Ma’ruzalar matni, 1-Mavzu: Ekologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi. Reja


Populyatsiya individlar soni va zichligi



Download 366 Kb.
bet16/42
Sana14.06.2022
Hajmi366 Kb.
#667043
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Bog'liq
Еко маруза

5.1. Populyatsiya individlar soni va zichligi.

Populyatsiyalarni o’rganishda asosan ikki guruh miqdoriy ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bularning birinchisi statik ko’rsatkichlar bo’lib, populyatsiyaning ma’lum vaqtdagi holatini ifodalaydi. Ikkinchisi- dinamik ko’rsatkichlar- ma’lum vaqt oralig’ida populyatsiyada o’tadigan jarayonlarni tavsiflaydi. Statik ko’rsatkichlarga populyatsiya soni, zichligi va populyatsiya tuzilmasi kiradi. Albatta, statik ko’rsatkichlar doimiy bo’lmasdan vaqt davomida o’zgarib turishi mumkin. Lekin bu o’zgarishlar jadalligi dinamik ko’rsatkichlar bilan baxolanadi.


Populyatsiya soni deganda mazkur populyatsiyadagi individlarning umumiy soni tushuniladi. Tabiatdagi populyatsiyalarda individlar sonini aniqlash juda qiyin. Lekin, bu ko’rsatkichni aniqlash ,ayniqsa, “Qizil kitob”ga kiritilgan turlar uchun juda muhim. Ko’pchilik xollarda populyatsiya soni oddiy sanash yo’li bilan aniqlanadi. Ba’zan populyatsiya sonini aniqlashda individlarga belgi ko’yish usulidan ham foydalaniladi. Aksariat xollarda populyatsiyadagi individlarning umumiy sonini aniqlashning imkoni bo’lmaydi. Bunda populyatsiya soni zichlikni aniqlash orqali topiladi.
Populyatsiya zichligi - maydon birligidagi individlar sonidir. Turli organizmlarda zichlikning o’ziga xos ifodalash usullari mavjud. Quruqlik va bentos o’simlik va hayvonlarining zichligi maydon birligidagi individlar soni orqali ifodalanadi. Plangton organizmlarda esa zichlik xajm yoki yuza birligidagi organizmlar sonida ifodalanadi. Tuproqdagi organizmlar zichligini massa yoki xajm birligida ifodalash mumkin.
Populyatsiya - nafaqat makonda, balki zamonda ham mavjud, bir butunlikka ega bo’lgan individlar yigindisidir. Populyatsiyada hamma vaqt avlodlar almashinishi sodir bo’lib turadi. Binobarin, populyatsiyaning yashash davri hamma vaqt alohida individ hayotiga nisbatan ancha uzoq bo’ladi.
Populyatsiyada sodir bo’ladigan jarayonlarning jadalligini baxolaydigan ko’rsatkichlar populyatsiyaning dinamik ko’rsatkichlari deyiladi. Dinamik ko’rsatkichlarga tug’ilish va o’lim kiradi. Shu ko’rsatkichlar populyatsiya soni o’zgarishini belgilaydi.
Ma’lum vaqt oraligida populyatsiyadagi individlar tomonidan yaratilgan yangi individlar soni tug’ilishni ifodalaydi. Populyatsiyadagi tug’ilish ko’plab omillarga, masalan, ko’payishga qobiliyatli individlar soniga, avlodlar takrorlanish tezligiga va h.o. larga bog’liq.
O’lim tug’ilishga qarama-qarshi jarayon bo’lib, vaqt birligi ichida ulgan individlar sonini ifodalaydi.
Tug’ilish va o’lim o’rtasidagi farq populyatsiya soni o’zgarish tezligini tavsiflaydi. Agar tug’ilish o’limga teng bo’lsa, populyatsiya sonini doimiy saqlaydi. Agar tug’ilish o’limdan katta bo’lsa, populyatsiya soni o’sadi va, aksincha, o’lim tug’iliщdan katta bo’lsa, populyatsiya soni kamayadi.
Populyatsiyadagi o’lim individlarning genetik va fiziologik sifatliligiga, tashqi muhit omillarining ta’siriga va h.o. larga bog’liq bo’ladi. Hayotning turli davrlarida individlarning nobud bo’lishi turlicha xajmda bo’ladi. Agar individlar yashab qolishining yoshga bog’liqliligini grafik asosida tasvirlasak “yashab qolish egri chizigi” hosil bo’ladi. Hozirgi vaqtda ko’pchiliq organizmlar uchun yashab qolish egri chizigi aniqlangan. Yashab qolish egri chizigining 3 ta asosiy tipi mavjud. Birinchi tip yashab qolish egri chizigi shunday paytda hosil bo’ladiki, bunda hayotning katta qismida o’lim juda kam bo’lib, keyin qisqa vaqt ichida individlar yoppasiga uladi. Bunday yashovchanlik egri chizigi ko’pchiliq xasharotlarga, yirik sut emizuvchilarga va odamlarga xos. Ikkinchi tip egri chizik barcha yoshlarda o’lim bir xil bo’lganda hosil bo’ladi. Bunday yashovchanlik qushlar, baliklar, sudralib yuruvchilar, ko’p yillik utchil o’simliklar uchun xosdir. Uchinchi tip egri chizik shu paytda hosil bo’ladiki, bunda hayotning dastlabki davrida individlar yoppasiga uladi, lekin hayotning keyingi davrlarida o’lim past darajada bo’ladi. Ko’pchiliq plangton organizmlar, serpusht va nasl xaqida qayg’urmaydigan organizmlar shunday yashovchanlik egri chizigiga ega.

Download 366 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish