5.2. Populyatsiya individlar soning o’zgarishi.
Populyatsiya soni o’zgarishining 3 ta tipini ajratib ko’rsatish mumkin.
1. Barqaror tip. Bunday tip populyatsiya sonining kichik tebranish darajasi bilan ajralib turadi. Populyatsiya turg’unligini saqlash mexanizmlari yaxshi ifodalangan, yashovchanligi yuqori, yosh tuzilmasi murakkab, nasl xaqida qayg’uradigan turlar uchun shu tip xos. Samarali ishlaydigan boshqaruvchi mexanizmlar sistemasi bu populyatsiyalar zichligini aniq chegaralarda ushlab turadi. Yirik sut emizuvchilar va qushlar, ba’zi umurtqasizlar populyatsiyalari dinamikasi shunday tipga kiradi.
2. Titrovchi tip. Populyatsiya sonining tebranishi zichlikning bir necha marta o’zgarish darajasida bo’ladi. Populyatsiyaning bunday o’zgarishda tebranish siklining 3 ta fazasi farq qilinadi: o’sish, maksimum, kamayish. Barqaror holatga o’tish tez sodir bo’ladi. Boshqaruvchi mexanizmlar populyatsiya sonini nazorat qilib turadi va zichlik oshishi bilan o’z samarasini oshirib boradi. Bunday tipda turlararo va tur ichidagi sust inersiyalangan munosabatlar ustun bo’ladi. Populyatsiya sonining bunday o’zgarishi turli hayvonlarga xos.
3. Portlovchi tip- populyatsiya sonining yoppasiga ko’payib ketishi bilan tavsiflanadi. Modifikasiyalovchi omil ta’sirining yuqolishi ham populyatsiyani barqaror holatga tez kaytishini ta’minlay olmaydi. Populyatsiya dinamikasi 5 ta doimiy bosqichli sikllardan iborat: sonining o’sishi, maksimum, pasayish, dipressiya, tiklanish. Sikl bosqichlarida ko’payish ko’rsatkichlari, yosh va jins tuzilmasi, fiziologik holat, xulq atvor kuchli o’zgarib turadi. Populyatsiya sonining bunday yo’nalishi ko’pincha hayoti qisqa bo’lgan, serpushtligi yuqori, avlodlar takrorlanishi tez bo’lgan turlarga xos. Masalan, ba’zi xasharotlar (chigirtkalar, o’rmon zararkunandalari- mo’ylovdorlar, po’stloqxo’rlar, ba’zi kapalaklar, arrakashlar va boshqalar), sut emizuvchilardan sichqonsimon kemiruvchilar shular jumlasidandir.
Populyatsiya dinamikasining tiplari- turning emas balki populyatsiyaning harakterli belgisidir. Bir turga mansub populyatsiyalar turli xil sharoitlarda dinamikasining turlicha bo’lishi bilan tavsiflanadi. Bu holat boshqaruvchi mexanizmlar orasida turlararo munosabatlar muhim rol o’ynashini ko’rsatadi, chunki turli sharoitlarda va arealning turli qismlarida turlar o’rtasidagi aloqalar darajasi turlicha bo’ladi. Tabiiy sharoitda dushmanlari tomonidan boshqarilib turadigan turlar bog’larda, qishloq xo’jalik maydonlarida yoppasiga ko’payish xususiyatiga ega bo’ladi, chunki bunday joylarda biologik nazorat zaiflashgan bo’ladi.
Populyatsiyalar dinamikasining mexanizm va tiplari xasharotlarda, ayniqsa o’rmon xasharotlarida yaxshi o’rgatilgan. Jumladan, G.A. Viktorovning xasharotlar populyatsiyasida boshqaruvchi mexanizmlar sxemasini ko’rsatish mumkin. Bu sxema bo’yicha, agar populyatsiya o’sishi uncha yuqori bo’lmasa, uning o’sishini cheklab turish uchun ham yirtqichlar faoliyati yetarli. Bu tur hammaxur yirtqichlar ratsionining bir qismidir. Populyatsiya tezrok o’sganda bunday yirtqichlar populyatsiya o’sishini ushlab turolmaydi va boshqaruvchilik rolini yo’qotadi. Lekin, populyatsiya zichligini yuqori bo’lishi ixtisoslashgan yirtqichlar va parazitlar uchun qulay bo’ladi. Populyatsiya soni yanada tez o’sganda parazitlar ham boshqaruvchiliq rolini yo’qotadi, lekin bunda kasallik kuzgatuvchi mikroorganizmlarning ko’payishi kuzatiladi va kasalliklar tez tarqaladi. Shu bilan birga populyatsiyaning ichki boshqaruvchi mexanizmlari ham faoliyat ko’rsatadi. Populyatsiyaning eng katta o’sishi muhitdagi Oziq resurslarining to’liq tugashigacha borishi mumkin. Lekin tabiiy populyatsiyalarda bunday inqiroziy holat kuzatilmaydi, chunki turlararo va turichi Harakteriga esa turli tuman boshqaruvchi mexanizmlar mavjud va ular zichlikning turli darajalarida faoliyat ko’rsatib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |