Mohiyat va hodisa.Mohiyat narsa va hodisalarning ichki, eng muhim o‘zaro
bog‘lanishlari, shu bog‘lanishlarning qonuniy aloqadorliklarini ifodalaydi. Hodisa esa shu narsa
va jarayonlarni tashkil etuvchi tomonlar, xususiyatlar va bog‘lanishlarning namoyon bo‘lish
shakli, mohiyatning ifodalanishidir. Masalan, hamma tirik mavjudotlarning mohiyati ulardagi
modda almashish jarayoni bo‘lmasa, tiriklik jarayoni — hayot ham bo‘lmaydi. Modda almashish
jarayoni butun hayot jarayonining asosiy mohiyatini tashkil etadi. Lekin bu modda almashuv
jarayoni har bir tirik organizmda juda xilma-xil ko‘rinishlarda sodir bo‘ladi. Bu ko‘rinishlar —
hodisalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |