MAFKURAVIY TIZIM — mafkuraviy ishlarni boshqarish, jamiyatning turli ijtimoiy in-tlari:
oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy ta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari, mehnat jamoalari, mahalla kengashlari, jamoat tashkilotlari, mad-y-ma’r-y uyushmalar tarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlashtirish, tartibga solish, ularni yagona maqsad tomon yo‘naltirish omillari (ish vaqti va ishdan keyingi bo‘sh vaqt) va vositalari (fan, adabiyot, san’at, matbuot, radio, TV, kino, muzey va h.k.), uslublari (tushuntirish, ishontirish, majbur qilish) va usullarining (alohida, jamoaviy, ommaviy) yaxlit bir butun uyushmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |