Islomiy fondlar.
Kirish:
Islomiy investitisiya fondlari investorlar tomonidan daromad olish maqsadida shariat qoidalariga amal qilgan holatda tashkil qilingan jamg’armadir. Islomiy va an’anaviy investitisiya jamg’armalarining asosiy farqi islomiy jamg’armalarda shariat qoidalariga amal qilinishi bo’lib, an’anaviy investitsion jam’garmalarda esa bu holat kuzatilmaydi.
Dastlabki investitsion fondlarning shakllanish tarixiga keladigan bo’lsak, K. Girt Rovenhorst (K. Geert Rouwenhorst) ning “ O’zaro jamg’armalarning kelib chiqishi” kitobiga ko’ra 1700-yillarning oxirida golland savdogari va dalloli Adrian Van Ketvich yetarli darajada imkoniyatga ega bo’lmagan kichik investorlarga bizneslarini diversifikatsiya qilish uchun imkoniyat yaratish maqsadida jamg’arma tashkil qilib, investorlarga unga a’zo bo’lishga taklif qildi. Bu dastlabki investitsoin fondlardan biri edi. Investitsion fondlar atamasi esa dastlab Shvetsariyada 1849-yilda asos solingan Societe Civile Genevoise d’Emploi de Fonds nomli fondga nisbat berilib XIX asrning o’rtalarida qo’llanila boshlandi, deb qaraladi.
Mablag’lar uchun jamg’armalar tashkil qilish va unga boshqaruvchi tayinlash arab dunyosida islomdan oldingi davrlarda ham mavjud edi. Payg’ambar Muhammad sollalohu alayhi vasallam ham Makka ahli orasida omonotdorligi tufayli al-amin degan nom olgan edilar va makkaliklar pullarini u kishi sollallohu alayhi vasallamga ishonib topshirardilar. Muhammad sollalohu alayhi vasallam Hadicha roziyollohu anhoning savdo karvonlarini boshqarib mudorib sifatida ham faoliyat yuritganlar. Omonot masalasi islomiy moliyaviy tranzaksiyalarda muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun ham tomonlar orasidagi o’zaro ishonchni har bir islomiy hamkorlik shakllari mushoraka, mudoraba va vakalada ko’rishimiz mumkin. Ushbu shartnomaga ko'ra, shirkatning kapitali yoki mulki boshqa sheriklar nomidan sheriklardan biri tomonidan ishonchli tarzda ishonib topshiriladi.
Hozirgi kunda ham o’zaro ishonch tushunchasi oldingi davrlardagidan kam ahamiyatga ega emas. Tadbirkorlikning bunday ko’rinishi jamiyatda puli bor lekin uni boshqarish qobiliyati yoki imkoniyatiga ega bo’lmagan hamda yetarli darajada malakaga ega, biroq tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yetarlicha mablag’ga ega ega bo’lmagan kishilarning mavjudligi tufayli yuzaga keladi. Bu yerda ishonch tushuncha muhim ahamiyatga ega bo’lib, aynan o’zaro ishonch tufayli puli bor kishi o'z pulini boshqarish qobiliyatiga ega bo'lgan odamga ishonib topshiradi. Xuddi shu tamoyil zamonaviy fondlarni boshqarish biznesining asosini tashkil qiladi.
Shunday bo’lsa-da islomiy investitsion fonlarning rivojlanishi 1980-yillarda jadallashdi. O’shandan buyon bir qator islomiy fondlar ko’chmas mulk, ijtimoiy himoya kabi sohalarda bir qancha muvaffaqqiyatli loyihalari amalga oshirdi. Islom fondlari uchun maqsadli bozorlar miqyos va geografik jihatdan farqlanishi mumkin. Ba'zilar fondlar mahalliy bozorlariga xizmat qiladilar; ba'zilari xalqaro bozorlarga qaratilgan bo'lsa, yana bir nechtasi chakana investorlar va yuqori daromadli jismoniy shaxslar va korporativ institutlar bilan ishlashga ixtisoslashgan.