3. Falsafiy qonunlar
Falsafaning asosan quyidagi qonunlari mavjud:
1. Miqdor va sifat o‘zgarishlari qonuni
2. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni
3. Inkorni inkor qonuni
Miqdor va sifat o‘zgarishlari qonuni.Bu qonunga ko‘ra narsa va hodisalardagi sezilarli
bo‘lmagan miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin to‘plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir
bosqichida me’yorni buzadi va sakrash yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
Bizni qurshab turgan narsa va hodisalarni o‘rganar ekanmiz, ular bir-birlaridan
o‘zlarining turli xususiyatlari bilan farqlanishlarini ko‘ramiz. Bunda ularni bir-biridan farq
qildiruvchi narsa — ularning sifatidir.
Sifat deb, narsa va hodisalarga nisbiy barqarorlik bag‘ishlaydigan, ularning ichki
muayyanligini ta’minlaydigan, bir narsa va hodisani ikkinchi narsa va hodisadan farq
qildiradigan barcha muhim belgi va xususiyatlarning birligiga aytiladi.
Narsa va hodisalarning sifati ularning xususiyatlari orqali namoyon bo‘ladi. Har bir narsa
yoki hodisa ko‘pgina xususiyatlarga ega bo‘lib, bu xususiyatlardan bir qanchasi birikib, shu
narsa yoki hodisaning muayyan sifatini tashkil qiladi. Bunda sifat bilan xususiyat bir narsa
emasligi ma’lum bo‘ladi. Sifat narsa va hodisaning umumiy xarakteristikasini berib, uning
mohiyatini ifodalaydi. Xususiyatlar esa sifatning ifodasidir, ularning muhim va nomuhim
xususiyatlari o‘zgarishi bilan ularning sifati ham o‘zgarishi mumkin. Bundan ma’lum bo‘ladiki,
narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari ularning sifatining o‘zgarishlarida katta rol o‘ynaydi.
Narsa va hodisalar nomuhim xususiyatlarini yo‘qotishlari yoki yangidan hosil qilishlari
natijasida, ular o‘z sifatlarini o‘zgartirmaydilar. Agar bu narsa va hodisalar o‘zlarining muhim
xususiyatlarini yo‘qotsa yoki o‘zgartirsalar, ular yangi sifatga o‘tadilar.
Narsa va hodisalardagi son, hajm, daraja kabi tomonlarning muayyanligi miqdor deb
ataladi. Narsa va hodisalarda miqdor turlicha ifodalanadi. Ularda miqdor bir holatda son
tariqasida, ikkinchi holatda o‘lchov daraja tariqasida, uchinchi holatda esa narsa va hodisalarning
makondagi o‘zaro munosabati (uzunligi, kengligi, balandligi) tariqasida ifodalanadi.
Miqdor ham sifat kabi ob’ektiv mavjud bo‘lib, u predmet va hodisalarning eng muhim
tomonini ifodalaydi.
SHuning uchun narsa va hodisalarni o‘rganishda ularning miqdor va sifatini, uzviy
bog‘liqligini e’tiborga olmoq lozim. Har bir narsa va hodisa muayyan miqdor va sifat birligidan
iborat me’yorga ham ega bo‘ladi. Me’yor narsa va hodisalarning miqdor va sifat birligini
qamrab oluvchi chegaradir. Boshqacha qilib aytganda, sifat bilan miqdorning birligi me’yor,
deyiladi. Me’yor narsa va hodisalarning shunday muayyanligiki, uning buzilishi narsa yoki
hodisaning sifatining o‘zgarishiga, uning boshqa sifatga o‘tishiga, ya’ni boshqa narsa va
hodisaga aylanishiga olib keladi.
7
Догматика (юнонча сўз бўлиб ўзгармас, қотиб қолган, ақида дегани) — конкрет шарт-шароитларни ҳисобга олмай
қўлланиладиган қоида, принцип, фикрдир.
Borliqdagi narsa va hodisalarda sifat o‘zgarishi ulardagi miqdor va sifatning o‘zgarishlari
natijasida sodir bo‘ladi. Bunda miqdor o‘zgarishlari sifat o‘zgarishlariga o‘tgani kabi, sifat
o‘zgarishlari ham miqdor o‘zgarishlariga o‘tadi. Rivojlanish jarayonidagi bir-biridan farq
qiluvchi bu ikki xil sifat va miqdor o‘zgarishlari, uzluksizlik va uzilishning birligi sifatida
namoyon bo‘ladi. Uzluksizlik — bu narsa va hodisalarning rivojlanishidagi miqdor
o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Bu uzluksiz rivojlanish davrida narsa va hodisalarning
rivojlanishi miqdor o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Bu uzluksiz rivojlanish davrida narsa va
hodisalarda ichki o‘zgarishlar yuz bersa-da, bu o‘zgarishlar shu narsa yoki hodisa mohiyatini
butunlay o‘zgartirib yubormaydi. Bunda narsa yoki hodisa o‘zining oldingi sifatini saqlab qoladi.
Uzilish esa shu narsa va hodisalar rivojlanishida endi yangi miqdor o‘zgarishlari mumkin
bo‘lmay qolgan bir paytda yuz beradigan sifat o‘zgarishlarini ifodalaydi. O‘zgarish va
rivojlanishda miqdorning sifatga o‘tishi, eski sifatning yangi sifatga aylanish jarayoni falsafada
uzluksizlikning uzilishi, deyiladi. Ayni shu uzluksizlikning uzilishi tufayli bir sifatdan ikkinchi
sifatga o‘tish jarayonini falsafada sakrash, deb ataladi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishini
bilish faqat ilmiy bilish uchungina emas, balki amaliy faoliyat uchun ham katta ahamiyati bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |