Ma’ruzalar matni



Download 14,54 Mb.
bet11/25
Sana06.04.2022
Hajmi14,54 Mb.
#532631
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
ДИЛСОРАГА

T ayanch iboralar:
Metod, o‘qitish metodi, interfaol metod, aqliy hujum, pinbord, skvin, klasster, qarorlar shajarasi, zakovatli zukko.
1. ,,Interfaol metodlar“ tushunchasi mazmun va mohiyati.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shu­ningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega, ya’ni, har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o‘z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik texnologiyalar:
- pedagogik faoliyat (ta’lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi;
- o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
- o‘quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
- o‘quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;
- o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi;
- pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustuvorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or tex­nologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmokda. Quyida ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so‘z yuritamiz.
"6x6x6" metodi
Ushbu metod yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar o‘quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ular­ning qarashlarini bilib olish mumkin. "6x6x6" metodi asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi tomoni­dan o‘rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har bi­rida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo‘ladi. YAngi shakllangan guruh a’zolari o‘z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo (masala) yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
"Aqliy hujum" metodi
Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo‘llaniladigan metod sanalib, u mashg‘ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayo­nida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug‘iladi. "Aqliy hujum" metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash va ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
Metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
- O‘quvchilarning o‘zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratib berish
- G‘oyalarni yozib borish uchun yozuv taxtasi yoki varaqlarni tayyorlab qo‘yish
- Muammo (yoki mavzu)ni aniqlash
- Mashg‘ulot jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan shartlarni belgilash
- Bildirilayotgan g‘oyalarning ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish
- Qog‘oz varaqlari g‘oya (yoki fikr)lar bilan to‘lgandan so‘ng ularni yozuv taxtasiga osib qo‘yish
- Bildirilgan fikrlarni yangi g‘oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash
- Boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g‘oya)lar ustidan kulish, kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo‘l qo‘ymaslik
- Yangi g‘oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona to‘g‘ri yechimini e’lon qilishga shoshilmaslik
- O‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan har qanday g‘oya baholanmaydi
- O‘quvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari surishlari uchun qulay muhit yaratiladi
- G‘oyalarning turlicha va ko‘p miqdorda bo‘lishiga ahamiyat qaratiladi.
Boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning o‘quvchilar tomonidan sodir etilishiga erishiladi.
Dars jarayonida "Aqliy hujum" metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:
1. O‘quvchilarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ularning mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish.
2. Har bir o‘quvchi tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag‘batlantirilib boriladi. Bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullari tanlab olinadi. Fikrlarning rag‘batlantirilishi navbatdagi-yangi fikrlarning tug‘ilishiga olib keladi.
3. Har bir o‘quvchi o‘zining shaxsiy fikrlariga asosla-nishi va ularni o‘zgartirishi mumkin. Avval bildiril­gan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o‘zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakl-lanishiga zamin hozirlaydi.
4. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar faoliyatini stan­dart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularning fikrlari baholanib borilsa, o‘quvchilar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metodni qo‘llashdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarni muammo bo‘yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini baholab borishdan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
"Klaster" metodi
Klaster (g‘uncha, bog‘lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u o‘quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. "Klaster" me­todi aniq ob’ektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o‘quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash fao­liyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga xizmat kiladi.
Stal va Stil g‘oyasiga muvofiq ishlab chikilgan "Klaster" metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayogan mashg‘ulotlarda o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
"Qarorlar shajarasi"
("Qarorlar qabul qilish texnologiyasi") metodi
"Qarorlar shajarasi" metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab mavzularni o‘zlashtirish, ma’lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish; bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to‘g‘risini topishga yo‘naltirilgan texnik yondashuvdir. Ushbu metod shuningdek, avval­gi vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bora tahlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi.
Guruh yoki sinf o‘quvchilari ishtirokida qo‘llaniladigan "Qarorlar shajarasi" bir necha o‘n nafar o‘quvchilarning bilimlari darajasini aniqlash, ularning fikr­larini jamlash va baholash imkonini beradi. Ta’lim jarayonida mazkur metodning qo‘llanilishi muayyan mu­ammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini mufassal tahlil etish imkoniyatini yaratadi.
"Qarorlar shajarasi" metodi quyidagi shartlar aso­sida qo‘llaniladi:
1. O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin munoza­ra, tahlil uchun mavzuga oid biror muammoni belgilaydi. Guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosa (qaror)larni yozish uchun plakatlarni tayyorlaydi.
2. O‘qituvchi o‘quvchilarni 4 yoki 6 nafar kishilardan iborat guruhlarga ajratadi. Muammoning hal etilishi bu borada eng maqbul qarorning qabul qilinishi uchun muayyan vaqt belgilanadi.
3. Qarorni qabul qilish jarayonida Guruhlarning har bir a’zosi tomonidan bildirilayotgan variantlarning maqbullik hamda nomaqbullik darajalari batafsil muhokama qilinadi. Har bir variantning afzallik va noafzallik jihatlari yozib boriladi. Bildirilgan variantlar asosida muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh a’zolari bir to‘xtamga kelib oladilar;
4. Munozara uchun ajratilgan vaqt nihoyasiga yetgach, har bir guruh a’zolari o‘z guruhi qarori borasida axborot beradilar. Zarur hollarda o‘qituvchi rahbarligida barcha o‘quvchilar bildirilgan xulosa (qaror) larni bir-biri bilan qiyoslaydilar.
Muammo yuzasidan bildirilgan qarorlar borasida savollar tug‘ilgudek bo‘lsa, ularga javoblar qaytarilib bo­riladi, noaniqliklarga aniqlik kiritiladi. Agarda barcha guruhlar tomonidan muammo yuzasidan bir xil qarorga kelingan bo‘lsa, o‘qituvchi buning sababini izohlaydi.
"Qarorlar shajarasi" metodining o‘ziga xos jihati shundan iboratki, bu metod bevosita ma’lum loyiha aso­sida qo‘llaniladi. Mazkur loyiha quyidagi ko‘rinishga ega:
"Tajriba vositasida o‘qitish tsikli" (D.Kolb g‘oyasi) Mazkur metod quyidagi to‘rt omil asosiga quriladi:

,,Tajriba vositasida o‘qitish sikli“ metodining asosiy omillari


Yuqorida qayd etilgan omillarning har biri muayyan shior (g‘oya) ga asoslanadi. Chunonchi:
1) o‘quvchilar uchun mashq (topshiriq)lar mazmunini tanqidiy o‘rganish va ular ustida fikr yuritish imkonini beruvchi sharoitni yaratish (reflektiv kuzatish);
2) o‘quvchilarga zarur nazariy bilimlarni berish;
3)muammo yuzasidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirish va xulosalash uchun sharoit yaratish (abstrakt xulosalash (kontseptuallash));
4) o‘quvchilarga mukammal shakllangan, ayni vaqtda yana bir bor tekshirib chiqilishi lozim bo‘lgan mashq (topshiriq)larni ishlab chiqish imkonini berish (faol tajri­ba olib borishga tayyorlanish);
5)yakuniy xulosani shaxsiy tajribadan o‘tkaz va faoliyatda undan foydalanish (aniq tajriba o‘tkazish).
“Beshinchisi (oltinchisi,yettinchisi, ...) ortiqcha“ metodi
O‘quvchilarning mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish;
- hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita,...) va taalluqli bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish;
- o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasi ni topshirish;
- o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim).
Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni ko‘rsata va asoslay olish o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarini asos­lay olish, shuningdek, tengdoshlarining fikrlari bi­lan shaxsiy mulohazalarini o‘zaro taqqoslash ko‘nikmalarini ham shakllantiradi.
"3/3" ("4/4", "5/5",...) metodi
Mazkur metod ham yuqorida qayd etilgan metodlarning muqobili hisoblanib, o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. Unga ko‘ra o‘qituvchi mavzu (bo‘lim, bob) yuzasidan uchta (to‘rtta, beshta va hokazo) to‘g‘ri va unga teng nisbatda (uchta, to‘rtta, beshta) bo‘lgan va noo‘rin qo‘llanilgan tushunchalar (suratlar, belgilar, tasvirlar va boshqalar)dan iborat tizimni shakllantiradi. O‘quvchilar ushbu tizimdan mavzu (bo‘lim, bob)ga taalluqli bo‘lmagan tushunchalarni ajratadilar va harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.
Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar tashkil eti­ladi:
- o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzu (bo‘lim, bob)ga oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalar tizimi yaratadi;
- o‘quvchilar mavzu (bo‘lim, bob)ga oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalarni aniqlaydilar va dahldor bo‘lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;
- o‘quvchilar o‘z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar;
Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilar tomonidan mavzuning puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maksadida foydalanish mumkin.
"Rasmlarni to‘g‘ri joylashtir" metodi
Kichik guruhlarda ishlashda ushbu metoddan foydala­nish ham ijobiy natijalarni kafolatlaydi. Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- o‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini mantiqiy ketma-ketlikda yoritishga xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etgan maxsus kartochkalar majmui tayyorlanadi (har bir kartochkaning orqa tomoniga mavzu mohiyatini yorituvchi «yadro» tushunchaning bittadan harfi joylashtiriladi va maxsus qoplama bilan berkitiladi;
- har bir guruhga maxsus kartochkalarning alohida majmuasi toshiriladi va kartochkalarni ulardagi tushunchalarga asosan mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi yuklanadi;
- guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib bo‘lingach, kartochkalarning orqa tomoni o‘giriladi va maxsus qoplama ochilib, topshiriqning qay darajada to‘g‘ri bajarilganligi aniqlanadi.
Agar topshiriq guruhlar tomonidan to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, yakuniy jarayonda kartochkalar orqa tomonga o‘girilganda mavzuning mohiyatini yorituvchi "yadro" tuguncha hosil bo‘ladi.
Metoddan foydalanishning afzalligi shundaki, bu jarayonda o‘quvchilarda mavzuni muayyan qismlarga bo‘lib o‘rganish va qismlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liklik hamda aloqadorlikni analiz va sintez asosida aniqlash ko‘nikmalari hosil qilinadi.
"Zakovatli zukko" metodi
Mavjud bilimlarni puxta o‘zlashtirishda o‘quvchilarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari muhim ahamiyatga ega. "Zakovatli zukko" metodi o‘quvchilarda tezkor fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Metod o‘z xohishlariga ko‘ra shaxsiy im­koniyatlarini sinab ko‘rish istagida bo‘lgan o‘quvchilar uchun qulay imkoniyatni yaratadi. Ular o‘qituvchi tomoni­dan berilgan savollarga qisqa muddatlarda to‘g‘ri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakkablik darajasiga ko‘ra har bir savolga qaytarilgan to‘g‘ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning o‘rtacha arifmetik qiymatini topish asosida o‘quvchilarning tafakkur tezligi aniqlanadi.
Ballarning belgilanishi o‘quvchilarning shaxsiy imkoniyatlari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Metod o‘quvchilar bilan yakka tartibda, guruhli va om­maviy ishlashda birdek qo‘llanilishi mumkin.
"Bilaman. Bilishni xoxlayman. Bilib oldim" metodi
Ushbu metod o‘quvchilarga muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin. Guruh shaklida ishlashda mashg‘ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi. Guruhlarning faoliyatlari quyidagi ko‘rinishda tashkil etilishi mumkin:
1) har bir guruh umumiy sxema asosida o‘qituvchi to­monidan berilgan topshiriqlarni bajaradi va mashg‘ulot yakunida guruhlarning munosabatlari loyiha bandlari bo‘yicha umumlashtiriladi;
2) guruhdar umumiy sxemaning alohida bandlari bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni ba­jaradi.
O‘quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog‘ozida o‘z aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi:

Bilaman

Bilishni xoxlayman

Bilib oldim










Metoddan foydalanish uch bosqich asosida amalga oshiriladi, ya’ni:


1. O‘quvchilarning o‘rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi.
2. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi.
3. O‘quvchilar mavzuga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar.
Bosqichlar bo‘yicha amalga oshirilgan harakatlarning to‘liq tafsiloti quyidagicha:
Sinf o‘quvchilari guruhlarga birlashtiriladilar;
- o‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajasi o‘rganiladi;
- o‘quvchilar tomonidan qayd etilgan tushunchalar loyihaning 1-bandiga yozib boriladi;
- o‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi;
- o‘quvchilarning ehgiyojlari sifatida bayon etilgan tushunchalar loyihaning 2-bandiga yozib qo‘yiladi;
- o‘qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma’lumotlar bilan o‘quvchilarni xabardor qiladi; o‘quvchilar o‘zlashtirgan yangi tushunchalar aniqlanadi;
- bayon etilgan yangi tushunchalar loyihaning Z-bandiga yozib qo‘yiladi;
Mashg‘ulot yakunida yagona loyiha yaratiladi.
"Ven diagrammasi" strategiyasi (metodi)
Ushbu strategiya o‘quvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o‘zlashtirish (sintezlash) ko‘nikmalarini hosil qilishga yo‘naltiriladi. Strategiya kichik guruhlarni shakllantirish asosida sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Y ozuv taxtasi o‘zaro teng to‘rt bo‘lakka ajratiladi va har bir bo‘lakka quyidagi sxema chiziladi:
Strategiya o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan o‘zaro yaqin nazariy bilimlar, ma’lumotlar yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Ushbu strategiyadan muayyan bo‘lim yoki boblar bo‘yicha yakuniy darslarni tash­kil etishda foydalanish yanada samaralidir.
Strategiyani qo‘llash bosqichlari quyidagilardan iborat:
- sinf o‘quvchilari to‘rt guruhga bo‘linadi; yozuv taxtasiga topshiriqni bajarish mohiyatini aks ettiruvchi sxema chiziladi;
- har bir guruhga o‘zlashtirilayotgan mavzu (bo‘lim, bob) yuzasidan alohida topshiriqlar beriladi; topshiriqlar bajarilgach, guruh a’zolari orasidan liderlar tanlanadi; liderlar guruh a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, yozuv taxtasida aks etgan diagrammani to‘ldiradilar.
"Insert" strategiyasi
Strategiya o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash va ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Strategiyani qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amal­ga oshiriladi:
- Kichik guruhlar shakllantirilib, ular nomlanadi;
- har bir guruhdan o‘zlashtirilish rejalashtirilayotgan mavzuga oid ikkita fikr bildirish so‘raladi;
- o‘quvchilar navbatma-navbat mulohazalarni bayon etadilar;
- bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi;
- so‘ngra o‘qituvchi yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matnni guruhlarga tarqatadi;
- guruhlar matn bilan tanishib chiqib, matn va o‘zlari bildirgan fikrlarning bir-biriga qay darajada muvofiq kelganligini aniqlaydilar (o‘xshash va farqlar maxsus vositalar yordamida qayd etiladn);
- guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini ifoda etadilar va maxsus belgilar soni umumlashtiriladi;
- guruh a’zolari orasidan liderlar belgnlanadi;
- liderlar sinf jamoasini guruh natijalari bilan tanishtiradilar;
- guruhlarning yondashuvlari umumlashtirilib, yakuniy xulosa chiqariladi.
Rolli hamda ishbop o‘yinlar
Ayni vaqtda ta’limni tashkil etishda rolli hamda ish­bop o‘yinlardan samarali foydalanishga e’tibor berilmoqda. O‘yin chog‘ida mahsuldor emas, balki jarayonli faoliyat tash­kil etilganligi bois o‘quvchilar tasviriy vaziyatlarni yaratish asosida o‘zlarining atrof-muhitga bo‘lgan munosabatlarini tabiiy namoyon eta oladilar. O‘yinli faol faoliyat esa ularning ijodiy imkoniyatlarini oshirib, tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi. O‘quvchilarning nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikma va malakalarga aylantirish, ularda ta’limiy faollikni yuzaga keltirish, ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb etishda rol­li hamda ishbop o‘yinlar o‘ziga xos o‘rin tutadi.
O‘yin texnologiyalari ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quvchilarda faollikni yuzaga keltirish, bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, vaqtni qisqartirish, ta’limni jadallashtirishga yordam beradi.
O‘yin jarayonida namoyon bo‘luvchi psixologik xususiyatlar har o‘quvchiga shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta olish imkonini beradi, ularning ijtimoiy hayotda egallagan o‘rnini barqarorlashtiradi, ularda o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini hosil qiladi.
O‘yin texnologiyalari nazariy bilimlarni mustahkamlab, amaliy ko‘nikmalarning malakalarga aylanishini ta’minlab qolmay, o‘quvchilarda muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalaydi.
Pedagog va psixolog olimlar - D.N.Uznadze, L.S.Vo‘gotskiy, A.N.Leontev, S.A.SHmakov, G.K.Selevko, PL.Galperin, I.Olloyorov, A.A.Verbitskiy va bosh-qalar o‘yinga asoslanuvchi faoliyatning mohiyati, ular­ning o‘ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari borasida ta-dqiqot ishlarini olib borganlar. Ayni vaqtda biz bu borada zarur nazariy va amaliy ma’lumotlarga egamiz.

Download 14,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish