4.2
Imon
, shi
rk
, k
ufr
,
qiyomat
,
jannat va do’zax
tushunchalarining mazmun-mohiyati.
Mazkur masala yechimi ko’p qirrali. Qo’yilgan masalani har kim o’z ma’naviy dunyosi o’lchami
bilan o’lchab, shunga yarasha hatti-harakat qiladi. Insonning chin ma’nodagi insonligi- uning imoni,
diyonati, mehr-oqibati, pokligi va halolligi, kamtarligi va boshqalar bilan o’lchanadi. Bu umumiy
tarzda insoniylik tushunchasi bilan ifodalanadi. Insoniylik esa faqat imonli insonlardagina
63
bo’ladi.Bu o’rinda hamma kishilar uchun umumiy tarzda tegishli bo’lgan masalalar ustida baholi
qudrat fikr yuritamiz.
Har birimiz imon tushunchasining mohiyatini to’g’ri anglab, tushunib olsak, imonni
izohlovchisi bo’lgan diyonat, vijdonlilik, insof, mehr-oqibat, sahovat, adolatlilik, poklik va halollik,
kamtarlik va boshqa ma’naviylik fazilatlarining ham mohiyatini bilib olamiz. Faqat imonli
kishilargina poklik va halollik, diyonat, ezgulik, mehr-oqibat, sahovat, muruvvat yo’lida bo’ladilar.
Shuning uchun imon tushunchasini, uning mohiyatini keng qamrovli asosda bayon qilishni
maqsadga muvofiq deb bildik. Imon arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi ishonch demakdir. U
inson ruhiy olamining botiniy tomonini tashkil etadi.
Imon shaxsning o’z e’tiqodiga tayangan holda boshqalarning niyati, qilmish-qidirmishiga,
o’zining ishlariga, hatolariga munosabat bildirishdir. Imon hayotda to’g’ri yo’l topishning mezoni
hisoblanadi.
Imonli kishilar Allohdan qo’rqish, bandadan uyalish nima ekanligini chuqur idrok etganlar.
Allohni bir, Payg’ambarimizni (sallallohu alayhi vasallam) uning elchisi deb bilish-imonning bosh
belgisi hisoblanadi. Imonli bo’lgan kishilar butun hayotlarida, ishlarida, faoliyatlarida, uyda,
ko’chada birovga, o’z oilasiga munosabatlarida hamisha to’g’ri va halol yo’l tutishga intiladilar.
Muomala va munosabatlarida g’araz bo’lmaydi., ta’madan va xaromdan hazar qiladilar. Har
ishlarida faqat bu dunyoni emas, oxiratni ham o’ylab ish tutadilar. Barcha amallari va hatti-
harakatlarini shunga bo’ysundirishga harakat qiladilar.
Shariatda esa Janob Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom (s.a.v.) Alloh tarafidan
keltirgan barcha xabarlarga til bilan iqror bo’lib, dil bilan tasdiqlashga imon deyiladi. Ya’ni Qur’oni
Karim va Hadisi Shariflar orqali Alloh, jannat, do’zax, qiyomat kabilar haqida berilgan xabarlarga
ishonch imondir. Imonning diniy va dunyoviy talqinlari mavjud.
Ma’naviy-ahloqiy fazilat sifatida esa imon faqat odamzotgagina xos ruhiy hodisa jumlasiga
kiradi. Inson, odamzotdan tashqari hech bir mahluqotda imonning o’rni-tagi ham yo’q. Binobarin,
odamzod jamiki boshqa jonzotlardan biron bir narsaga ishonib, uni muqaddas deb bilishi, ya’ni
imon keltirishi bilan ajralib turadi. Imon kishi ma’naviyatining, ahloqining o’q ildizi, poydevori,
negizidir. Imondan mahrum kimsaning aqli nechog’li o’tkir, irodasi naqadar cho’ng bo’lmasin va
shular tufayli o’zligidan qanchalik mag’rurlanmasin, u chinakam insonlar qatoriga hech qachon
kiritilmagan, kiritilmaydi ham. Zero, imonsiz odam na Allohdan qo’rqadi va na bandalaridan
uyaladi. U o’z nafsining itoatkor quli bo’lib, har qanday razolat va pastkashliklardan qaytmaydi.
Alloh hammamizni shundan asrasin. Buning uchun imon yo’lini tutishimiz lozim.
Imonning mohiyati azaldan olam va odamzotning kelib chiqishi, odamning olamdagi o’rni
qanday, inson umrining ma’nosi nimada, zoti bashar nimaga da’vat etilgan, u nimalarga qodiru,
nimalarga noqodir singari muammolar tashkil etib keladi.
Hamma dinlarda imonga alohida e’tibor beriladi. Imon barcha dinlarning ustuni sanaladi.
Imonning diniy talqini ham inson faoliyatini oqilona boshqarish, jamiyat hayotida tinchlik, adolat,
insonparvarlik, halollik singari fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan. Chunonchi, zardushtiylik
imoni uch tayanchga: niyat-fikrning sofligiga, so’zning sobitligiga, amallarning insoniyligiga
suyanadi. Imonli kishi o’g’rilik va talonchilikdan, o’zgalarning mol-mulkiga ko’z olaytirishdan,
birovning haqqiga hiyonat qilishdan, boshqacha aytganda, o’zligiga, ya’ni o’z imoniga xilof, zid ish
qilishdan o’zini tiya biladigan komil insondir. Imonli odamga yuqorida qayd etilgan hodisalarni
qilma, gunoh bo’ladi deb targ’ib qilishning hojati yo’q.
Bundan 1400 yil muqaddam Allohning irodasi bilan Muhammad alayhissalom faoliyatlari
tufayli bunyodga kelgan islom ta’limotiga ko’ra, islomiy imon mohiyatini Qur’oni karimning
quyidagi surasi ochib beradi: “Chin ko’nglim bilan imon keltirdim: Allohi taologa va uning
64
farishtalariga va uning kitoblariga va uning payg’ambarlariga ham bu dunyo yo’q bo’lib oxirat kuni
bo’lmog’iga va qadarga, ya’ni yaxshi va yomon ishlar har qaysisi Allohi taolodan bo’lmog’iga va
o’lgandan so’ng qabrdan tirilib va bularning hammasi haqiqat ekaniga. Dilim bilan guvohlik
berurman, albatta Allohdan o’zga ma’bud yo’qdir. Yana guvohlik beraman, albatta Muhammad
Allohi taoloning bandasi va barcha bandalariga din ahkomlarini o’rgatmoq uchun yuborilgan
payg’ambaridur”.
Qur’oni karimda imonli odamlarning belgilari quyidagicha tavsiflanadi. Ular mo’min, royish,
yuvosh, itoatkor, quruq so’zlik (mahmadonalik)dan qochuvchi, poklikka intiluvchi, shartnomalariga
rioya etuvchi, itoatga amal qiluvchilardir.
Hozirgi kunda er yuzida diniy imonning bir qancha turlari bo’lib, jahon ahllari aro keng
tarqalgani to’rttadir: islomiy imon,buddaviy imon, iudaviy imon, isoviy imon.
Husayn Voiz Koshifiyning ko’rsatishicha, imonga zamin bo’ladigan asosiy islomiy jihatlar
quyidagilardir: 1.Olamni, insonni yaratuvchi zot Allohga ishonish; 2.Barcha insonlarni Haq yo’liga
da’vat qiluvchi payg’ambarlarga ishonish; 3.Allohning farishtalariga ishonish; 4.Payg’ambarlarga
yuborilgan muqaddas kitoblarga ishonish; 5.Qiyomat kuni qayta tirilishga ishonish; 6.Oxiratda bu
dunyodagi yomon, yaxshi ishlariga javob berish zarurligiga ishonish; 7.Taqdirga ishonish va Alloh
nasib etgan rizq-ro’zga, ne’matlarga, mashaqqatlarga rozilik bildirish.
Yuqoridagi fikrlarda islomiy imonlilikning mezonlari o’z ifodasini topgan. Bular imonlilikka asos
bo’ladigan ma’naviy omillar sanaladi. Diniy imon yo’nalishlari xilma-xil bo’lgan holda mazmunan oliy
bir ibtidoga ishonch ruhining qalbda qaror topishidan kelib chiqib dunyoni anglashdir. Ya’ni bu imon
turlari mazmun jihatdan farqlansa-da, ammo mohiyatan birdir. U ham bo’lsa, biron-bir narsa va g’oyani
benihoya sharifu muqaddas, azizu mukarram bilib, kundalik faoliyat va hulq-atvorda ana shu e’tiqoddan
kelib chiqib, hatti-harakat qilishdan iboratdir. Binobarin, jamiki imon turi kishi amaliy faoliyati va hulq-
atvori dasturi sifatida namoyon bo’ladi.
Abu Homid Muhammad G’azzoliyning ko’rsatishicha, imon “...payg’ambarlar keltirgan
hukmlarni til bilan aytib, dil bilan tasdiqlab, a’zolari bilan amal qilmoqlikdan iborat... Ammo imon
bilan jannatga erishgunicha banda ro’parasida qanchadan-qancha baland, mashaqqatli dovonlar bor.
Ushbu dovonlardan oshib o’tmay Alloh va’da qilgan jannatga tushmoq dushvor. O’sha
dovonlarning eng avvali va eng xatarlisi “Imon tog’i”dir. Chunki, har bir banda umri poyoniga
imonni shayton dastidan salomat etkaza olurmi yo yo’q, hamma gap ana shunda”
16
.
Imon tog’i inson qalbida. Bu tog’ insonning foyniy dunyoda odamlar bilan halol, yuksak
ahloq, odob negizida muomala qila bilishligi, munosabatda bo’lishi, hayotda o’z o’rnini topishi,
mavjud sharoitlar va imkoniyatlarga ko’nikishi, ular ichida chora-tadbir bilan yo’l topa bilishini
ifodalaydi. Umuman, imonlilik inson Allohning nomini diliga jo qilib, muqaddas kitoblarda
aytilgan ahloqiy, huquqiy qoidalarga, hayot tajribasi saboqlariga tayanib hayotda o’z o’rnini topa
bilishi, halol mehnat qilib, boshqalar bilan adolatli munosabatda bo’la olishidir. Bahovuddin
Naqshbandning “Dilingda xudoning nomi bo’lsin, qo’ling ish bilan band bo’lsin”, degan fikrlarida
imonning diniy va dunyoviy jihatlari uyg’un holda olingan.
Imon tushunchasining dunyoviy va diniy mohiyatini anglab olish uchun komil
musulmonlikning shartlari to’g’risida aytilgan quyidagi fikrlar hamma uchun ibratdir. Bu o’rinda
Muhammad payg’ambarimiz (s.a.v.)ning so’zlari diqqatga sazovor: “Musulmoni komil bo’lishingiz,
bir-birlaringizga muhabbat qo’yishingiz shart. O’rtangizda muhabbat paydo bo’lishi uchun salomni
oshkora beringiz va bir-biringizga jahl qilishdan saqlaningiz, jahl tarashlaguvchidir, ya’ni u sochni
tarashlamaydi, balki dilni tarashlaydi... Rost gapiringlar, chunki rostgo’ylik yaxshilikka boshlaydi...
16
Ғаззолий. “Охиратнома”. Бухоро, 1998, 8-бет.
65
Bir-biringizga aka-uka bo’linglar, uch kundan ortiq gina saqlamanglar... Har bir shirin so’zingiz
ham bir sadaqadir... Betoblarni borib ko’rish ham Allohning rahmatiga erishishdir”
17
.
Bular inson ma’naviy faoliyatiga yo’nalish, imoniga mazmun beradigan hukmlardir.
Hadislarda Vatanni sevish, hayoli bo’lish, kamsuxanlik ham imonlilikning ko’rinishi sifatida
tasvirlangan. Vatanni sevish milliy, ijtimoiy-siyosiy hodisadir.
Mashhur shoir So’fi Olloyor imonning inson amaliyotiga ta’sirini quyidagi misralarda bayon
etgan:
Amalning naf’i ham imon bilandir,
Qachon yolg’iz amal qilg’on bilandir.
Na’uzu billoh, imonsiz kishini
Qabul etmas xudoyim bir ishini
18
Alisher Navoiy ham imon tushunchasi hayolilik, vafo va vafodorlik, sahovatlilik kabi ahloqiy
qadriyatlar bilan bog’liqligini quyidagi misralarda bayon etgan:
Uch qism ila imonga bino fahm afla,
Avvalgisini aning hayo fahm ayla.
Ikkinchisini dog’i vafo fahm ayla,
Uchinchisini, bilmasang, saho fahm ayla.
19
Amir Temurning “Tuzuklar”ida ham imon insonning boshqa odamlar bilan munosabatiga
ma’naviy asos bo’ladigan ahloqiy qadriyatlar tizimiga kiritiladi. Buyuk sohibqironning
ko’rsatishicha, imon odamga insoniylik fazilatlarini bag’ishlovchi, uni boshqa jonli zotlardan
farqini belgilovchi ma’naviyat bo’lib, unga birovlarga hiyonat qilmaslik, elu- yurti, qarindosh-
urug’lari, yoru do’stlari, oru nomusini erga urmaslik va himoya qilishlik, halollik va poklik kabi
ma’naviy fazilatlarni kiritgan.
Imon shaxs ma’naviy-ruhiy olamida qaysi yo’nalishda qaror topmasin, uning sharti asosan
bittadir. Ya’ni imonli odamning so’zi bilan ishi bir bo’ladi. Bunday inson har qanday sharoitda o’z
so’zi va ahdnomasida turadi. Agar shunday qilmasa, vijdon azobida qoladi va o’zini-o’zi sira
kechirmaydi. Demak, vijdon, halollik, poklik, rostgo’ylik, insof-diyonat, sahovat, muruvvat, adolat,
xalq, vatan ishqi bilan yashash faqat imoni butun odamlargagina xos fazilatdir.
Diniy imon bilan birga inson tajribasi, bilimi tufayli yuzaga kelgan dunyoviy imon ham bor.
Dunyoviy imon mazmunini olam va odam haqidagi so’nggi ikki yarim ming yil mobaynida kashf
etilgan ilmiy-falsafiy bilimlar, mehnat ahlining to’plagan hayot tajribasi, ijtimoiy xotirasi, turli-
tuman udumlar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, an’analar va ular zamiridagi bilimlar tashkil etadi.
Dunyoviy imonning o’zagi odamiylikdan iborat bo’lib, uning tarkibiga kiradigan unsurlar, qirralar,
jihatlar g’oyat turli-tumandir. Odamiylik deganda xalqimiz uzoq tarixi davomida turli sinovlardan
o’tib sayqal topib kelayotgan va faqatgina ijobiy fazilatlar tarzida e’zozlanadigan ma’naviy-ahloqiy
qadriyatlarni tushunsak bo’ladi. Odamiylik g’oyasi xalqimizning butun turmush tarziga, urf-odatlari
hamda an’analariga, uning mislsiz boy og’zaki va yozma ijodiga, mumtoz adabiyotimiz va
san’atimizga singib ketgan bo’lib, hozircha chuqur o’rganilib umumlashtirilgani yo’q.
Dunyoviy imon odamlarni to’g’ri yo’ldan borishga qaratilgan ma’naviy qadriyatlar tizimidir.
Imonli bo’lishning mohiyatini hayo, andisha, shirin so’zlilik, halollik va adolatlilik, or-nomuslilik,
vijdonlilik, vafodorlik, mehnatsevarlik, sahovatlilik, mehr-muhabbatlilik, hayr-ehsonlilik kabi
ahloqiy qadriyatlardan iborat ekanini ko’ramiz. Demak, imon komil insonnnig yetuk ma’naviy
fazilatlari majmuidir.
17
Ҳусайн Воиз Кошифий. “Футувватнома”. Тошкент, 1994, 11-бет.
18
Сўфи Оллоёр. “Саботул ожизаий”. Тошкент, “Чўлпон”, 1991, 13-бет.
19
Солиев А. Навоий иймон биноси ҳақида. “Гулистон”, 1995, 2-сон.
66
Imonsizlik esa vijdonsizlik, e’tiqodsizlik, tuban yo’llarga yurish, ahloq, odob, insonparvarlik
qoida va talablariga rioya qilmaslikdir.
“Odam bo’lish oson, odamiy bo’lish qiyin”, “Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l”,
“O’zingga ravo ko’rmaganni boshqaga ham ravo ko’rma”, “Yomon o’z g’amida, yaxshi – el
g’amida” singari hikmatlarda ajdodlarimiz ardoqlagan insoniylik qadriyatlarining bir zarrasigina
aks etgan, xolos.
Diniy va dunyoviy imonning mohiyatida andak tafovut bo’lsa ham, ularning mazmuni va
shakliy tuzilishi bir xil. Chunonchi, diniy imonda hamma narsani yaratguvchi zot Allohga,
dunyoviy imonda esa odamiylikka, chin insoniylikka urg’u beriladi. Ularning har ikkovi ham aslida
kishini chinakam, bosh harflar bilan yoziluvchi INSON bo’lib tarbiya topishiga qaratilgan.
Imonli odam boshqalarning diliga ozor bermaydi, balki odamlar qalbiga nur, ziyo ulashadi,
ularni faqat yaxshi, ezgu amallarga o’rgatadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mustamlakachilik va qatag’onlik, qaramlik va tobe’lik
yillari halqimizning ming yillar avomida tarkib topgan ham diniy, ham dunyoviy-ahloqiy imoniga
qaqshatqich zarba berildi. Olis moziydan quvvat olib tobora ravnaq topib kelayotgan diniy imon
nazariy jihatdan kommunistik mafkuraning ashaddiy dushmani deya e’lon etilib, amaliy jihatdan
ayovsiz ta’qib va tazyiq ostiga olindi, turli yo’llar bilan tahqirlandi. Imoniga sodiq bo’lgan minglab
dindorlar, avvalo ruhoniylar jismonan yo’q qilib yuborildi.
Dunyoviy imon esa mash’um sinfiylik mezoniga solinib soxtalashtirildi, buzib talqin etildi.
Oqibat shunga olib keldiki, hatto eng yaqin tug’ishganlar, ya’ni, ota-ona, aka-uka, opa-singillar –
hamma-hammasi bir-biriga ashaddiy dushman qilib qo’yildi. 70 yil mobaynida kishilarimiz ham
diniy, ham dunyoviy imoniga zid g’ayriinsoniy ruhda tarbiyalanib keldi.Millatimiz kishilari orasida
o’z imoniga qarshi zamona zo’ravonlariga yaltoqilik, xushomadgo’ylik, chaqimchilik, ta’magirlik,
poraxo’rlik, g’irromlik, xiyonatkorlik, riyokorlik, xullas til bilan dilning, dil bilan amalning boshqa-
boshqaligi, imoniga zid singari ahloqiy illatlar bolalab ketdi. Diniy va dunyoviy imon mayib-majruh
holatga keltirildi.
Imon kishilik hayotida shu qadar hal etuvchi mavqega egaki, usiz chin ma’nodagi inson ham,
ahloq ham, demakki jamiyat ham bo’lmaydi.
Imonli bo’lishga intilish qiyin hamda mashaqqatlidir. Imonli odam barcha qiyinchilik va
mahrumliklarga ongli ravishda bardosh bergan holda halol-poklik, insof-diyonatlilik, saxiylik,
ezgulikni ulug’lash va yovuzlikka qarshi kurash, vatanparvarlik, xalqparvarlik kabi fazilatlarni
o’zida gavdalantirishga harakat qiladi va shunga erishadi. U ma’naviy boylik va go’zallikni moddiy
to’kin-sochinlikka aslo qurbon qilmaydi. Odamlar uchun yashash, ularning dilini o’rinsiz
og’ritmaslik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik imonli insonning hayot dasturidir.
Yuqorida aytganimizdek, dunyoviy imonda ko’proq inson ahloqidagi odamiylikka urg’u
beriladi. Kundalik hayotda imon so’zi keng qo’llaniladi. Bunda dunyoviy imon ma’nosi ko’zda
tutiladi. Chunonchi xalqimizda ayrim kishilarning o’ta ahloqsizlik hatti-harakatiga nisbatan
“imonsiz” degan haqoratomuz ibora ishlatiladi. Bu haqorat zamirida Allohga ishonch-e’tiqodi yo’q,
xudodan, dindan qaytgan, xudosiz ma’nolaridan tashqari vijdonsiz, vijdonfurush, yaramas, razil,
diyonatsiz kabi dunyoviy imon mazmuni ham aks etgan. Bu shunday og’ir diniy va dunyoviy
haqoratki, o’tmishda shu haqoratga asossiz duchor bo’lgan oriyatli kishilir haqorat etuvchi kimsa
ustidan qoziga shikoyat qilishgacha borgan. Imoni yo’q kishilar esa mahalla-ko’yda, yaqin kishilari
orasida la’natlangan hisoblangan, unday kishilar bilan muomala qilinmagan, oxir-oqibatda oriyati
dosh berolmasa ko’chib ketishgacha borilgan...
Demak, imon inson hayoti va faoliyatiga asos bo’ladigan diniy va dunyoviy ma’naviy-ahloqiy
qadriyatlar tizimidir.
67
Imonni faqatgina tarixiy qadriyatgina emas, balki hozirgi kunimizda ham inson kamolotiga
bevosita daxldor bo’lgan ma’naviyat deb qarashimiz lozim.
O’zbeksiton mustaqilligini mustahkamlashga hissa qo’shayotgan fuqarolarning imoni
mustaqillik ishiga fidoyilik, millatparvarlik, vatanparvarlik, baynalminalchilik, porloq kelajakka
ishonch, davlatimiz ramzlariga sadoqat, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini o’zida tarbiyalash,
ishbilarmonlik, tadbirkorlik singari yangi ahloqiy qadriyatlarni o’zida namoyon etishidan iborat.
Imonli odam komil inson bo’ladi. Imon komil insonlikni ifodalovchi barcha ma’naviy
fazilatlarni o’z ichiga oladi.
Zamondoshimiz bo’lmish odamlarni, Siz kabi yoshlarni imonli sifatida quyidagicha
tavsiflashimiz mumkin: e’tiqodli, o’zining aniq maslagiga ega, vatanparvar, insonparvar, taqvodor,
hamiyatli, oriyatli, or-nomusli, sharm-hayoli, vijdonli, andishali, insofli, kamtarin, halol va pok,
to’g’ri so’z kabi fazilatlar sohibidir.
Demak, insoniylikning muhim shartlari – diyonatlilik, mehr-shafqatlilik, poklik va halollilikni
imon tushunchasi o’z ichiga oladi. Chunki, faqat imon sohibi bo’lgan insondagina diyonat, mehr-
shafqat, poklik va halollik bo’ladi. Imonsiz kishilardan uni kutish mumkin emas. Ana shu va boshqa
fazilatlar bo’lmagani uchun ham ba’zi odamlarga nisbatan imonsiz so’zini ishlatamiz.
Endi shaxs ma’naviy fazilati imonlilikning ba’zi tushunchalarini izohlashga o’tamiz. Ularning
mazmuni, mohiyati v amaliy ahamiyatini chuqur anglab olmoqlik va o’zimizning kundalik hatti-
harakatimizda amal qilmoqlik bizni har damda yuksak insoniylikka, komillikka tomon eltadi,
demakki imonimiz mustahkamlana boradi. Imonning boshi – taqvo. Taqvo – har noto’g’ri ishga
qo’l urishda – Allohdan qo’rqish, yomon ishlardan saqlanish. Allohdan qo’rquvchi banda oilada,
jamiyatda halol yashaydi, haromga qo’l urmaydi, oxiratda javob berishini o’ylab, birovning haqiga
xiyonat qilmaydi, to’g’ri bo’ladi, poraxo’rlik qilmaydi, qasamxo’r bo’lmaydi, birovni aldamaydi,
yolg’on gapirmaydi, kishilarga, vatanga hiyonat qilmaydi va boshqalar. Ilohi hammamizga ham
taqvodor bo’lish nasib etsin. Bu o’zimizga bog’liq. Sharm-hayo ham imonlilik belgisi sanaladi.
Sharm – har bir odamning nojo’ya, yomon hatti-harakatlardan o’zini tiya olish, uyalish hissi. Hadisi
shariflarda aytilishicha, odam eng avvalo, o’zidan uyalishi kerak. Nojo’ya, yomon qilmishi, hatti-
harakati uchun o’zidan uyalgan odam o’zgaga ham nojo’ya hatti-harakatni ravo ko’rmaydi. O’zidan
uyalmagan odamda sharm bo’lmaydi. Demak, sharm odam o’z nojo’ya hatti-harakati uchun o’z
vijdoni, diyonati oldida javob berish hissi, desak bo’ladi.
Hayo – bu o’zbekcha uyat demakdir. Hayosiz, behayo deyilganida, uyatsiz ish qilganda
hijolat chekmaydigan, odob-ahloqsiz kishi tushuniladi. Hayo erkak kishiga nisbatan ayollarda
tabiatan ko’proq bo’ladi. Erkak kishi bemalol aytadigan ba’zi so’zlarni, hatti-harakatlarni ayollar
turli andisha va uyalish tufayli ayta olmaydilar, hayo ularga yo’l bermaydi. Hayoli bo’lish, bu faqat
uyatli so’zni aytmaslikda emas. U bundan ham ko’ra kengroq ma’no va mazmunga ega. Sharm-
hayoli bo’lish insonni hayvon singari tubanlashib ketishdan saqlaydi. O’z nojo’ya hatti-harakatidan
uyalish hissi faqat odamlargagina xos xususiyat. Farzandlarimizni sharm-hayoli qilib tarbiyalash
oiladan boshlanadi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, oila-ma’naviyat qo’rg’oni.
20
U milliy
tarbiyamizning muhim jihatini tashkil etadi.
Imonli bo’lishning belgilaridan biri or-nomus hisoblanadi. Or qilish odamning o’ziga
nomunosib yoki ep ko’rmagan ishdan, narsadan hijolat tortish, uyalish, uyat va nomus qilish
tuyg’usidir. Or yana biror narsadan hazar qilishni ham bildiradi.
Oriyat - or-nomusdan tashqari izzat va nafs, qadr tuyg’usidir. Odatda oriyatli odamlar o’zlari
va oilalarining, tug’ishganlarining izzat-nafsi, qadr-qimmatini, hurmatini yuksak tutib, boshqalar
20
Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. 56- бет.
68
tomonidan toptalishi, haqorat qilinishi va hurmatsizlanishiga loqaydlarcha qarab turmaydi,
turolmaydi.
Nomus – bu iffat, bokiralik ma’nolaridan tashqari kishining o’z mavqeini saqlash, ulug’lash
va ardoqlash, hijolat tortish tuyg’usini, oila va ajdodlar sha’niga dog’ tushirmaslik ma’nosini
ifodalaydi. Ko’pincha, biror kishini, uning oila a’zolarini, ajdodlarini nohaq haqoratlasalaru, u kishi
bunga beparvo, loqaydlarcha tursa, undaylarga qarata senda or-nomus, oriyat bormi o’zi, deb hitob
qilinadi.
Bizning ota-bobolarimiz, xalqimiz qadimdan or-nomusli, oriyatli bo’lib kelgan, shuning
uchun ular o’z yurtini, uning tuprog’ini, onalari va farzandlarini boshqa bosqinchilar tomonidan
toptalishini o’zlari uchun or deb bilganlar. Ko’rinadiki, or-nomus, oriyat mohiyatida vatanparvarlik,
xalqparvarlik tuyg’ulari yashiringandir.
Imonli bo’lishning yana bir belgisi odamning diyonatli, vijdonli bo’lishidir.
“Vijdon pokligi va bedorligi, - deb ta’kidlaydi prezident I.Karimov, - asrlar, zamonlar osha
inson ma’naviyatining tayanch ustunlaridan bo’lib kelmoqda. Jamiyat hayotida adolat va haqiqat,
mehr-shafqat, insofu diyonat kabi tushunchalarni qaror toptirishda aynan mana shu omilning o’rni
va ta’siri beqiyosdir”.
21
Vijdoni uyg’oq odam yon-atrofida bo’layotgan voqealarga, yordam va ko’makka muhtoj
insonlarning muammolariga, adolatning toptalishiga befarq qaray olmaydi. Ayniqsa, el-yurt
manfaatiga zarar etkazadigan yovuz hatti-harakatlarga hech qachon loqaydlarcha chetdan jim qarab
turolmaydi, o’z yurti va xalqiga nisbatan xiyonat va sotqinlikni aslo kechira olmaydi. Bunday
holatlarni ko’rganda vijdoni qiynaladi, doimo yonib-kuyib yashaydi, qanday qilib bo’lmasin, ularni
bartaraf etishga intiladi, bu yo’lda jonini ham fido qilishi mumkin.
Haqiqatan ham, odam bu dunyoda ruhan pok bo’lib, irodasi baquvvat, imoni butun, vijdoni
uyg’oq bo’lib yashamas ekan, inson hayotining qanday ma’nosi qoladi?
Bunday ezgu maqsadlarga esa inson faqat yuksak ma’naviyat, uzluksiz ma’naviy tarbiya
orqaligina erishishi mumkin. Vijdon – insonning o’z faoliyatini, qilgan ishlari va belgilagan
maqsadlarini ichki ruhiy tahlil eta olish imkoniyatidir. Imon – inson qalbidagi vijdon tarozisidir.
Vijdon asosida har bir kishi o’z qilmishlarigagina emas, balki boshqalarning faoliyatiga,
jamiyatdagi voqea-hodisalarga, ijtimoiy vaziyatga baho beradi.
Diyonat va vijdon bir-biriga yaqin tushuncha. Diyonat va vijdon kishining kundalik faoliyati,
qilmishi, fe’l-atvori uchun avvalo o’zi oldida, qolaversa, oila, jamiyat va vatan oldida ma’naviy
mas’uliyat his etishidir. Vijdonli, diyonatli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan g’azabga keladi, ularga
qarshilik bildiradi; o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib xursand bo’lsa, yomon
tomonlaridan norozi bo’lib, ruhan eziladi, vijdon azobiga uchraydi. O’zini bilgan odamga vijdon
azobidan og’irroq jazo yo’q. Shuning uchun xalqimizda vijdon azobi go’r azobi degan maqol
ishlatib kelinadi.
Vijdon azobi – kishi o’zi yo’l qo’ygan xatolarni, jamiyatda bo’layotgan nohaqliklar,
adolatsizliklarni bilib, ko’rib, ruhiy qiynalish holatida bo’lishidir. Vijdon azobi jamiyatdagi yoki
shaxs faoliyatidagi adolatsizliklarni ruhan qabul qilmaslik, ularga nisbatan ichki nafratni, salbiy
munosabatni ifodalashdir. Vijdon azobi – shaxsning og’ir ichki ruhiy kechinmalaridir.
Ba’zi kishilarni vijdonsizlar deb ataymiz. Chunki, ular har doim o’z faoliyatiga, bo’layotgan
adolatsizliklarga loqaydlarcha munosabatda bo’ladilar, shaxsiy manfaatlari bilan cheklanadilar.
Odatda vijdonsiz kishilar o’z manfaati zarariga ish qilmaydilar. Ular har bir masalaga munosabatda
21
Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. 27 бет.
69
shaxsiy manfaatdan kelib chiqib yondoshadilar. Yuksak ma’naviyat egasi bo’lgan imonli
kishilargina o’z qilmishlarini vijdon mezonlari bilan o’lchaydilar.
Mehr-shafqatlilik ham imon mezonlaridan biridir. Yuqoridagi kabi mehr-shafqat ham
xalqimizga xos xususiyat sanaladi. Mehr-shafqat odatda etim-esir, qarovsiz qolgan qariyalar,
g’ariblarga, nogironlarga nisbatan moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatish tuyg’usi, desak bo’ladi.
Bizning Mustaqil Respublikamiz rahbariyati ota-bobolarimiz udumini davom ettirib, bozor
munosabatlariga o’tish sharoitida ota-onasiz, qarovsiz qolgan bolalar va yolg’iz qariyalar,
shuningdek nogironlarga nisbatan yuksak mehr-shafqatlilik namunasini ko’rsatayotir.
O’zbeksiton mustaqillikka erishgan kunlarda, ayniqsa yosh avlodda poklik va halollik odobini
mustaqillik ruhida shakllantirish vazifasi turibdi. Insonning insonligi uning halolligi va pokligi bilan
o’lchanadi. Shuning uchun ota-bobolarimiz o’z farzandlarini hamisha halol va pok bo’lishga da’vat
etib kelishgan, ularga halol bilan haromni farqlash to’g’risida nasihat qilishgan. Bu musulmon
odami, xususan o’zbek xalqi ahloq-odob qonuniyatining asosini, boshqacha aytganda imonning
negizini tashkil etadi. Poklik va halollik esa imonning asosiy belgilaridan biridir. Poklik va
halolliksiz imonli bo’lish mumkin emas. Iyonli bo’lishning o’zi esa insonning pokligi va halolligiga
yo’g’rilganligidir. Pok va halol bo’lmagan odamdan ezgulik chiqmaydi, unda mehr- shafqat, oriyat,
nomus, sharm va hayo bo’lmaydi.
Bu dunyoda halol va pok yashashni o’zi uchun hayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb biladigan
odamlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Aynan ana shunday insonlar va ularning ezgu ishlari tufayli bu
yorug’ olamda ma’naviyat hamisha barqaror bo’lib kelmoqda.
Halollik va poklik hayotda o’z nonini halol mehnati bilan topadigan, xolis va ezgu ishlar bilan
el-yurtga foyda etkazadigan, tiriklik mazmunini teran anglab, nafaqat bugungi hayot lazzatlari, balki
oxirat haqida, uning obod bo’lishi haqida o’ylab yashaydigan insonlarga xos hayotiy ma’naviy-
ahloqiy qarashdir.
Shu bilan birga jamiyatda bunday ma’naviy-ahloqiy qarashlarga mutlaqo qarama-qarshi
bo’lgan, poklik va halollik izmidan yurmaydigan kishilar ham uchrab turadi. Bunday kimsalar
hayotning ma’no-mazmuni haqida bosh qotirmasdan, bunday savollar bilan o’zini qiynamasdan,
faqat nafs qayg’usi va o’tkinchi hoyu-havasga, huzur-halovatga berilib, engil-elpi umr kechiradilar,
o’zining ota-ona va farzand, el-yurt oldidagi burchiga umuman befarq bo’lib yashaydilar.
Ko’rinadiki, bu dunyoda kimdir Rahmon izmida, ya’ni halollik va poklik yo’lida yursa, kimdir
Shayton izmida, ya’ni Rahmon izmidan adashib nopok yo’ldan yuradi.
Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “O’z peshona teri bilan halol turmush kechiradigan
inson hayotidan mamnun va rozi bo’lib, qalbi va yuragi osoyishta, vijdoni pok, ruhiy olami barqaror
bo’lib, elning hurmatini qozonib yashaydi. Ikkinchi tomondan, bu dunyoda engil-elpi, har-xil nopok
yo’llarga berilib, insoniy burchini unutib, mol-dunyoga intilib yashagan odam, eng achinarlisi
shuki, hayotininig so’nggida armon va nadomatlarga botib o’z umrini tugatadi”.
22
Dono halqimiz, g’araz va hasad bilan yashaydigan, o’z shaxsiy manfaatiga o’zgalar hisobidan
erishishni ma’qul ko’radigan, faqat o’zini o’ylaydigan kimsadan o’zi asrasin, deydi.
Hasad inson ruhiyatidagi salbiy xususiyat sanaladi. Odamzod va jamiyat hayotida og’ir
asoratlar qoldiradigan hasad tuyg’usi avvalambor boshqalarni ko’rolmaslik, ularning yutug’idan
quvonish o’rniga, qandaydir ichki kuyinish, ichi qoralik oqibatida paydo bo’ladi. Muqaddas
kitoblarimizda hasad insoniylikka mutlaqo zid bo’lgan jirkanch odat sifatida qoralanadi. Jumladan,
muborak hodisalarda “Birovga hasad qilishdan saqlaning, chunki olov o’tinni qanday kuydirib
tugatsa, hasad ham qilgan savob ishlaringizni xuddi shunday kuydirib tugatadi”, deb aytilgani bejiz
22
Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. 24-бет.
70
emas. Xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug’chilik, mahalliychilik, manfaatparastlik, boshqalarni
mensimaslik kabi illatlar hasad singari inson imonliligi mezonlariga zid hodisalar sanaladi. Inson
ma’naviy hayotiga jiddiy xavf soladigan yana bir illat- sotqinlikdir. Tabiatida sotqinlik bo’lgan
odam rahbarlik kursisiga o’tirsa, u erda osoyishtalik yo’qoladi. Bunday odamlardan ogoh
bo’lishimiz, ularga yonimizda o’rin bo’lmasligi lozim. Olis va yaqin tariximizda ne-ne buyuk zotlar
yuqorida zikr etilgan salbiy illatlar, xususan hasad va baxillik, ko’rolmaslik, sotqinlik tufayli
qanday azob-uqubatlarni boshidan kechirgani, sog’lig’i, xatto hayotidan judo bo’lganini achchiq
misollarda ko’rishimiz mumkin. Bunday kimsalarga javob shu, hasad qilib emas, havas qilib
yashashni hayotimiz qoidasiga aylantirishdir. O’z kuchiga ishongan, ruhiy dunyosi, ma’naviy olami
baquvvat bo’lgan inson bunday salbiy illatlarga chalinmaydi. Yuksak ma’naviylik mezonlari va
fazilatlari ularga kuch va madad bo’ladi.
Bag’ri keng, halol, pok, vijdonli, mehr-oqibatli, el-yurtning g’amu tashvishi bilan
yashaydigan kishilarni xalqimiz, aksincha, boshiga ko’taradi va bunday odamlar jamiyat tomonidan
qadr-qimmat, hurmat-e’tibor topadi.
Ko’rinadiki, imonning barcha mezonlari asosida poklik va halollik yotar ekan. Mana shuning
uchun ham bizning ota-bobolarimiz poklik va halollikka alohida e’tibor berganlar.
Halol- bu insonlar uchun Alloh tomonidan ruhsat qilingan yaxshi,ezgu amallar, ijobiy ishlar,
hatti-harakatlar majmuasidir. Mehnat evaziga topilgan narsalar, shuningdek pok va toza oziq-
ovqatlar sirasidir. Halollikning yanada kengroq ma’nodagi jihatlari bu turmush va oiladagi halollik,
o’zaro muomala-munosabatdagi halollik, jamoa orasidagi halollik, savdo-sotiq va do’st-yorlar
orasidagi halollik, mehnatga munosabatdagi halollik va shu kabilardir. Yuragi pok va toza, halol
yo’ldan yurgan insonlar hamisha xotirjam bo’ladi, ko’ngli ravshan, doimo sihat-salomat bo’ladi.
Xorazmlik qomusiy olim, buyuk alloma Mahmud az-Zamaxshariy nasihat qiladi: “Halol va pokiza
kishi doimo xotirjam tinchlikdadir, birovga yomonligu xiyonat qiladigan kishi esa halokatga
giriftordir”.
Hayot asosan oiladan boshlanadi. O’zbek xalqida “Qush uyasida ko’rganini qiladi”, degan
naql bor. Demak, ota-ona halol va pok bo’lsa, farzandi ham shu ruhda kamol topadi. Farzanddagi
yaxshi fe’l va amallar halol luqmadandir.
Xulosa shuki, halollik va poklik imonli bo’lishning asosiy sharti va mezonidir. Insondagi
halol yoki yaxshi xususiyatlar uning imoniga, ya’ni halolligi va pokligiga bog’liq. Inson imonining
pokligiga shayton doim rahna solib, uni yo’ldan adashtirmoqchi, noshar’iy yo’llarga solmoqchi,
halollik, poklik yo’lidan urmoqchi bo’lib qalbida g’ulg’ula uyg’otadi. Shuni yaxshi esda
saqlashimiz kerakki, halollik va poklik yonida doimo uni shu yo’ldan ozdirmoqchi bo’lgan
shaytoniy vasvasa hamroh bo’lib yuradi.Ozgina imon yo’lidan toyilishga moyillik bo’lsa, o’sha
erda darrov shaytoniy hissiyot bosh ko’taradi va ohir oqibat inson qalbini zabt etishga intiladi.
Shuning uchun doimo imon, poklik va halollik yo’lida xushyor turishimiz kerak. Bu ayniqsa, bozor
munosabatlariga o’tish davrida nihoyatda zarur.
Yuqorida shaxs ma’naviy fazilatining asosiy mezon va belgilari ustida fikr yuritdik. Ularning
har birini inson uchun bir ma’naviy bezak, deb bilmoq kerak. Shu o’rinda har bir inson uchun
nihoyatda zarur bo’lgan boshqa bir ma’naviylik mezoni ustida to’xtab o’tishni lozim topdik.
Uningsiz inson barkamol bo’la olmaydi. U ham bo’lsa, kamtarlikdir. Kamtarlik odamni ma’nan
go’zallashtiradi, obro’sini oshiradi, do’stlarini ko’paytiradi.
Kamtarlik – inson ichki ma’naviy dunyosining namoyon bo’lishidir. Agar insonning qonida,
qalbida yumshoqlik, sahovat, odob-andisha, sharm-hayo, or-nomus, oriyat bo’lmasa, ming harakat
qilmasin, baribir odamlar ko’ziga kamtar bo’lib ko’rina olmaydi.
71
O’zbek xalqi urf-odatida, milliy qadriyatlarimizda takabburlik qiluvchilar, firibgarlar,
maqtanchoqlar, manmanlar keskin qoralanadi. Kamtarga kamol, manmanga zavol, degan o’gitlar
behikmat emas.
Tarixchi Xondamir “Makorimul-ahloq” kitobida: “Boshingga takabburlik havosini keltirma,
chunki takabburlik bilan hech kim biror joyga etgan emas. Go’zallar zulfi kabi
shikastlikni(kamtarlikni) odat qil, bu bilan har nafasda minglab ko’ngilni ovlaysan” – deb
ko’rsatgan edilar.
Xullas, har birimizni imon, poklik va halollik, or-nomus, sharm-hayo, kamtarlik, qo’yingki
insonni ma’naviy jihatdan bezovchi go’zal hulq-odob, ahloq tark etmasin.
Shirk (arabcha – sherik keltirish, Allohning sherigi bor deb e’tiqod qilish) – Alloh taologa
xos bo’lgan sifatlarni Undan o’zgaga sobit qilish (ko’chirish)dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |