Ma’ruzachi: Sunnatov. N. B. Ma’ruza: №. 9-mavzu. Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Reja



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/24
Sana31.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#238757
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
№-9. Маъруза. Globallashuv va global muammolarning falsafiy

texnooptimistik  kayfiyatlar  kuchaydi.  Bunday  qarashlar  «iste’mol  jamiyati»ni  ijtimoiy 

rivojlanish maqsadi deb e’lon qilgan ko‘p sonli nazariyalarda o‘z aksini topdi. Ayni shu davrda 

«industrial», «postindustrial», «texnotron», «informatsion» jamiyatlarning turli konsepsiyalarini 

yaratish ustida faol ish olib borildi.  

1957 yilda taniqli iqtisodchi va sotsiolog J.Gelbreyt «Serobgarchilik jamiyati» kitobini 

e’lon  qildi  va  uning  asosiy  g‘oyalarini  keyinchalik  o‘zining  «YAngi  industrial  jamiyat»  deb 

nomlangan  boshqa  asarida  rivojlantirdi.  Uning  asarlarida  inson  fan  va  texnika  sohasida 

erishayotgan yutuqlarga yuksak va faqat ijobiy baho beriladi, mazkur yutuqlar ta’sirida jamiyat 

iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalarida chuqur o‘zgarishlar yuz berayotganiga e’tibor qaratiladi.  

Taniqli  fransuz  faylasufi  R.Aron  asarlarida,  shuningdek,  uning  1956-1959  yillarda 

Sorbonna  universitetida  o‘qilgan  ma’ruzalarida,  amerikalik  siyosatshunos  U.Rostouning  1960 

yilda  chop  etilgan  va  o‘z  davrida  shov-shuvga  sabab  bo‘lgan  «Iqtisodiy  o‘sish  bosqichlari. 

Nokommunistik  manifest»  kitobida  «industrial  jamiyat»  nazariyasi  yanada  to‘laroq  asoslab 

berildi.  

Bu olimlar fikriga ko‘ra, fan-texnika inqilobi ta’sirida «odatdagi» agrar jamiyat o‘rnini 

sanoat  jihatidan  taraqqiy  etgan  «industrial»  jamiyat  egallaydi  va  bu  erda  bozor  sharoitida 

                                                           

5

 Там же,  –С. 142



 

6

 Қаранг: П.Т. де Шарден. Феномен человека. – М., 1987. – С.194 




ommaviy  ishlab  chiqarish  birinchi  o‘ringa  chiqadi.  Sanoatning  rivojlanish  va  texnika 

yutuqlaridan foydalanish darajasi bunday jamiyat progressivligining bosh mezonlariga aylanadi.  

Jamiyat  hayotining  barcha  jabhalariga  kompyuterlarning  keng  joriy  etilishi  yangi 

nazariyalar,  chunonchi:  «postindustrial»,  «informatsion»  (D.Bell,  G.Kan,  J.Furaste,  A.Turen), 

«texnotron»  (Z.Bjezinskiy,  J.J.Servan-SHrayber),  «o‘ta  industrial»,  «kompyuter»  (A.Toffler) 

jamiyati  nazariyalari  yuzaga  kelishiga  sabab  bo‘ldi.  Ularda  ijtimoiy  taraqqiyotning  asosiy 

mezoni  sifatida  texnika  yutuqlari,  aniqrog‘i  faqatgina  ular  emas,  balki  fan  va  ta’limning 

rivojlanishi  amal  qiladi.  Kompyuter  texnikasi  negizida  yaratilgan  yangi  texnologiyalarning 

amalga joriy etilishi taraqqiyotning muhim mezoni hisoblanadi.  

Amerikalik  taniqli  faylasuf  va  sotsiolog  D.Bell  bo‘lg‘usi  ijtimoiy  qurilish  shakl-

shamoyillarini  belgilar  ekan,  hali  Internet  paydo  bo‘lishidan  ancha  oldin  shunday  degan  edi: 

«SHunga  ishonchim  komilki,  axborot  va  nazariy  bilim  postindustrial  jamiyatning  strategik 

resurslaridir.  Bundan  tashqari,  o‘zining  yangi  rolida  ular  hozirgi  tarixning  tub  burilish 

nuqtalaridir»

7

.  


D.Bell  birinchi  burilish  nuqtasi  sifatida  hozirgi  jamiyatda  «umumiy  bilim»  sifatida 

asosiy  ishlab  chiqaruvchi  kuchga  aylangan  fan  xususiyatining  o‘zgarishini  qayd  etadi.  Ikkinchi 

burilish  nuqtasi  yangi  texnologiyalar  paydo  bo‘lishi  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  ular,  sanoat  inqilobi 

davri texnologiyalaridan farqli o‘laroq, o‘ta moslashuvchan va osongina qayta ixtisoslashtirilishi 

mumkin. U «Hozirgi texnologiya betakror va ayni vaqtda rang-barang natijalarga erishish uchun 

ko‘p  sonli  muqobil  yo‘llar  ochadi,  bunda  moddiy  ne’matlar  ishlab  chiqarish  mislsiz  darajada 

o‘sadi. Bular – imkoniyatlar, hamma gap ularni ro‘yobga chiqarishda»

8

, deb qayd etgan edi.  




Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish