Ma’ruzalar matni


Matematika o‘qitish jarayonida interaktiv metodlardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari



Download 14,54 Mb.
bet14/25
Sana06.04.2022
Hajmi14,54 Mb.
#532631
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
ДИЛСОРАГА

Matematika o‘qitish jarayonida interaktiv metodlardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari.
Pedagogik texnologiyaning muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natijaning kafolatlanishi o‘qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglash darajasi va darsga ularni to‘g‘ri baholay olishiga bog‘liqdir.
Har bir darsda, jumladan matematika ta’limining aniq maqsadi belgilanishi ta’lim texnologiyasini loyhalashda muhim shartlardan biri sanaladi. Bunda matematika fani mavzulari bo‘yicha o‘qitishninig tashxislanuvchi maqsadi aniqlanadi. Matematika o‘zining paydo bo‘lgan vaqtidan boshlab katta bilimlar hajmini to‘plagan va u yuqori tezlikda boyitib borilmoqda . O‘qitish faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olish va o‘quvchining o‘zlashtirish qobiliyatlarini mos holda ular hajmini miqdoriy o‘lchamga keltirish zarur.
Matematika fani bosqichma – bosqich o‘rgangan holda rivojlanib boradi.Matematikadan o‘quv mavzulari bo‘yicha maqsadni aniq belgilash uchun abstraksiya pog‘onalari va unga mos o‘quv unsurini bayon qilish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Mavzular bo‘yicha ta’lim maqsadini aniq belgilashning abstraksiya pog‘onalari quyidagilar:
1. Obyektning xususiyat va sifatlari qayd etilib, o‘zlashtirish unsuri odatdagi tilda tushuntiriladi.
2. Fan uchun xususiy bo‘lgan tushuncha atama va qonuniyatlarni o‘zlashtirish unsurining tarkibini tashkil qilib, ilmiy tilda bayon etiladi.
3. Fanga tegishli ma’lum hodisalar ularning sonli nazariyalari asosida tushuntiriladi.
4. Tavsiflashning yuqori darajali umumlashmasidan foydalanilgan holda amalga oshirish bilan belgilanadi.
Matematika o‘quv predmetining ilmiylik darajasi va va bu parametrlar yordamida o‘quvchilar bilim sifatini baholash uchun koeffitsent kiritiladi. O‘quvchilar tomonidan matematikani qay darajada o‘zlashtirish ularning faoliyatiga bog‘liq. Faoliyat ko‘rsatma vositasida yoki ko‘rsatmasiz mustaqil ravishda bajariladi. Mahsuldor faoliyat ma’lum pedagogik ko‘rsatmalar asosida tashkil etiladi, biroq bu yerda harakatlar ketma –ketligi, tartib qoidalari ayni vaziyatda yangilangan yoki hech kimga ma’lum bo‘lmagan usullar vositasida amalga oshadi. Yuqorida tilga olingan o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun munosib testlar ishlanishi kerak. TEST- bu biror bir faoliyatni bajarish uchun ma’lum darajadagi bilimni jamlashga qaratilgan topshiriqlardir. Testni to‘g‘ri bajarilganligini o‘lchash va baholash maqsadida har bir testda ekspert metodi yordamida etalon ishlab chiqiladi. Etalon yordamida test yechimiga olib keladigan jiddiy amallar sonini aniqlash qiyin emas o‘quvchining javobi etalon bilan solishtirilgach, testning sifatli bajarilganligi to‘g‘risida tegishli xulosaga kelinadi va to‘g‘ri yechilgan amallar soni yordamida o‘zlashtirish koeffisenti aniqlanadi.
Shunday qilib pedagogik aylanmaga o‘quvchilarni tajribani o‘zlashtirish koeffisenti yordamida aniq hisoblash metodikasini kiritish pedagogik texnologiyaning muhim tamoyillaridan birini ifodalashga imkon beradi. Bu ta’limning tugallanganlik tamoyilidir. Mazkur tamoyil maktabda o‘qitish jarayonini samarasiz kechishi borasidagi muammolarning yechimi va yo‘nalishlarini izlab topish imkonini beradi.
Didaktik masalalarning uchinchisi –,,ta’lim mazmuni“ yoki axborotlarning muayyan majmuasi bo‘lib, ular yordamida yosh avlodga umuminsoniy va milliy tajribalar uzatiladi.
Ma’lumki bilimlarning o‘quvchilar tomonidan egallanishi ularning xususiy o‘quv faoliyati natijasi tufayli ro‘y beradi. Har qanday o‘quv faoliyati umumiy loyiha bo‘yicha quriladi va tuzatuvchi harakatlarni mujassamlashtiradi. Bu harakatlarni o‘quvchilar bevosita o‘qituvchi va darslik yordamida bajarishlari mumkin. O‘zlashtirish o‘quv harakatlarini alohida o‘zlashtirishning ma’lum bosqichida namoyon bo‘ladi. Chunonchi, mo‘ljalli harakatning bajarilishi va o‘quv topshiriqlarning o‘zlashtirilishi quyidagicha ta’minlanadi:
a)o‘quvchilarning o‘qituvchi tomonidan berilgan tayyor topshiriqlarning mohiyatini tushunib yetishlari;
b)ularning topshiriqlarni faol qabul qilishlari;
d)o‘quvchilarning mustaqil ravishda o‘quv topshiriqlarni bajarishlari;
e)ular tomonidan muayyan o‘quv topshiriqlarining mustaqil ravishda bajarilishi.
O‘quv faoliyatining muhim tavsifnomalaridan biri uning natijasidir. Yechimning ob’yektiv to‘g‘riligi, natijani olgunga qadar sodir etilgan harakat va qadamlar soni, vaqt sarfi, sub’ekt uchun faoliyatning muhimligi, uning yakunidan o‘quvchining qanoatlanishi sarflangan aqliy va jismoniy kuch hajmi va boshqalar o‘quv faoliyatining samarali yakunini ko‘rsatuvchi omillar hisoblanadi.
Darsliklar asosiy o‘qitish vositasi bo‘lib, ular o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanishida yetakchi o‘rinni egallaydigan rasmlar, chizmalar, mashqlar va topshiriqlar tizimi bilan boyitilgan. Darslik o‘quvchilarning tafakkur olamini kengaytirishda, matematika faniga bo‘lgan qiziqishini orttirishga, o‘quv- tarbiya jarayonini tashkil etishda hamda samaradorligini oshirishda qo‘llaniladigan eng muhim vositalaridan biridir.
Boshlang‘ich sinf matematika darsliklari o‘quvchilarga matematik bilimlar beribgina qolmasdan, balki dunyoqarashini shakllantirishga, onglilik, vatanparvarlik kabi yuksak axloqiy- tarbiyaviy fazilatlarni ham tarkib toptirishga yo‘naltiriladi.
Ta’lim jarayoniga kirib kelayotgan ta’limni pedagogik texnologiyalar asosida boshlang‘ich sinf matematika darslarini o‘qitish bilan bog‘liq ilg‘or, tajribali o‘qituvchilar tajribasiga tayangan holda yangi adabiyotlar va o‘quv- uslubiy majmualar yaratildi.
Darsliklar ta’lim texnologiyalarini dars jarayonida tadbiq etishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarning puxta bilim olishi va ijodiy samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Umumta’lim maktablari o‘quv jarayonida uzviylikni ta’minlashi uchun har bir o‘qituvchi quyidagi ishlarni bajarishi va hisobga olishi zarur:
- o‘quv rejadagi darslarni, mavzularni va uning soatlarda taqsimlanishini mukammal o‘rganib chiqib, mos imkoniyatlarni tanlash hamda o‘zi va o‘quvchilar uchun qulay sharoitlarni yaratish;
- sinfda darsni to‘g‘ri tashkil etish va boshqarish;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularning tadbiqi bo‘yicha
- darslarda o‘quvchilarning ta’lim- tarbiya olish imkoniyatlarni kengaytirish orqali hayotiy tasavvurini rivojlantirish;
- o‘qituvchi o‘z ustida tinmay ishlab ijodiy imkoniyatlarini kengaytirib borishi;
- darsda va maktabda rag‘batlantiruvchi o‘quv metodlarini yaratish;
- o‘qitishda yuqori darajada samara bergan innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qo‘llab, muntazam takomillashtirib borish.
Ana shu shartlarni o‘qituvchi o‘z faoliyatiga singdirib, uni amalga oshira olsagina, o‘qitishda yuqori samaradorlikka erishishi mumkin bo‘ladi.
Uzviylik ta’lim - tarbiya jarayoning ketma-ketlikka tashkil etilishini ifodalovchi muhim sifat bo‘lib, u ma’lum bosqichda avvalgi bosqich o‘quv faoliyati mazmunini tashkil etuvchi bilim, ko‘nikma va malakalarning mustahkamlanishi, kengaytirilishi va chuqurlashtirilishini ta’minlaydi.
Ta’limdagi uzviylikni maxsus adabiyotlarni o‘rganish natijasida quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin:
1. Uzluksiz ta’lim turlari orasidagi uzviylik;
2. O‘quv fanlari orasidagi uzviylik;
3. Matematika darslaridagi mavzular orasidagi uzviylik;
4. Darsni tashkil etish va uni o‘tkazish jarayonidagi uzviylik;
Boshlang‘ich ta’limda matematika darslarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha quyidagi tartibda o‘quv jarayoni amalga oshirilsa, o‘qituvchi uzviylikning muvaffaqiyatli ta’minlanishiga erishishi mumkin:
1.O‘quvchilarning oldin o‘zlashtirgan bilimlarini takrorlash;
2. O‘quvchilarning diqqatini jalb qilib o‘quv jarayonida ularni faollashtirish;
3. Olingan bilimlar asosida yangi egallashga tayyorlash;
4. Yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni bayon qilish;
5. Yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash uchun mustaqil ishlarni tashkil etish;
6. O‘tilgan material bilan yangi bilimlarning o‘zaro bog‘liqligini misol va masalalar yechish jarayonida ko‘rsatish;
7. Darsga olingan bilimlarni umumlashtirish va kutilayotgan natijaga erishish;
8. Uyga vazifa berish;
Bu bosqichlarni har birida interfaol metodlarini qo‘llab o‘quv ishini tashkil etilsa, ta’lim samaradorligi ortadi, buni tajriba tasdiqlamoqda.

Download 14,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish