13-Ma’ruza
REJA :
Mehnat resurslari soni va tarkibi
Mehnat resurslarining harakati
Mehnat resurslaridan foydalanish ko’rsatkichlari
Mehnat resurslari - bu jamiyatdagi mehnatga layoqatli, bilim va malakaga, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan kishilardir. Ularning asosiy qismini mehnat qilish yoshida bo’lgan aholi tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasining mehnat kodeksiga binoan mehnat resurslarinig quyi chegarasi 16 yosh, yuqori chegarasi esa erkaklar uchun 60, ayollar uchun 55 yosh deb qabul qilindi.Bu chegaralarni belgilashda aholini turmush darajasi, sog’lig’ini saqlash, sport va maorif tizimi, pensiya ta’minoti sharoitlari, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillar hisobga olinadi. SHunga muvofiq mehnat resurslari (MR) ning sonini quyidagicha hisoblash mumkin.
MR = MYo – (N + BB) + PU
Bu yerda MYo – mehnat yoshidagi aholi, N – I va II guruh nogironlari, BB – mehnat yoshida bo’lib hech bo’lmagan aholi, PU - pensionerlar va o’smirlar (ishlab chiqarishdagi).
Do'stlaringiz bilan baham: |