bosqichning o‘rnini olib, eski narsa va hodisalar yo‘qolib, ular o‘rnini yangi narsa va hodisalar
oddiydan murakkabga qarab ilgarilab boruvchi harakatdir. Rivojlanish shunday o‘zgarishki, u
narsa va hodisalarning quyi bosqichi o‘rnini yuqoriroq bosqich olishidir. Rivojlanish boshqa
jihatdan narsa va hodisalarning miqdor va sifat jihatdan tubdan o‘zgarib, boshqa narsa va
hodisalarga aylanishidir. Rivojlanish, umuman olganda, to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakat emas, uni
bunday tushunish xatodir. Bunday tushunishni tabiat rivojlanishi ham, jamiyat tarixi ham rad
etadi. Har qanday real rivojlanish spiralsimon holda, uning har bir yangi o‘rami oldingisiga
Прогресс (лотинчи progress сузидан олинган бўлиб, янгининг ривожи, олдинга томон ҳаракат, ривожланишда қуйи
Регресс (лотинча regress — сўзидан олинган бўлиб, орқага томон ҳаракат, қайтиш дегани) — салбий томон ўзгариш,
qaraganda kengroq boyroq, mazmunliroq, yuqoriroq, asosda egri-bugri yo‘llar bilan sodir
bo‘ladi.
Progress tomon rivojlanish, ayniqsa, jamiyat hayotida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Jamiyatdagi rivojlanish bir quyi ijtimoiy-iqtisodiy bosqichdan unga nisbatan progressivroq,
yuqoriroq ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarga o‘tib borish asosida ro‘y beradi.
Umuman, biz rivojlanish atamasini juda ko‘p ishlatamiz, u bizga tushunarlidek, tuyuladi.
Aslida esa, bu tushuncha ifodalagan jarayon, biz o‘ylagandek, unchalik sodda emas.
«Rivojlanish» tushunchasi ko‘p hollarda olg‘a qarab borishning sinonimi sifatida «progress»
tushunchasiga tenglashtiriladi. Bugungi kunda insoniyat jamiyatining rivojlanishi, unda sodir
bo‘layotgan o‘zgarishlar rivojlanishning murakkab jarayon ekanligidan dalolat bermoqda.
Unda muayyan davriy o‘zgarish bilan bir qatorda, progressga tomon takrorlanmas
o‘zgarishlar, turli xil zigzaglar mujassamligi ham ma’lum bo‘lmoqda. Ayniqsa, keyingi paytlarda
jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar tahlikali tendensiyalar, halokatlar xavfi bo‘lgan
jarayonlarni ham o‘z ichiga olishligi ravshan bo‘lmoqda. Bu jarayonlarni to‘g‘ri tushunib olish
va ularga to‘g‘ri yondoshib, to‘g‘ri xulosalar chiqarish uchun bizga yangicha fikrlash juda zarur
bo‘lmoqda. Masalan, bizning shu paytgacha o‘ylamasdan tabiat boyliklaridan talon-tarojlik bilan
foydalanib kelishimiz natijasida bugungi kunda tabiat o‘z boshidan umumiy tanazzul (tanglik)ni
kechirishi xavfi paydo bo‘ldi. SHuning uchun tabiat va jamiyatda yuz berayotgan hozirgi
jarayonlarning tahlili rivojlanishning falsafiy tushunchasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo
qilmoqda. Bunga sabab rivojlanish jarayonida turli xil o‘zgarishlarning ziddiyatli xarakterlari
namoyon bo‘layotganligidir.
Rivojlanish jarayoni shu bilan birga, o‘z tabiatiga ko‘ra turlicha yo‘nalishdagi, bir-biriga
qarama-qarshi va ayni vaqtda bir-biridan ajralmas tendensiyali tomonlarga ham ega. Bu
tendensiyalar differensiatsiya
3
va integratsiya
4
jarayonlarining birligidan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: