IZOHLI LUG‘AT - GLOSSARIY
Mafkura –fikrlar majmui, g‘oyalar tizimi, e’tiqod.
Milliy g‘oya - millatning o‘tmishi, buguni, istiqboli, manfaat va maqsadini ifodalovchi ijtimoiy g‘oya.
G‘oya - muayyan fikr, maqsad sari yetaklovchi kuch.
Manfaat – individ yoki ijtimoiy guruh faoliyatini, xulqini belgilaydigan asosiy omil.
G‘oyaviy tarbiya – Jamiyatdagi mavjud g‘oyalarga faol munosabat, faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishdir. G‘oyaviy tarbiya axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi.
G‘oyaning turli ko‘rinishlari – Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra – ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, milliy va umuminsoniy g‘oyalarga bo‘linadi.
Bunyodkor g‘oyalar – 1) Islom Karimov tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan tushuncha; 2) Jamiyat va odamlarni, turli guruh va qatlamlar, millat va davlatlarni taraqqiyot sari yetaklovchi, xalqni ezgu maqsad yo‘lida birgalikda harakat qilishga undovchi g‘oya.
Do'stlaringiz bilan baham: |