Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja


Qo‘llaniladigan   ta’lim   texnologiyalari



Download 0,57 Mb.
bet22/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

Qo‘llaniladigan   ta’lim   texnologiyalari:  keys-stadi,   pinbord,  dialogik   yondoshuv,   muammoli
ta’lim. Aqliy hujum, blits,  baliq skeleti, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.
1. Din ijtimoiy hayotni, voqelikni o’ziga xos tarzda aks ettiruvchi ijtimoiy ongning shaklidir.
Diniy ta’limotlar jamiyat hayoti bilan bo’gliq ravishda paydo bo’lib, ular jamiyat hayotidagi voqea-
hodisalar diniy ta’limotlarda o’z ifodasini topadi. Diniy ong, urf-odatlar, diniy dunyoqarash ko’p
jihatdan  inson his-tuyg’ulari, ehtiroslari,  hayollari ta’siri ostida paydo bo’ladi. Dinning ijtimoiy
tarixiy,  gnosiologik va psixologik ildizlari  mavjuddir.  Dinning ildizi  dinning  vujudga kelishini,
uning qayta tiklanishi zaruriyati va imkoniyatlarini, umuman, uning salohiyatini yaratuvchi kishilar
yig’indisidir. Dinning ujtimoiy-iqtisodiy ildizi deyilganda dinni vujudga keltirgan kundalik hayotiy
shart-sharoitlar yig’indisi tushuniladi. Jamiyat iqtisodiy  taraqqiyoti darajasining pastligi, odamning
tabiat kuchlari oldidagi ojizligi ularda ilk diniy tasavvurlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Jamiyat hayotining ma’lum bosqichida vujudga kelgan din tarixiy va ijtimoiy hodisa bo’lib, jamiyat
hayotida sodir bo’luvchi voqea va hodisalar diniy ta’limotlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatgan. Dinlar
dastlab   politeistik,   ya’ni   ko’pxudolik   dinlardan   iborat   bo’lib,   insonda  ong-tafakkur   shakllanishi
jarayonida   inson   tevarak   atrofda   sodir   bo’layotgan   voqea-hodisalarning   sabablarini   tushunishga
harakat qila boshlaydi. Dinning gnosiologik ildizlarini tashkil etuvchi bu narsa-hodisalarning bu
sabablarini   bilmaslik   inson   tomonidan   butun   tevarak   atrofdagi   narsa   va   hodisalarni   jonlantirib
tasavvur   qilishiga   olib   keldi.   Jamiyat   hayotida   sodir   bo’lgan   o’zgarishlar,   yirik   davlatlarning
vujudga   kelishi,   hokimiyatning   yakka   hukumdor   qo’lida   to’planishi   odamlarning   politeizmdan
monoteizmga o’tishiga, ko’plab xudolar ichidan yagona xudoga e’tiqod qilishining boshlanishiga
olib   keladi.  Dinning   psixologik   ildizlari   dinlarning   ma’naviy   ruhiy   ehtiyojlari   bilan   bevosita
bog’liqdir.   Insonning   o’ziga   doimo   taskin   beruvchi,   uning   his-tuyg’ularini   yengillashtiruvchi
kuchga bo’lgan ehtiyoji dinning psixologik ildizlarini tashkil etadi.
     Din so’zi o’zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo’lib, ishonch, ishonmoq degan ma’noni
bildiradi.  E’tiqod so’zi ham arab tilidan  kirib kelgan  bo’lib, chuqur mustahkam  ishonch degan
ma’noni anglatadi.
         Din bu insonga birdan-bir to’g’ri hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy
qudratga ishonch va e’tiqodni ifoda etadigan maslak, qarash hamda ta’limotdir. Diniy imon va
e’tiqod din yo’lining to’g’riligi, haqligi ishonchdan iborat ma’naviy ruhiy holatdir.
          Dinning   tarkibiy   qismi   muayyan   elementlardan,   diniy   ong,   diniy   ibodat   va   diniy
tashkilotlardan   iborat   bo’lib,   diniy   tashkilotlar   faoliyati   ijtimoiy   vazifalar   bilan   belgilanadi.
Jamiyatdagi diniy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlari, ya’ni siyosiy, huquqiy
axloqiy-ma’naviy,   iqtisodiy   mehnat   munosabatlari   hamda   jarayonlari   bilan   bevosita   bog’liqdir.
Diniy   jamoa   diniy   e’tiqodga   asoslangan   kishilar   birligining   asosiy   belgilari   quyidagilardan
iboratdir.
1)Diniy   e’tiqod,   maqsad   va   vazifalar   birligi,   2)Diniy   marosimlar   va   undan   tashqaridagi
18

faoliyatlarning  birligi,  3)Etnik  birlik  tuyg’usi, 4) Jamiyat  azolari  orasidagi  o’zaro taqsimlangan


mavqe va vazifalarning tuzilishi   an’analar va urf-odatlar huquq yoki umumiy dasturlar, qoida,
fatvolar bilan belgilanadi. Dinlar tarixida ko’p hollarda diniy birlik etnik birlikka mos kelgani uchun
din etnik milliy birlik ma’nosini ham anglatgan. Masalan, islom dinida millat emas, islom diniga
e’tiqod qiluvchi, Muhamad payg’ambar targ’ibotiga ergashgan kishilar birligi-ummat tushunchasi
ishlatiladi. Diniy munosabatlar eng tez o’zgaruvchan munosabatlar bo’lib, bevosita diniy ehtiyojlar
bilan bog’lanmagan, ayni zamonda kundalik va muhim ijtimoiy vazifalarni ham qilishga qaratilgan,
kishilarning hatti-harakatlarini diniy qarashlar, pand-nasihatlar, odatlar orqali belgilash, yo’naltirish
natijasida vujudga keladi.
2. Jahonda ko’plab dinlar mavjud bo’lib, dinshunoslik fanida ular 3 ta turga, urug’ qabila
dinlari, milliy davlar dinlari hamda jahon dinlariga bo’lib o’rganiladi.
     Urug’-qabila dinlari ibtidoiy jamiyat tuzumida vujudga kelib ularga animizm, fetishizm,
totemizm, shomonizm va magiya kiradi. Ibtidoiy jamiyat sharoitida vujudga kelgan bu dinlar diniy
tarixiy shakllari ham deyiladi. Animizm lotin tilidan  anim , ya’ni jon, ruh degan ma’noni anglatib,
insonni o’rab turgan dunyoda turli ruhlarning borligiga ishonishdir. Animizm-ruhlar mavjudligiga
ishonishdir,   Animizm-ruhlar   mavjudligiga   ishonch,   tabiat   kuchlarini   ilohiylashtirish,   hayvonot,
o’simlik va jonsiz jismlarga ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta’limotdir.
Sehrgarlik   turlariga   davolash,   ziyon   yetkazish,   muhabbat   uyg’otish,   ovchilik,
dehqonchilikka   xos   xarakat   va   boshqalar   kiradi.   Sehr   yo’li   bilan   aldashning   asl   ildizi   xalq
mediöinasiga   -   tibbiyotiga   bog’liq.  Masalan,  o’zbeklarda  ko’chiriq  qildirish,  kuf-suf  qilib  dam
solish,  kinna  soldirish,  isitma-sovutma  qilish,  fol  ochirish  shular  jumlasiga  kiradi.   Ziyon
yetkazishga qaratilgan sehr boshqa urug’, kabilardagi dushmanga ziyon-zahmat yetkazishni istash,
tilashdir: muhabbat uyg’otish sehrgarligi esa isitma-sovutma qilishdan iborat; ovchilik sehri ovda
omadli   bo’lish,   bunda   yirtqichlardan   holi   bo’lish   va   h.larga   kiritilishdir:   dehqonchilikda
hosildorlikka hayolan sehrlash yo’li bilan erishishdir. Bu yo’l bilan yomg’ir yog’dirishga urinishdir.
Talabalar va ularning yaqinlari bu hodisalarga hozirgi zamon fan va texnika yutuqlari asosida tahlil
qilsalar ularning asossizligiga ishonch hosil qiladilar.
Sehrgarlik bilan o’zbeklarda azayimxon, duoxon, parixon, kinnachi, baxshi, folbin v.b.lar
shug’ullangan. Bular hali ham chekka joylarda soddadil odamlarni aldab kun ko’radilar. Sehrgarlar
jin (ajina), pari, alvasti, yosuman, dev, ajdaho, arvohlarga ishonishni targ’ib qilib, xurofatparastlarni
ular tajovuzidan xalos qilishga va’da berib, aldaydilar. Endi ularga deyarli hyech kim ishonmaydi.
Talabalar ham bundan xulosa qilishlari lozim.
         Fetishizm, fetish so’zi fransuz tilida but, tumor, sanam, sehrli narsa, degan ma’noni
aglatadi.   Fetishizm   jonsiz   narsalarni   g’ayritabiiy   xususiyatga   ega   deb   ishonish   va   ularga
sig’inishdir. Sig’inish obyektlari, ya’ni fetishlar- tosh, tayoq, daraxt, umumman, har qanday buyum
bo’lishi mumkin.
     Totemizm. Totem so’zi Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida “uning
urug’i” degan ma’noni anglatadi. Totemizm odamlarning ma’lum guruhi bilan muayyan hayvon,
parranda va o’simliklar  o’rtasda g’ayritabiiy tarzda qon-qarindoshlik aloqalari  bor deb hisoblab
ularga sig’inishdir. Totemizm turli xalqlarda mavjud bo’lib, totemlar e’zozlangan, ularni o’ldirish
va ov qilish ta’qiqlangan.
O’rta   Osiyo   o’zbeklarining   qadimiy   ajdodlari   qaldirg’och,   musicha,   laylak,
ko’kqarg’a,   bug’ilarni   shunday   deb   hisoblab,   ularga   sig’inganlar:   ularni   asrab-avaylab,   ozor
bermay, ulug’lab, maqtab, ozuq berib, yashashi, ko’payishiga ko’maklashganlar. 
Hayvonlarga  sig’inish  urf-odatining  qoldiqlari  hali  ham  bor.  Boshqa  xalqlar,  jumladan
hindilar sigirga, maymunga, ilonga avstraliyaliklar kenguriga shunday qaraydilar.
Shomonizm.   Shomon   so’zi   tunguk   tilida   “o’ta   hayajonlangan”,   ”   jazavali   kishi”
degan   ma’noni   anglatadi.   Shomonizm   odamlar   bilan   ruhlar   o’rtasida   vositachilik   qila   olishi
qudratiga ega bo’lgan odamlar-shomonlar borligiga ishonishdir. Shomon go’yo sehrli kuchga ega
deb hisoblanadigan doira, nog’ora yoki boshqa cholg’u  asbobi jo’rligida qo’llab raqsga, jazavaga
tushib ruhlar bilan gaplashishga harakat qilgan.
     Magiya- sehrgarlik yoki jodigarlik degan ma’noni bildirib, odam, hayvonot yoki tabiatga
19

g’ayri   tabiiy   yo’l   bilan   ta’sir   o’tkazish   maqsadida   bajariladigan   xatti-harakatlar   va   urf-odatlar


yig’indisidir.   Sehrgarlik   magiyaning   davolash   ya’ni   o’z   ildizlari   bilan   xalq   tibbiyotiga   bog’liq
bo’lgan ziyon-zaxmat tilash, muhabbat, ya’ni ikki jinsni bir-biriga isitish yoki sovutish, ovchilik
ya’ni ovga ta’sir o’tkazish kabi turlari bor. Buning tarixiy shakllari, urug’-qabila dinlarida odamlar
tabiatdagi biror narsa hodisani muqaddaslashtirib unga sig’inganlar.
         Milliy davlat dinlari qadimgi davrga xos bo’lib, davlatlarning vujudga kelishi, turli
ijtimoiy tabaqalarning tashkil topishi, diniy ta’limotda oxirat to’g’risidagi tasavvurlarning paydo
bo’lsihi, dinga xizmat qiladigan ruhoniylar tabaqasining shakllanishi, ibodatxonalar qurilib, diniy
e’tiqod bilan bog’liq bo’lgan toat-ibodat qoidalarining ishlab chiqilishi, olamning o’z bosqichidan
iboratligi va insonning bu dunyodagi xatti-harakati uchun u dunyodagi javobgarligi to’g’risidagi
talablar diniy ta’limotlarga kiritldi.
Har  bir  buyum,  hodisa  kabi  din  ham  o’z  mohiyatiga  ega.  Dinshunoslik  asoslari  dinning
mohiyati  g’ayri  tabiiy  kuchlarga  ishonishdan  iborat  deb  ta’lim  beradi.   Ular   qatoriga   ibtidoiy
dinlarga hos totem, fetish, ruh, milliy davlat va jahon dinlariga xos xudolar, farishta, payg’ambar,
avliyo, pir, eshon, murid va v.h.larga sig’inishlar kiradi.  Din  mohiyatining  hodisasi  ham  bor  bu
uning  namoyon  bo’lishi  amaldagi  ifodasi  turli  xil  ibodatlardir. Masalan, musulmonlarda  nomoz
o’qish,   ro’za   tutish,   hatna   (aqiqa),   haj   qilish,   nikoh   o’qitish,   xijobga   kirish,   janoza,   maraka,
muqaddas sajdagohlarni ziyorat qilish va xokazolardan iborat. Bular diniy amaliyot, din faoliyatini
tashkil etadi. Bu esa diniy e’tiqod va tuyg’u, diniy mas’uliyat, ibodatxonalarni, biror diniy tashkilot
oldida turgan diniy vazifalari dindor odam, guruh, jamoa, diniy tashkilot va muassasalar faoliyatini
namoyon etishdir. 
Dinning mohiyati va amaliyotni kuchaytiradigan subyektiv omillardan biri diniy ongdir. U
esa   hayoldagi   bor   bo’lgan   mavjudot   hususiyat   va   shu   tarzdagi   aloqalar   bor   deb   faraz   qilish
dindorlarning ular bilan munosabatda bo’lish ehtimoli bor deb hisoblab ularga ishonishdir. Dinning
mohiyati  dinning vujudga kelishi  va qayta  tiklanib  turishi uning uch ildizi  bilan bog’liq,  bular
ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlar. Bularning paydo bo’lishi va qayta tiklash kishining
zaruriyati va imkoniyatini yaratuvchi quvvatlab turuvchi omillar yig’indisidir.
Dinning   ijtimoiy   ildizlari   dindorlarning   kundalik   hayotida,   ularning   ustidan   o’z
hukmronligini   o’rnatgan,   o’tkazayotgan   moddiy   va   ma’naviy   munosabatlardir.   Bular   orasida
moddiy   (iqtisodiy)   ildizlar   hal   etuvchi   rol   o’ynaydi.   Chunki   ibodat   qilish   uchun   ovqatlanish,
kiyinish, uy joyga, kiyim-kechakka ega bo’lish albatta kerak. Bo’sh qop tik turmaydi degan naql
bor. Kecha kunduz ibodat qilgan, diniy yozuvlarni muttasil o’qigan kishiga ham oziq ovqat kerak
ularsiz turmush kechirib bo’lmaydi. Ular esa osmondan tushmaydi. Mehnat bilan yaratiladi. Dinga
ishonganda bu mutlaq haqiqatni aslo unutmasligi kerak. Xalqimizda avval taom, badas kalom degan
naql bor, ya’ni taom iste’mol qilmasdan toat-ibodat u yoqda tursin, hatto gapirib ham bo’lmaydi.
Dinning gnoseologik ildizlari real olamni dinlar ta’limoti nuqtai nazaridan in’ikos ettiradigan diniy
tasavvur, tushuncha, g’oya va hakozolarning vujudga kelishi imkon tug’diradigan bilish jarayoniga
xos xususiyatlardir. Olamni bilish - bilmaslikdan bilishga tomon boradigan dialektik jarayon; biroq
bilish   oson,   silliq,   tekis,   to’g’ri   yo’ldan   bormaydi;   unda   odam   xato   qiladi;   ayrim   narsalarni
jonlantiradi, bor yo’g’ini oshirib, toshirib, teskari qilib ilohiy kuchlarga bog’lab aks ettiradi, natijada
yo’q narsalarni bor qilib, xatolarni to’g’rilab, uydirmani haqiqat deb albatta ijobiy deb hisoblashlar
yuzaga keladi. Bularni quvvatlaydigan ijtimoiy sharoitlar bor bo’lsa ular kuchayadi va tarqaladi. 
Dinning psixologik  ildizlari  inson, ijtimoiy  guruh va dinga  ishonuvchi odamning  psixik
holatlari uning ahvoli, ruhiyatida, hissiyotida yuz beradigan psixik jarayonlar va mexanizmlardir;
bu   odamda   dindorlikni   hosil   etish,   u   yo’qolgan   bo’lsa   qayta   tiklash   va   diniy   ta’limotlarni
o’zlashtirishga   qulay   psixik   zamin   tayyorlab   beradi.   Dinning   shaxsiy   psixologik   va   ijtimoiy
psixologik   ildizlari   mavjud.   1.  Shaxsiy   musibat   va   kulfat,   azob-uqubat   va  g’am-alamlar,   o’lim
dahshati, yolg’izlik kechinmalar va ruhan ezilish va x.lar kiradi. Uning ikkinchisi ayrim guruh va
jamoa psixologiyasiga xos voqyealar biror kishi yoki kishilar bilan muomalaga yoki muloqatga
ehtiyoj, jamoatchilik fikri, yoppasiga qo’rquv va vahima, istirob va sovuq habarlar, g’oyat zararli
urf-odatlar ta’siri va h.k. kiradi. Masalan, Qirg’izistonga islom ekstremistlari hujumi haqidagi habar
uning janubidagi  hamma  aholini  dahshatga  soldi. Oldin 250, so’ng 5000 aholi o’z uy-joylarini
20

tashlab ketishga majbur bo’ldi. Chunki, u jangchilar odamho’r, terrorist, reketchi, talonchi, ko’zi


qonga   to’lgan,   qo’li   qonga   bo’yalgan,   razil,   odamlar   edi.   Ular   16   fevral   voqyealari
tashkilotchilarining   egizaklari   edilar.   Xalqaro   miqyosda   AQShda   11   sentyabrda   bo’lib   o’tgan
terroristik xunrezliklar ham bunga misol bo’la oladi.
         3.  Insoniyat  jamiyati  tarixiy  taraqqiyoti  jarayonida   diniy  e’tiqod  va  dinga  munosabat
masalasida muayyan o’zgarishlar sodir bo’lgan. Ibtidoiy jamiyat sharoitida inson tabiat kuchlarini
ilohiylashtirib  ularga  sig’ingan,  natijada  dinning  tarixiy  shakllari,  animizm,  fetishizm,  totemizm,
shomonizm  va  magiya  kabilalar  vujudga  kelgan  bo’lsa,  jamiyatning  siyosiy  tizimi,  davlatlarning
vujudga  kelsihi,  xususiy  mulk,  ijtimoiy  tabaqalarning  shakllanishi  natijasida  diniy  tasavvurlarda
ham o’zgarishlar sodir bo’ldi. 
1.Dunyo  uch  bosqichdan  iborat  deb  hisoblanib,  jannat,  do’zax,  odamlar  yashaydigan
dunyoning mavjudligi haqidagi qarashlar ilgari surildi.
2)Insonning  bu  dunyodagi  hayoti,  diniy  e’tiqod  talablarini  bajarish,  uning  u  dunyodagi
hayotini belgilashi to’g’risidagi qarashlar bayon etildi.
3)Dinga e’tiqod qiluvchi alohida kishilar guruhi hamda tabaqasi-ruhoniylar paydo bo’ldi.
4)Diniy  ibodatxonalar  qurilib,  dinga  e’tiqod  qilish  talablari  hamda  marosimlari  ishlab
chiqildi. Ibodatxonalar qoshida dastlabki maktablar, kutubxonalar vujudga kelib, yozuvning paydo
bo’lishi natijasida diniy va dunyoviy bilimlar taraqqiy etib bordi.
5)Diniy  mafkura  vujudga  kelib  jamiyat  hayotining  barcha  sohalariga  o’z  ta’sirini  ko’rsata
boshladi.  Diniy  dunyoqarash  odamlarning  ong-tafakkuri,  kundalik  hayoti,  urf-odat  hamda
marosimlariga o’z ta’sirini o’tkazadi.
         Dunyoqarash  -  bu  avvalo,  insonning  o’zini  va  dunyoni  zaruriy  ravishda  anglashi,
tushunishi,  bilishi  va  baholashi  natijasida  yuzaga  kelgan  xulosalari,  bilimlari  asosida  shakllangan
umumlashmalar  tizimidir.  Jamiyat rivojlanib borishi bilan insonning ommaviy va nazariy bilishi
faoliyati, xullas, bir butun dunyoqarashi ham takomillashib boradi. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti
natijasida unning dunyoqarashi mifologik, diniy va falsafiy bosqichlar tomon rivojlanib borgan.
Mifologik dunyoqarashda inson dunyoni afsona-asotirlar asosida xayoliy aks ettiradi.
Diniy   dunyoqarash   oiladagi   voqea   hodisalar   sabablarini   ilohiy   kuchlar,   oldindan   belgilangan
maqsadlar bilan bog’lab tushunishidir. Diniy dunyoqarashning shakllanib borishi bilan din kelib
chiqadi. Diniy dunyoqarashning boshlang’ich elementi - bu diniy tuyg’udir. Diniy dunyoqarashning
ikkinchi elementi - bu diniy aqidalardir. Diniy aqidalar bu mazmuni bilan dunyo va undagi voqea-
hodisalarni ilohiy e’tiqod asosida tushunish bilan bog’langan tasavvurlar va tushunchalardir. Diniy
dunyoqarashning yana bir elementi - bu biror buyumga, narsaga, hayvon yoki daraxtga, kishiga
yoki nihoyat, xudoga sig’inishdir. Sig’nish duniy e’tiqod bilan chambarchas bo’lib, diniy e’tiqod
ilohiy   mavjudodlar,   diniy   tasavvur   va   tushunchalarga,   diniy   g’oyalar   va   qarashlarga   so’zsiz
ishonishdir.   Diniy   e’tiqod   diniy   tuyg’uni,   dinga   va   xudoga   ishonishni,   din   muqaddas   deb
qaraydigan narsalarga sig’inishni keltirib chiqaradi. U dindor kishilarning his-tuyg’ularini, ularning
ruhiy kechinmalarini, xulq-atvorini belgilab beradi, Barcha diniy ta’limotlarda xudo o’z xohishiga
dunyoni-butun borliqni, uning barcha ko’rinishlarini yaratganligini va idora qilishi aytiladi. Xudoni
o’ta   takomil   topgan,   mukammal,   oliy   va   g’ayritabiiy   ilohiy   kuch   sifatida   qarash   diniy
dunyoqarashning   asosiy   belgisidir.   Diniy   dunyoqarashning   shakllanishi   va   taraqqiyoti   Xudo
to’g’risidagi diniy ta’limot ilohiyot ya’ni tizimni vujudga keltiradi. Xudo tushunchasi ilohiyotda
barcha   narsalarning   ijodkori,   adolat   va   haqiqatning   oily   timsoli,   hamma   umuminsoniy
qadriyatlarning yaratuvchisi sifatida talqin etiladi. Diniy dunyoqarashga ko’ra butun borliq olam,
tabiat jamiyat, insonning o’zi ham xudo tomonidan yaratilgan, uning ijodi mahsuli, hamma joyda va
hamma narsada xudoning irodasi hukmrondir, deyiladi. Diniy dunyoqarash o’zining isnon hayoti
bilan   chambarchas   bog’liqligi,   insonning   his-tuyg’u,   quvonch   va   tashvishlariga,   ishonch   va
udumlariga   bevosita   alloqadorligi,   e’tiqodga   ustun   darajada   e’tiborini   qaratishi   bilan
dunyoqarashning boshqa turlaridan ajratib turadi.
    Afsonaviy, diniy va falsafiy dunyoqarashlar o’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lib, shu bilan
birgalikda     bir-biridan   farqli   jihatlariga   ham   egadir.   Mustaqil   O’zbekistonda   dinga   nisbatan
yangicha munosabat, dinni inson ma’naviy kamolotining muhim tarkibiy qismi, omili deb qarash
21

shakllandi.   Diniy   dunyoqarash   umuminsoniy   qadriyatlarning,   dunyoviy   bilimlarning   barcha


tomonlari bilan bog’langandangina jamiyat ma’naviy kamolotiga katta ta;sir ko’rsatadi. Falsafiy
dunyoqarash ega dunyoni, borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar
tizimidir. U diniy dunyoqarashdan farqli ravishda, insonning aqliy-intelektual faoliyatiga ko’proq
e’tibor beradi. Falsafiy dunyoqarash mantiqiy muhokamalar va xulosa chiqarishlar orqali dunyoni,
borliqni tushunish, tushuntirish, baholash va izohlashdir.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish