Ma’ruzalar kursi



Download 1,16 Mb.
bet45/83
Sana20.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#180593
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83
Bog'liq
Statistika ma'ruza kursi-11

Intellektual salohiyat deganda aholining bilim saviyasi, ish tajribasi va mahorati, tadbirkorligi tushuniladi. Bu salohiyat aql idrok, bilim va ijodiy qobiliyatdan tashkil topadi. Uning tarkibiga ilmiy-texnikaviy g’oyalar va ishlanmalar, ilmiy kashfiyotlar ham kiradi.

Iqtisodiy salohiyat – jamiyatning ishlab chiqara bilish qobiliyatidir. Bu qobiliyat ishlab chiqarish resurslari soni, miqdori va sifati bilan belgilanadi. Iqtisodiy salohiyat milliy boylikning asosiy qismini tashkil qiladi.

Makroiqtisodiy statistika sotsial salohiyatni o’rganishni aholi sonini o’rganishdan boshlaydi. Quyidagilar aholi sonini aniqlash manbai bo’lib hisoblanadi:



  • vaqt - vaqti bilan o’tkazilib turiladigan aholi ro’yxati;

  • aholining tabiiy o’sishi yoki kamayishi bo’yicha ma’lumotlar;

  • aholining migratsiyasi bo’yicha ma’lumotlar.

Aholining tabiiy o’sishini, ya’ni tug’ilganlar va o’lganlarni, nikohdan o’tgan va ajralishlarni fuqarolik holatini qayd qiluvchi idora (ZAGS)lar hisobga oladi. Aholining migratsiyasini, ya’ni bir mamlakat, viloyat, tuman va aholi yashaydigan punktlarga keluvchilarni hamda boshqa yerga ketganlarni shaharlarda uy daftarida (o’tkaziladigan va chiqariladigan), qishloq joylarida esa qishloq kengashlarining xo’jalik daftarlari va ro’yxatlaridan hisobga olib boriladi.

Ana shu hisobga olish va oldin o’tkazilgan aholi ro’yxati ma’lumotlariga statistik ishlov berish asosida har yili hisob-kitob qilish yo’li bilan butun mamlakatdagi, ayrim viloyat, rayon hamda shahar va qishloq aholisining umumiy soni quyidagicha aniqlanadi:

A=Ao+(TS - O’S) + (KLS - KTS)

Bu yerda: Ao-aholining yil boshidagi soni;

TS - joriy yilda tug’ilganlar soni;

O’S - joriy yilda o’lganlar soni;

KLS - joriy yilda kelganlar soni;

KTS - joriy yilda ketganlar soni.

Bunday hisoblashlarni shahar va qishloq, jins, yosh miqyosida ham bajarish mumkin.

Ro’yhat o’tkazish va joriy hisoblashlar yordamida aholi soni odatda yil boshidagi sana bilan aniqlanadi. Biroq ma’lum sanada aniqlangan aholi soni makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash uchun qo’l kelmay qoladi.

Masalan, jon boshiga to’g’ri kelgan yalpi ichki mahsulot milliy daromad, yalpi daromad kabi ko’rsatkichlar aholining yil boshidagi yoki yil oxiridagi soniga asoslanib emas, balki o’rtacha soniga asoslanib hisoblanadi.

Aholining o’rtacha sonini aniqlashda turlicha formulalar qo’llanilishi mumkin:

1. Faqatgina yilning boshi va oxiridagi aholi soni keltirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni oddiy arifmetik formula yordamida hisoblanadi:

A = A0 + A1 /2

Bu yerda: A - aholining o’rtacha soni;

A0 - aholining yil boshidagi soni;

A1 - aholining yil oxiridagi soni.

2. Agar aholi soni bir yil ichidagi oylar boshida teng intervallarda keltirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni o’rtacha xronologik formula yordamida hisoblanadi:




Agar aholi soni bir necha yillar boshida teng intervallarda keltirilgan bo’lib, jami yillar bo’yicha aholining o’rtacha sonini aniqlash lozim bo’lsa, bunday hollarda ham o’rtacha xronologik formuladan foydalaniladi.

3. Agar aholi soni bir yil ichida oylar bo’yicha teng bo’lmagan intevallarda ketirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni o’rtacha tortilgan arifmetik formula yordamida hisoblanadi:

A =  A *t / t

Aholining qo’shimcha o’sish sur’atini ikki usulda aniqlash mumkin:



  • mutlok qo’shimcha o’sish (kamayish);

  • nisbiy qo’shimcha o’sish (kamayish).

Mutloq qo’shimcha o’sish yoki kamayish aholining yil oxiridagi soni (A1) dan, uning yil boshidagi soni (A0)ni ayrish yo’li bilan aniqlanadi:

A=A1 - A0

Nisbiy qo’shimcha o’sish yoki kamayish ikki usulda aniqlanadi:


  • qo’shimcha o’sish yoki kamayish koeffitsienti ko’rinishida;

  • o’rtacha yillik o’sish qo’shimcha o’sish koeffitsienti ko’rinishida.

Qo’shimcha o’sish koeffitsienti (Kku ) quyidagicha aniqlanadi:


O’rtacha yillik o’sish sur’ati o’rtacha geometrik formula yordamida aniqlanadi:

yoki


Bu yerda: K - aholining zanjirsimon o’sishi suratlari (koeffitsientlarida), n - yillar soni.

O’rtacha yillik qo’shimcha o’sish (kamayish) surati o’rtacha o’sish (kamayish) suratida 100 sonini ayrish yo’li bilan aniqlanadi:

KA = KA - 100

Agar ko’rsatkichlar dinamik qatorlarda keltirilgan bo’lsa, u holda ularni zanjirsimon bazisli usullarda aniqlash mumkin.

Makroiqtisodiy statistika aholi tarkibini quyidagi belgilar bo’yicha o’rganadi.



  • umumdemografik belgilar (jinsi, yoshi, oilaviy holati)

  • aholining miliy tarkibini tavsiflovchi belgilar (millati, ona tili, fuqaroligi)

  • mehnat resurslarini tavsiflovchi belgilar(ishlash joyi, mashg’uloti, mutaxassisligi)

  • aholining sotsial tarkibini tavsiflovchi belgilar (ijtimoiy guruxi, yashash manbalari)

  • aholining madaniy-ma’rifiy darajasini tavsiflovchi belgilar (ma’lumoti, ta’lim olishi, mafkurasi va boshq.)

  • aholining xududiy joylanishini tavsiflovchi belgilar (shahar, qishloq, viloyat, tuman va h.k)

Aholining jinsiy tarkibiga oid ko’rsatkichlar:

  • inson zurriyotini barpo qilishda:

  • mehnat resurslarning shakllanishi sur’ati xarakterini belgilashda;

  • jamiyatning ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olishda katta rol o’ynaydi.

Aholining jinsiy tarkibini tavsiflashda makroiqtisodiy statistika struktura va koordinitsiya nisbiy miqdorlarini aniqlaydi. Agar har bir jins sonini aholining o’rtacha soniga bo’lsak, u holda struktura nisbiy miqdorlarini olamiz.

Agar ayollar sonining erkaklar soniga bo’lgan nisbati hisoblanib, so’ngra 100 ga ko’paytirilsa, u holda koordinatsiya nisbiy miqdorlari kelib chiqadi. Bu ko’rsatkich har 100 erkakka nechta ayol to’g’ri kelganini ifodalaydi.

Aholini shahar va qishloq aholisiga bo’lib o’rganish:


  • mamlakatda urbanizatsiya (shaharlashtirish) jarayoni qay darajada borayotganini;

  • bozor munosabatlarining shahar va qishloq joylarda qay darajada shakllanib borayotganini;

  • turmush darajasi bo’yicha shahar bilan qishloq aholisi o’rtasidagi tafovutlarini;

  • shahar va qishloq joylarida davlatning sotsial siyosati qay darajada o’z ijrosini topayotganligi kabi qator masalalarini tahlil qilish uchun zarurdir.

SHahar va qishloq aholisiga bo’lib o’rganish aholining yashash joyi asosida amalga oshiriladi. Mashg’ulotidan qat’iy nazar shahar va shahar tipidagi qishloqlarda yashovchi barcha aholi shahar aholisi hisoblanadi. Qishloq joylarida yashovchi barcha aholi qishloq aholisi hisoblanadi. Bugungi kunda O’zbekiston aholisining 61 % ko’prog’i qishloq joylarida istiqomat qiladi va asosan dehqonchilik bilan mashg’uldir.

Statistika amaliyotida ko’pincha aholining quyidagi guruhlari aniqlanadi:



  • 3 yoshgacha bolalar soni. Bu ma’lumotlardan bolalar uchun zarur bo’lgan maslahat punktlari, yasli va ularda xizmat qiluvchi xodimlar sonini aniqlash uchun foydalaniladi;

  • 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar soni. Bu ma’lumotlar bolalar bog’chalarini qurish, ulardagi o’rinlar soni va zarur bo’lgan o’qituvchilar sonini aniqlash uchun kerak;

  • gimnaziya, maktab, litsey yoshi (7-17yosh )dagi bolalar soni;

  • 18 va undan katta yoshdagi aholi. Bu ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi bo’yicha saylash va saylanish xuquqiga ega bo’lgan aholi sonini aniqlash uchun zarur;

  • 16 yoshdan 55 yoshgacha ayollar soni, 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar soni. Bu ma’lumotlar mehnat resurslari sonini aniqlash uchun zarur;

  • 55 va undan yuqori yoshli ayollar;

  • 60 va undan yuqori yoshli erkaklar. Bu ma’lumotlar pensiya yoshidagi kishilar sonini aniqlash va ularni pensiya bilan ta’mirlash uchun zarur;

Aholining oilaviy holati quyidagi ko’rsatkichlarda o’z aksini topadi:

  • oila soni;

  • bitta oilaga to’g’ri kelgan a’zolarning soni;

  • oilaning o’rtacha yoshi;

  • qayd qilingan nikohlar soni;

  • nikohdan o’tganlar koeffitsienti: Kko’  = HC*1000/A

  • qayd qilingan ajralishlar soni;

  • ajralishlar koeffitsienti;

  • qayd qilingan nikohning o’rtacha davomiyligi.

Aholining milliy tarkibini tavsiflovchi ko’rsatkichlar yordamida mamlakatda milliy siyosat qay darajada amalga oshirilayotganini nazorat qilish mumkin.

Yashash mambai bo’yicha butun aholi soni quyidagi uch guruhga bo’lib o’rganiladi:




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish