Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi


Ta’lim tarbiya tizimida milliy g‘oyani rivojlantirish imkoniyatlari



Download 384,16 Kb.
bet120/173
Sana29.04.2020
Hajmi384,16 Kb.
#48031
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   173
Bog'liq
milliy goya ozbekistonni rivojlantirish strategiyasi (1)

Ta’lim tarbiya tizimida milliy g‘oyani rivojlantirish imkoniyatlari. Ta’lim muassasalari O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasi, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolari, milliy istiqlol g‘oyalarini yoshlar qalbi va ongiga singdirishning ustuvor yo‘nalishlariga xizmat qiladi. Bu borada jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’-lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqotning samarali usul va vositala-ridan oqilona foydalanish taqozo etiladi. Bunda Kadrlar tay-yorlash milliy dasturi asosida o‘quvchi-talabalar ongida milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishlarini uzluksiz tarzda olib borish, ta’lim muassasalarida bolalar va talabalarning yoshiga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasi-ni singdirishda differensial pedagogik-psixologik dasturlar yaratish, o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalarda milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini teran aks ettirish, maktab, litsei, kollej, institut va universitetlarda mafkuraviy tarbiya-ni bugungi kun talablari darajasiga ko‘tarish, pedagog kadrlar-ning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish muhim ahamiyatga ega yo‘nalishlardir.

Ta’lim-tarbiyaning har bir bosqichi, o‘z navbatida, milliy g‘oyalarni yoshlar qalbi va ongiga singdirishning o‘ziga xos omil-larini nazarda tutadi.



Maktabgacha ta’lim muassasalari. Bu o‘rinda har bir ota-ona-ning o‘z farzandining maktabgacha tarbiyasi uning keyingi taraqqiyot davrida qanchalik ahamiyat kasb etishi, bu davr uzluksiz ta’lim va tarbiyaning muhim bosqichi ekanini anglab yetishiga erishish zarur. Bunda oilaning maktabgacha ta’lim muassasalari tizimiga izchil uyg‘unlashuviga erishishni nazarda tutish kerak Bu davrdagi barcha maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalari bolalardagi umumiy savodxonlik va maktabdagi ta’lim-tarbiyaga tayyorlash jarayonining muhim va zaruriy bosqichi sifatida qaralishi lozim.

Bevosita ta’lim beruvchi muassasalar (maktablar, litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari) mafkuraviy tarbiyaning asosiy o‘choqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan mafkuraviy ta’lim jarayonida, barcha o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, qo‘shimcha adabiyotlarda quyidagi omillar ustuvor ahami-yat kasb etishi lozim. Shu bilan birga, Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish; ona tilimizga muhabbat uyg‘otish, milliy qad-riyatlarni hurmat qilish va e’zozlash, ezgulik timsoli bo‘lgan ayolni ulug‘lash, oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatish, mahallaning demokratiya darsxonasi va o‘z-o‘zini boshqarish maktabi ekanini tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, umuminsoniy qadriyatlarning millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg‘or madaniyatni shakllantirish vositasi ekanini uqtirish, din va dunyoviy bilimlarning o‘zaro qarama-qarshi emasligini anglatish, ma’rifatning shaxs intellektual salohiyatini oshirishdagi imkoniyatlari kengligini isbotlovchi dalillar kel-tirish, siyosiy va huquqiy madaniyat sog‘lom dunyoqarashning mu-him omili ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish bu boardagi zarur bilimlarni o‘zlashtirishga yordam beradi.

Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmay-di. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish ti-zimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta e’tibor qaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi. Uni amalga oshirish jarayonida maktab ta’limi, ayniqsa, umumta’-lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e’tiborni kuchaytirish kun tartibidagi eng muhim va jiddiy masalaga aylangan edi. Hozirgi kunda istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma’rifat sirlarini o‘rganayotgan, hozirda ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o‘quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan, o‘z iste’dodi va salo-hiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlar misolida ma’naviyat-ning yuksalishini kuzatish mumkin va tabiiyki, bunday sharoit-da goyaviy tarbiya mezonlari ham davrga muvofiqlashib boradi.




Download 384,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish