Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi



Download 384,16 Kb.
bet99/173
Sana29.04.2020
Hajmi384,16 Kb.
#48031
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   173
Bog'liq
milliy goya ozbekistonni rivojlantirish strategiyasi (1)

Ekstremizm (lot. yextremus — ashaddiy) — siyosatda ashaddiy qarash va choralarga moyillik. Ekstremizmni vujudga keltiradigan omillar ko‘p va xilma-xil. Ular orasida bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tish davrida yuz beradigan ijtimoiy tuzilmalarning buzilishi, aholi katta guruhlarining qashshoqlashuvi, iqtisodiy va ijtimoiy tanglik kabi omillarni ko‘rsatish mumkin. Bu omillar aholi turmush sharoitlarining yomonlashuviga olib keladi. Davlat hokimiyatining zaiflashuvi, davlat organlarining obro‘sizlanishi, ijro intizomining pasayib ketishi, qadriyatlar tizimining yemirilishi, aksilijtimoiy kayfiyat va harakatlarning kuchayib borishi ham ekstremizmni vujudga keltiradigan sabablardan hisoblanadi. ekstremizm aholining siyosiy va ijtimoiy kayfiyatidan mavjud ijtimoiy tuzilmalarni vayron qilish maqsadida foydalanadi. Ekstremistik tashkilotlar Konstitutsiya va boshqa qonuniy hujjatlarga zid tarzda faoliyat yuritadi. Shu ma’noda, ekstremizm — huquqiy nigilizmning bir ko‘rinishi hisoblanadi. XX a.ning 80-90yillarida siyosiy ekstremizmning namoyon bo‘lish ko‘lami kengaydi. Bu davrda odamlarni garovga olish, siyosiy qotilliklar, siyosiy partiyalar a’zolariga qurolli hujumlar uyushtirish, anarxistik, shovinistik va neofashist guruhlarning faollashuvi kuzatildi. ekstremizm siyosiy, psixologik, maishiy va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Siyosiy ekstremizmning ashaddiy ko‘rinishi — terrorizmdir. Ekstremistlar odamlarga qiyinchiliklarni tezda bartaraf qilish, tartibni kafolatlash, ijtimoiy ta’minotni yaxshilash singari va’dalar beradi. Siyosiy ekstremizm “so‘l” va “o‘ng” ko‘rinishlarga ega. So‘l ekstremistlar marksizm-leninizm, so‘l radikalizm, anarxizm va shu kabi mafkuralar bayrog‘i ostida harakat qiladi. So‘l ekstremizmga misol tariqasida Italiyadagi “Qizil brigadalar”, Kampuchiyadagi polpotchilar, Rossiya Federatsiyasidagi ekstremizm Limonov boshchilik qilayotgan natsional-bolsheviklar singari oqimlarni keltirish mumkin. O‘ng ekstremistlar aksilkommunizm, avtoritarizm, millatchilik va shovinizm ruhida harakat qiladi. O‘ng ekstremistlar qator xalqaro tashkilotlar — Yevropa ishchi partiyasi, Yevropa o‘ng kuchlari, Qora Internatsional, Fransiyadagi “Milliy front” kabilarga birlashgan. O‘ng va so‘l ekstremistlar olib borayotgan faoliyat vakillik demokratiyasi manfaatlariga ziddir. Shuning uchun ham G‘arb siyosatshunosligida “Yagona ekstremizm”, “Ikki ekstremizm” va “Uch ekstremizm” konsepsiyalari mavjud. “Yagona ekstremizm” konsepsiyasi kommunistik va fashistik diktaturalarning mavjudligidan kelib chiqadi. «Uch ekstremizm” konsepsiyasiga ko‘ra, fashizm — sentristlar ekstremizmi, kommunizm — so‘llar ekstremizmi, gollizm esa — o‘nglar ekstremizmidir. Portugaliyadagi Salazar rejimi o‘nglar rejimi hisoblanadi. Diniy asoslarda vujudga kelgan ekstremistik guruh va oqimlar G‘arbda ham, Sharqda ham mavjud. O‘rta Osiyo mamlakattlarida, jumladan, O‘zbekistonda “Hizb ut-tahrir”, «Akromiylar», «Nurchilar» singari diniy-ekstremistik oqimlar vakillari qonunga zid holda faoliyat olib borishga urinmoqda.


Download 384,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish