MA’RUZA№ 15
MAVZU: Olmoslni flotatsiya usulida boyitish
Reja:
1. Olmoslni flotatsiyalash uskunalari va ularga beriladigan mahsulotlar
haqida umumiy ma’lumot;
2. Olmoslni plyonkali flotatsiyalash.
Olmoslni flotatsiyalash uskunalari va ularga beriladigan mahsulotlar haqida
umumiy ma’lumot
Flotatsiya jarayonida sof olmoslar gidrofoblik xususiyati mavjud bo‘lib 1,65
mm gacha bo‘lgan o‘lchamlarda tezda yuzaga chiqadi, bo‘sh tog‘ jinslari esa
gidrofilik xossalari sabab ularning yuzasi gidrofillanadi va suvda qoladi.
Hozirgi vaqtda ko‘pikli va plyonkali flotatsiyalash keng qo‘llaniladi.
Olmoslarni ko‘pikli flotatsiyalashda PS-1.4, PM-8, PFM-10 kabi ko‘pikli
flotomashinalarda amalga oshiriladi.
PFM-8 va PFM-10 mashinalarida 1,0–2,0 mm o‘lchamli mahsulotlarni
ajratish uchun ko‘pikli ajratish prinsipiga (ko‘pikli qatlamda) ko‘ra va 0,2–1,0 mm
o‘lchamdagi mahsulotlarning bo‘tana hajmidan flotatsiyalash prinsipi orqali ajratib
oladi. Ko‘pikli ajratish jarayonlarida mineral zarralarni ajratish ho‘llash orqali
gistereziyaning kattaligidagi farqga asoslanadi. Bunday holda, reagentlar dinamik
va statik sirt tarangligi orasidagi keskin farqni ta‘minlash ko‘pikli
flotatsiyasiyalashda bo‘lgani kabi, ko‘pikda saqlanadigan zarrachalarning flotatsion
kuchi va hajmining o‘sishiga yordam beradi.
Ko‘pikli ajratish uchun quyidagi reagentlar qo‘llaniladi: natriy polifosfat
(50-80 g/t), aeroflot (10-15 g/t), OPSB (10-30 mg/l), mazut (500-800 g/t).
Ko‘pikli ajratish uchun boshlang‘ich mahsulotlarni tayyorlashda uni
reagentlar bilan konditsionerlash usuliga ma’lum talablar qo‘yiladi. Mahsulot muhit-
sozlovchi reagentlari bilan oldindan ishlov berish jarayonlaridan o‘tishi kerak, ya’ni
ajratish boshlanishidan oldin u reagentlar bilan to‘liq ishlov berilishi kerak.
Konditsionerlik vazifasi - ruda zarralarini shunday xususiyatlar bilan
ta’minlash kerakki, bunda ajratishning eng samarali nuqtada bo‘lishi lozim. Bu
mineral sirtning xossalariga tegishli bo‘lib, undagi reagentlarning adsorbsiyasi
natijasida o‘zgaradi. Zarrachalar o‘lchami -2 mm bo‘lgan olmosli xom ashyosini
apolyar reagentlar (mazut) bilan konditsioner qilish dastlabki mahsulotning yuqori
zichligida amalga oshirilishi kerak, chunki bu holda reagentning neft
mahsulotlaridan o‘tishi qattiq faza (zarrachadan zarrachaga) orqali sodir bo‘ladi.
Dastlabki mahsulotni apolyar reagentlar bilan qayta ishlash sifatini nazorat
qilishning vizual usullaridan biri konditsionerdan chiqadigan mahsulotning qattiq
fazasida aniq rangli plyonkalar (yoqilg‘i moyi rangi) mavjudligi hisoblanadi.
Ko‘pikni ajratish jarayonini amalga oshirishda texnologik ko‘rsatkichlarga
sezilarli darajada ta’sir qiladi:
• rudada reagentlar 0,2 mm dan kichik va yupqa yopishqoq (-0,040 mm)
zarralar bilan bog‘lanishi;
• 2 mm dan yirik zarrachalar bilan dastlabki mahsulotni dag‘allashtirishi;
• reagentlar bilan aralashtirish vaqtida ruda harorati;
• reagentlarni yetkazib berish tartibi va joyi;
• rudani reagentlar bilan aralashtirish vaqti;
• konditsionerlik paytida S:Q nisbati.
0,2 mm dan kichik zarrachalarning salbiy taʼsiri flotatsion reagentlarning
zarrachalarga
ularning
yuzasiga
mutanosib
ravishda
sorblanganligi
(fiksatsiyalanishi) bilan bogʻliq va yopishqoq zarrachalarning umumiy yuzasi yirik
zarrachalar yuzasidan bir necha marta katta boʻlganligi sababli reagentlarning asosiy
qismi, ya’ni kichik zarrachalar tomonidan so‘riladi.
Katta zarralar uchun, ko‘p sonli kichik fraksiyalar mavjud bo‘lganda,
ularning sirtini reagent qoplamasini zichligi ularning flotatsiyalanishi uchun yetarli
bo‘lmaydi. Bunday holda, hatto reagentlar sarfini ko‘paytirish ham samarali natija
bermaydi, chunki bu holda yopishqoq zarrachalarning faol yuzasi reagentlarning
asosiy qismini adsorbsiya qiladi.
Rudaning harorati reagentlar bilan bog‘langanda 16 °C dan past bo‘lsa,
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Past haroratlarda apolyar reagentlarning mineral
zarrachalarga
nisbatan bog‘lanish shartlari murakkablashadi. Dastlabki
mahsulotning dag‘alligi ko‘pikni ajratish ko‘rsatkichiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi,
sababi mahsulotda 2 mm dan yirik zarralar mavjudligi bilan izohlanadi. Bu Oraliq
mahsulotlardagi olmoslarning qo‘shimcha yo‘qotilishiga olib keladi.
Ko‘pikli flotatsiya asosan, 0,5 mm dan kichik o‘lchamli olmosni nazorat
floptatsiyasi uchun yakunlovchi jarayon sifatida ishlatiladi.
Flotatsiyalashdan
oldin
material
tozalanadi.
Avval
issiq
suvda
yog‘sizlantiriladi va tegirmonda tozalash (dezintegratsiyalash) amalga oshiriladi.
Ba'zida natriy xlorid va suyuq shisha olmoslarning faolligini oshirish va puch tog‘
jinslarining so‘ndirilishi uchun ishlatiladi.
Janubiy Afrikadagi olmosni qayta ishlash zavodlarida -1,65 + 0,47 mm
o‘lchamdagi boyitishga tayyorlangan fraktsiyasi laboratoriya stakanda samarali
boyitiladi, bu yerda olmoslarning suvda suzish xususiyatidan foydalaniladi.
Ko‘pgina korxonalarda an’anaviy usul qo‘lda saralash orqali qayta ishlash
usuli bilan to‘liq almashtirildgan. Gana Respublikasida sanoat miqyosida 1 mm
gacha o‘lchamdagi olmoslarni plyonkali flotatsiyalash orqali boyitish jarayonlari
qo‘llaniladi.
Plyonkali flotatsiya jarayonini mexanizatsiyalash imkonini beruvchi lentali
mashina ishlatiladi. Flotatsiya mashinasi po‘lat ramkadan iborat bo‘lib, uning ustiga
0,2 mm teshiklari bo‘lgan fosforli bronza simto‘r matolardan yasalgan markazida
eni 300 mm va uzunligi 7,5 m keladigan lenta o‘rnatilgan.
Harakat yo‘nalishi bo‘yicha, lenta uzunligining 2/3 qismi suv idishiga tik
burchak ostida tushadi. Boyitilgan material lentada yupqa qatlamga (taxminan ikki
zarracha diametri qalinligida) tarqaladi va asta-sekin oldinga siljiydi. Tasma suv
yuzasini kesib o‘tganda, olmoslar va unchalik katta bo‘lmagan minerallar suv
yuzasiga suzadi hamda suv o‘tkazgich orqali yig‘ish cho‘ntagiga olib boriladi,
qoldiqlar esa qoldiq qabul qiluvchi cho‘ntagiga beriladi.
Plonkali flotatsiyasi jarayonida oz miqdorda neft moyi ishlatiladi, bu
lentaning suvga botiradigan qismini olmos bilan qisqa vaqtda to‘yintiradi.
Samaraliroq ajratish uchun mahsulotni yig‘uvchi reagentlar bilan oldindan
tozalash va suvning ion tarkibini tartibga solish amaliyoti joriy etiladi.
O‘lchami 0,79 mm bo‘lgan tabiiy hidrofob olmoslarni qoniqarli
flotatsiyalash uchun Aeroflot -25 uskunasi yordamida ko‘pik hosil qiluvchi vosita
sifatida krezil kislotasi va ko‘pik faollashtiruvchisi sifatida yordamchi reagent rolini
kerosin yordamida to‘ldirish mumkin. Reagentlarning sarfi taxminan 68 g/t yiguvchi
va 82 g/t krezil kislotasi ishlatiladi. Eng yaxshi natijalar pH 7 dan 9 gacha bo‘lgan
muhitda amalga oshiriladi. Barcha flotatsiylanuvchi olmoslarni to‘liq faollashtirish
uchun 5 dan 10 minutgacha flotatsiyalash vaqti talab qilinadi. O‘lchami 1,15 mm
dan yuqori bo‘lgan olmoslarni flotatsiyalash qoniqarsiz tarzda kechadi. Yig‘uvchi
sifatida ksantatlar olmosga ta’sir qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |