Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi



Download 384,16 Kb.
bet100/173
Sana29.04.2020
Hajmi384,16 Kb.
#48031
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   173
Bog'liq
milliy goya ozbekistonni rivojlantirish strategiyasi (1)

Terorizm (lot. terror — qo‘rquv, dahshat) — yuksak ma’naviy tamoyillarga zid ravishda yovuz maqsadlar yo‘lida kuch ishlatib, odamlarni garovga olish, o‘ldirish, ijtimoiy obyektlarni portlatish, xalqni qo‘rquv va vahimaga solishga asoslangan zo‘ravonlik usulini anglatuvchi tushunchadir. Qo‘rqitish va dahshatga solish orqali o‘z hukmini o‘tkazishga urinish terorizmga xosdir. U siyosiy, iqtisodiy, diniy, g‘oyaviy, irqiy, milliy, guruhiy va individual shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ta’qib, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va qotillik terorizmning har qanday ko‘rinishi uchun umumiy xususiyat bo‘lib, bularning barchasi insonparvarlik g‘oyalari, demokratiya, adolat tamoyillariga ziddir. Shuning uchun terorizm qanday niqob ostida amalga oshirilmasin, mohiyatan, insoniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka qarshi jinoyatdir. Terorizmga hozirgi kunda aniq, hamma uchun tushunarli va mukammal ta’rif berish oson emas. Chunki u o‘ta murakkab fenomendir. Bundan tashqari, terrorchi kuchlarga bo‘lgan turlicha munosabat unga aniq ta’rif berishni ham qiyinlashtirmoqda. Terror usullaridan konservativ, inqilobiy, diniy, millatchi ruhdagi kuchlar ham foydalanishi mumkin, lekin ularning asosiy mohiyati va maqsad-muddaolari siyosiy tusga egadir. Terorizmning umumiy jihatlari va asosiy ko‘rinishlarini o‘rganishda, avvalambor, uning ta’rifini, nisbiy bo‘lsa ham, aniqlashtirib olish kerak. Terorizm muayyan guruhning ruxsat etilmagan holatda ongli ravishda kuch ishlatishidir. Bunda terrorchilar aniq maqsadni ko‘zlaydi va o‘zini to‘la haq deb biladi. Bundan shu narsa aniq bo‘ladiki, terrorchilardagi mavjud kuch maqsadni amalga oshirishda ijtimoiy -siyosiy muhit bilan bevosita aloqadorlikda bo‘ladi. Sh.u. biron-bir sababga asoslangan yovuz maqsad terorizmga olib boradi. Terorizm ko‘p holatlarda keng miqyosdagi harbiy kuchlar bilan aloqador bo‘ladi va bunday misollar tarixda bir necha bor kuzatilgan. Bundan tashqari, u ba’zi davlatlarning o‘zi tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda ikki xil shaklda kuch ishlatiladi: jazo berish organlari yoki harbiy kuchlar tomonidan. Bunda terror siyosiy maqsadlarni amalga oshirish yoki aniq bir rejimni joriy qilish uchun amalga oshiriladi. «Terorizm» tushunchasi hamisha terroristik harakatning tez sur’atda amalga oshirilishini bildiradi. Bunday hodisa siyosiy, etnik, diniy va boshqa ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. G‘oyaviy terorizm siyosiy yetakchilar tomonidan yaratiladi. Bunga rasmiy tor doiradagi istisno qilingan ichki sabablar ko‘rsatiladi. Etnik terorizm subyekti g‘oyaviy bo‘lmasdan, jamiyatning milliy va etnik jihatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Diniy terorizm muayyan bir diniy sekta yoki guruh ta’limotining jamiyatda mutlaqlashtirilishi oqibatida paydo bo‘ladi. Bunda ushbu g‘oya tarafdorlari boshqalar fikri va g‘oyalarini keskin tanqid ostiga olib, rad etadi va g‘oyaviymafkuraviy parokandalikni keltirib chiqaradi. Diniy terorizmning xatarli jihati u qo‘llaydigan amaliy choralarda ko‘rinadi. Chunki diniy terorizm tarafdorlari aksariyat hollarda qo‘lida qurol va ba’zan harbiy guruhlarga tayanib harakat qiladi. Bugungi kunda yadroviy, biologik, bakteriologik qurollarning terrorchilar qo‘liga tushib qolishi ehtimoli eng katta xavfdir. Hozirgi tahlikali zamonda kishilar boshiga mislsiz kulfat solayotgan va ularning hayoti, farzandlari, mol-mulkiga tahdid qilayotgan jinoiy terorizm kundan-kunga kuchayib bormoqda va jahon hamjamiyatida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Iqt-y manfaatlarni ko‘zlaydigan va moddiy boyliklarni o‘zlashtirishni maqsad qilib olgan bu terorizm korrupsiya kabi katta jinoiy tizim bilan uzviy bog‘lanib ketgan. Unda raqiblari yoki ularning yaqinlarini o‘ldirish, o‘g‘irlab ketish, zo‘ravonlik, tajovuz bilan qo‘rqitib, o‘z hukmini o‘tkazishga urinish, mol-mulkini o‘zlashtirib olish yo‘llaridan foydalaniladi.

Buning yana bir tomoni — ba’zan bu terror siyosiy, etnik, ba’zan esa diniy xarakter kasb etmoqda. Mana shunday vaziyatda terrorchilarning maqsadi hokimiyatni egallashga ham qaratilib, piramidasimon xarakterga ega bo‘lib bormoqda. Individual terorizmning subyekti, boshqa terorizm harakatlaridan farqli o‘laroq, jamoa emas, yagona shaxsdir. Individual terror ham o‘ta xavfli kuch hisoblanadi, negaki u jamiyatning boshqa a’zolariga ta’sir qilishi va buning oqibatida terrorning ommaviy turlarini keltirib chiqarishi mumkin. U o‘z g‘oyalarini singdirish orqali boshqalarni ham jamiyatga qarshi qo‘yishi mumkin. Keyingi yillarda hatto ommaviy axborot sohasida ham terorizm elementlaridan foydalanilmoqda. Muayyan mafkuraviy poligonlar tarqatayotgan axborotlardagi yovuz va zararli g‘oyalar oqimi, teleekranlar orqali uzluksiz namoyish etilayotgan jangari filmlar, bolalarga mo‘ljallangan, buzg‘unchi g‘oyalar asosida yaratilgan o‘yinlar, kompyuter tarmoqlari dasturlarini ishdan chiqaradigan viruslar tarqatish shular jumlasidandir. O‘zining yovuz niyatlariga erishish uchun hokimiyatni qo‘lga kiritishni ko‘zlaydigan kuchlarning zo‘ravonligi va qo‘poruvchiligi siyosiy terrorga misol bo‘ladi. Siyosiy terorizm nafaqat jinoyatchi guruhlar, hatto ba’zi tajovuzkor ruhdagi rasmiy reaksion siyosiy doiralar va kuchlar tomonidan uyushtirilishi va qo‘llanishi ham mumkin. Chorizm imperiyasining kolonial va shovinistik siyosati, sovet imperiyasining g‘oyaviy qatag‘onlari xalqimizga qarshi o‘ziga xos terror edi. Bugungi kunda ham mustaqil riv-sh yo‘lidan borayotgan mam-timizga nisbatan g‘araz niyat bilan qarovchi yovuz kuchlar terorizm yo‘li bilan taraqqiyot yo‘limizdan chalg‘itishga, bizni yana qaramlik va asoratga solishga urinmoqda. Ular vatanfurush xoinlardan ham, terorizmni kasb qilib olgan, buyurtma bo‘yicha qo‘poruvchilik va bosqinchilik bilan shug‘ullanadigan yollanma xalqaro terrorchi, jinoyatchi guruhlardan ham foydalanmoqda. Bugun jahon hamjamiyati bu balo-qazolarning yechimini topish ustida bosh qotirmoqda. Islom Karimov bu borada shunday degan edi: “Men madaniyat va ma’rifat dunyoni jaholat va vahshiylikdan, diniy va milliy ekstremizmdan, etnik qarama-qarshilik, mintaqaviy mojaro va urushlardan saqlay olishiga ishonaman”. Terorizmga qarshi kurash hozirgi davrda muhim vazifa, tinchlik va barqarorlikni saqlash omiliga aylandi.

Bugungi kunda odam savdosi inson, uning sha’ni, qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, osoyishta turmushi hamda kelajagiga tahdid solayotgan, insoniyat sivilizatsiyasiga ochiqdan-ochiq to‘siq bo‘layotgan, jamiyat taraqqiyoti va davlat rivojiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan, o‘z domiga asosan ayollar va yoshlarni tortayotgan, hudud va chegara tanlamayotgan transmilliy uyushgan jinoyatchilikning xavfli ko‘rinishlaridan biriga aylandi.

Afsus bilan ta’kidlash joizki, mamlakatimizda ayrim shaxslar jinoyat sodir etish yo‘liga kirib, fuqarolarimizni turli aldov va firibgarlik yo‘li bilan tuzog‘iga ilintirib, ulardan o‘zlarining g‘ayriqonuniy manfaatlari yo‘lida foydalanib, ko‘pgina oilalarning boshiga so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan kulfatlar keltirib odam savdosi bilan shug‘ullanmoqdalar. Buning oqibatida ko‘pgina fuqarolarimiz odam savdosi jinoyatining qurboniga aylanmoqda. Eng xavflisi shundaki, odam savdosi o‘zining girdobiga asosan yoshlarni va ayollarni tortayotganligi bilan barchada katta tashvish va xavotir uyg‘otmoqda.

Mamlakatimizda odam savdosi, shaxsning erki va huquqlarini poymol etish, zo‘ravonlik, fohishabozlik qonun yo‘li bilan taqiqlab qo‘yilgan bo‘lsada, keyingi paytlarda sodda fuqarolarni chet elga ishga olib borish niqobi ostida ularni chuv tushurayotgan firibgarlar uchrab turibdi. Ular turli yo‘llar bilan fuqarolarni yollash, xorijiy davlatlarga olib borib, ulardan shahvoniy va boshqa maqsadlarda foydalanishni tashkil qilmoqdalar.

Ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda chet elga borishni xohlovchilarning asosiy qismi noqonuniy yo‘llar bilan davlatimiz hududidan chiqib ketishni o‘zlariga afzal ko‘rishmoqda. Natijada turli qiyinchilik va muammolarga duch kelish birga odam savdosining qurboniga aylanishmoqda. Achinarli tomoni shundaki, umrida mahallasidan tashqariga chiqmagan odamlar kimlarningdir aldovi, yolg‘oniga uchib, bor budini sotib, katta pul bilan chet elga ketib, sog‘lig‘i yuqolishiga, surunkali kasalliklarga chalinish yoki bir umrga nogiron bo‘lishiga sabab bo‘ladigan tazyiq, zo‘ravonlik va qiyinchiliklarga duchor bo‘lishmoqda. Ma’lumki, buning asosiy sabablaridan biri, u yerdagi mahalliy tilni va qonunlarni bilmaslik, eng muhimi, noqonuniy ravishda kelganligi va huquqiy himoyasiz bo‘lganligi uchun qul sifatida ularga munosabatda bo‘lishmoqda va qul sifatida ishlatishmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, ayrim yurtdoshlarimiz soddaliklari tufayli odam savdogarlarining «qopqoni»ga tushib qolganliklarini juda kech anglab yetmoqdalar. Shuni ta’kidlash joizki, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar transmilliy, ya’ni hudud va chegara tanlamayotgan jinoyatlarning eng xavflisiga aylanmoqda. Buning oqibatida, odam savdosi jinoyatlari jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Mamlakatimizning asosiy qonuni – Konstitutsiyaning 13-moddasida O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizligi davlat tomonidan ta’minlanadi. Zero, davlatning bosh vazifalaridan biri inson haqida g‘amxo‘rlik qilishdir.

Odam savdosidan jabrlanuvchilarni ekspluatatsiya qilishning asosiy ko‘rinishlari quyidagilar:



  • shahvoniy xizmatlar

  • ishlab chiqarish fabrika va korxonalarida mehnat

-qishloq xo‘jaligida mehnat

  • uy-ro‘zg‘or ishlari mehnati

  • majburiy donorlik

  • majburiy tilamchilik - majburiy nikoh

  • reproduktiv vazifalar ekspluatatsiyasi (sun’iy onalik, majburiy bola tug‘ish va boshqalar).

Bu borada 2008 yil 17 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti tomonidan “Odam savdosiga qarshi kurash to‘g‘risida” Qonunning qabul qilinishi, 2008 yil 8 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Odam savdosiga qarshi kurash samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PK-911-sonli qarorning imzolanishi O‘zbekistonda bunday transmilliy jinoyatga qarshi kurash borasida huquqni muhofaza qilish organlariga, xususan ichki ishlar idoralari zimmasiga juda katta mas’uliyat yukladi.

Yuqoridagi fikrdan, kelib chiqqan holda xavfsizligimizga tahdid solayotgan transmilliy jinoyatlar terrorizm, odam savdosi va boshqa jinoyatlarga qarshi murosasiz kurashishimiz, doimo ogoh va hushyor bo‘lishimiz lozim. Ana shundagina odam savdosi jinoyati yurtimiz bo‘ylab quloch yoza olmaydi va xalqimiz bundan jabr ko‘rmaydi.



Download 384,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish