaratganlar. Bunga
misol qilib I.Ikromovning ko‘plab kitob bezak ishlarini keltirib o‘tishimiz mumkin. Bu
bo‘yoq imkoniyatlaridan rangtasvirlar ishlashda ham ko‘p foydalanilgan.
O‘.Tansiqboyev, M.Yo‘ldoshev, N.Ten asarlari bundan dalolat beradi. Teatr sahnasini
bezash eskizlari va uning katta o‘lchamlarda bajarishda ham guash eng qulay, o‘rnini
boshqa vositalar bosolmaydigan materialdir. Bu boradagi ishlarga taniqli teatr
rassomlari G.Br
im, V.Akudin, S.Salimov, B.To‘rayev yaratgan ijod namunalarini
ko‘rishimiz mumkin. Teatr sahna, spektakllarga ishlangan asarlar orasida
O.Olloberganov ishlari ham alohida ajralib turadi. Plakat sohasida samarali ijod qilgan
F.Kagarov guash bo‘yog‘i imkoniyatlarini eng ko‘p namoyon etgan rassomdir. Xalq
amaliy san’atining eng ko‘p tarqalgan va taraqqiy etgan turi naqqoshlikda ham guash
ko‘p ishlatiladi. Bu borada ajoyib asarlar qatorida J.Hakimov, T.To‘xtaxo‘jayev,
Y.Raufov, M.To‘rayev, X.Isoqjonov va boshqa
naqqoshlarning ishlarini keltirib o‘tsak
o‘rinli bo‘ladi. Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, demak guash bo‘yog‘i har sohada o‘z
o‘rniga, ishlatilish ko‘lamiga ega ekan.
Guash bo‘yog‘i akvarel bo‘yog‘idan o‘zining uncha tiniq emasligi, sath yuzasini
quyuq
bo‘yash mumkinligi bilan farqlanib turadi. O‘zining tashqi ko‘rinishi jihatidan bu
bo‘yoq quyuq bo‘tqa (pasta)simon bo‘lib, rang pigmentini suv qo‘shilgan yelim
(gummarabik yoki dekstrindir)ni oq kukuniga aralashtirilgani holda tayyorlanadi. Bu
bo‘yoq suv
bilan yaxshi aralashadi, tasvir yuzasini tekis tiniq bo‘lmagan qatlamda
berkitish xususiyatiga ega. Unda to‘q rang ustidan och tusi bo‘yalsa yaxshi berkitadi. Bu
xususiyat uni ishlatganda goho suyuq, goho quyuq, ba’zi hollarda yarimquyuq qilib
foydalanish
imkoniyatini beradi. Ish jarayoni texnik yo‘llarini, bo‘yoq texnologiyasini
keng qo‘llashga yo‘l ochadi. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki bo‘yoq qatlami juda
qalin qilib yuborilsa u yorilib ketishi va to‘kilib ishning sifatini buzishi mumkin. Shuning
uch
un bo‘yoqni ma’lum marta ustma
-ust surtish, oshirib yuborilmasligi maqsadga
muvofiq. Bunday texnologiya ayniqsa yumshoq, bukuluvchan materiallarga
–
masalan:
kartus va qog‘oz yuzasida bajariladigan ishlarga taaluqli. Chunki bo‘yoq yelimi
qanchalik mustahka
m bo‘lmasin, qog‘oz buklangan yoki o‘rab olinganda u yorilishi,
to‘kilib ketishi ehtimoli bor. Bundan tashqari, ancha quyuq qilib olingan bo‘yoq qatlami
rangtasvir bajarish jarayonini og‘irlashtiradi. Ilgari qo‘yilgan rang keyingi bosqichda
ishlatilgan bo‘
yoq tusi bilan aralashib ketib noxush, yoqimsiz rang tuslariga aylanib
qolishi mumkin.
Guash bo‘yog‘i qurigandan so‘ng (ayniqsa to‘q ranglisi) oqarib, xira ko‘rinadi. Bu
xususiyat undan foydalanish jarayonini ancha murakkab ekanligini bildiradi. Shu sabab
bu bo‘yoqda tasvirlar ishlaganda yuqoridagi omillar e’tiborda tutilishi, qurish
protsessida rang to‘q
-
ochligi ancha o‘zgarishi alohida hisobga olib borilishi lozim. Eng
mas’uliyatli bosqich esa rangtasvirni ishlashni boshlang‘ich qismida bo‘ladi, chunki sh
u
paytda «loxal» –
umumiy rang tuslari aniqlanadi va surtiladi. Ish jarayonida shuningdek
umumiy tus-
och, to‘qlik darajalarini qurib ulgurgan avvalgi qatlam ustidan saqlab
ishlash qiyin kechadi. Buni yengillashtirish uchun esa qurigan sath bir oz ho‘llab o
lib,
so‘ng ish davom ettirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ranglarni esa iloji boricha oq
bo‘yoqni qo‘shmasdan tiniqroq olish kerak, shunda ular oqarganda o‘z tus
xususiyatlarini saqlaydi. Ortiqcha xira bo‘lib qolmaydi. Agar guash texnologiyasi
bo‘yicha mu
ntazam mashq qilib borilsa uni yetarli darajada malakali egallab olsa
bo‘ladi. Buning uchun esa tajriba ham, o‘qib o‘rganish ham zarur shartlar hisoblanadi.
Tasviriy san’atning turli tarmoqlarida keng ishlatiladigan universal bo‘yoq turiga
temperani misol
qilib keltirsak o‘rinlidir. U ayrim jihatlari bilan moybo‘yoqdan ham
afzalroq desak xato bo‘lmaydi. Shuning uchun temperada ishlash texnikasi va
texnologiyasi qadimdan buyon ko‘plab rassomlarni qiziqtirib keladi. Bu bo‘yoqda
dekorativ-bezakli kompozitsiyalar, dastgohli rangtasvirlar sifatli, rangdor, jozibali qilib
ishlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |