Ma’ruza№15 mavzu: Olmoslni flotatsiya usulida boyitish Reja



Download 142,06 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.12.2022
Hajmi142,06 Kb.
#886962
Bog'liq
N-MA’RUZA№ 15



MA’RUZA№ 15 
MAVZU: Olmoslni flotatsiya usulida boyitish 
 
Reja: 
1. Olmoslni flotatsiyalash uskunalari va ularga beriladigan mahsulotlar 
haqida umumiy ma’lumot; 
2. Olmoslni plyonkali flotatsiyalash. 
Olmoslni flotatsiyalash uskunalari va ularga beriladigan mahsulotlar haqida 
umumiy ma’lumot 
Flotatsiya jarayonida sof olmoslar gidrofoblik xususiyati mavjud bo‘lib 1,65 
mm gacha bo‘lgan o‘lchamlarda tezda yuzaga chiqadi, bo‘sh tog‘ jinslari esa 
gidrofilik xossalari sabab ularning yuzasi gidrofillanadi va suvda qoladi. 
Hozirgi vaqtda ko‘pikli va plyonkali flotatsiyalash keng qo‘llaniladi. 
Olmoslarni ko‘pikli flotatsiyalashda PS-1.4, PM-8, PFM-10 kabi ko‘pikli 
flotomashinalarda amalga oshiriladi. 
PFM-8 va PFM-10 mashinalarida 1,0–2,0 mm o‘lchamli mahsulotlarni 
ajratish uchun ko‘pikli ajratish prinsipiga (ko‘pikli qatlamda) ko‘ra va 0,2–1,0 mm 
o‘lchamdagi mahsulotlarning bo‘tana hajmidan flotatsiyalash prinsipi orqali ajratib 
oladi. Ko‘pikli ajratish jarayonlarida mineral zarralarni ajratish ho‘llash orqali 
gistereziyaning kattaligidagi farqga asoslanadi. Bunday holda, reagentlar dinamik 
va statik sirt tarangligi orasidagi keskin farqni ta‘minlash ko‘pikli 
flotatsiyasiyalashda bo‘lgani kabi, ko‘pikda saqlanadigan zarrachalarning flotatsion 
kuchi va hajmining o‘sishiga yordam beradi. 
Ko‘pikli ajratish uchun quyidagi reagentlar qo‘llaniladi: natriy polifosfat 
(50-80 g/t), aeroflot (10-15 g/t), OPSB (10-30 mg/l), mazut (500-800 g/t). 
Ko‘pikli ajratish uchun boshlang‘ich mahsulotlarni tayyorlashda uni 
reagentlar bilan konditsionerlash usuliga ma’lum talablar qo‘yiladi. Mahsulot muhit-
sozlovchi reagentlari bilan oldindan ishlov berish jarayonlaridan o‘tishi kerak, ya’ni 
ajratish boshlanishidan oldin u reagentlar bilan to‘liq ishlov berilishi kerak. 
Konditsionerlik vazifasi - ruda zarralarini shunday xususiyatlar bilan 
ta’minlash kerakki, bunda ajratishning eng samarali nuqtada bo‘lishi lozim. Bu 
mineral sirtning xossalariga tegishli bo‘lib, undagi reagentlarning adsorbsiyasi 
natijasida o‘zgaradi. Zarrachalar o‘lchami -2 mm bo‘lgan olmosli xom ashyosini 
apolyar reagentlar (mazut) bilan konditsioner qilish dastlabki mahsulotning yuqori 
zichligida amalga oshirilishi kerak, chunki bu holda reagentning neft 
mahsulotlaridan o‘tishi qattiq faza (zarrachadan zarrachaga) orqali sodir bo‘ladi. 
Dastlabki mahsulotni apolyar reagentlar bilan qayta ishlash sifatini nazorat 


qilishning vizual usullaridan biri konditsionerdan chiqadigan mahsulotning qattiq 
fazasida aniq rangli plyonkalar (yoqilg‘i moyi rangi) mavjudligi hisoblanadi. 
Ko‘pikni ajratish jarayonini amalga oshirishda texnologik ko‘rsatkichlarga 
sezilarli darajada ta’sir qiladi: 
• rudada reagentlar 0,2 mm dan kichik va yupqa yopishqoq (-0,040 mm) 
zarralar bilan bog‘lanishi; 
• 2 mm dan yirik zarrachalar bilan dastlabki mahsulotni dag‘allashtirishi; 
• reagentlar bilan aralashtirish vaqtida ruda harorati; 
• reagentlarni yetkazib berish tartibi va joyi; 
• rudani reagentlar bilan aralashtirish vaqti; 
• konditsionerlik paytida S:Q nisbati. 
0,2 mm dan kichik zarrachalarning salbiy taʼsiri flotatsion reagentlarning 
zarrachalarga 
ularning 
yuzasiga 
mutanosib 
ravishda 
sorblanganligi 
(fiksatsiyalanishi) bilan bogʻliq va yopishqoq zarrachalarning umumiy yuzasi yirik 
zarrachalar yuzasidan bir necha marta katta boʻlganligi sababli reagentlarning asosiy 
qismi, ya’ni kichik zarrachalar tomonidan so‘riladi. 
Katta zarralar uchun, ko‘p sonli kichik fraksiyalar mavjud bo‘lganda, 
ularning sirtini reagent qoplamasini zichligi ularning flotatsiyalanishi uchun yetarli 
bo‘lmaydi. Bunday holda, hatto reagentlar sarfini ko‘paytirish ham samarali natija 
bermaydi, chunki bu holda yopishqoq zarrachalarning faol yuzasi reagentlarning 
asosiy qismini adsorbsiya qiladi. 
Rudaning harorati reagentlar bilan bog‘langanda 16 °C dan past bo‘lsa, 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Past haroratlarda apolyar reagentlarning mineral 
zarrachalarga 
nisbatan bog‘lanish shartlari murakkablashadi. Dastlabki 
mahsulotning dag‘alligi ko‘pikni ajratish ko‘rsatkichiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, 
sababi mahsulotda 2 mm dan yirik zarralar mavjudligi bilan izohlanadi. Bu Oraliq 
mahsulotlardagi olmoslarning qo‘shimcha yo‘qotilishiga olib keladi. 
Ko‘pikli flotatsiya asosan, 0,5 mm dan kichik o‘lchamli olmosni nazorat 
floptatsiyasi uchun yakunlovchi jarayon sifatida ishlatiladi. 
Flotatsiyalashdan 
oldin 
material 
tozalanadi. 
Avval 
issiq 
suvda 
yog‘sizlantiriladi va tegirmonda tozalash (dezintegratsiyalash) amalga oshiriladi. 
Ba'zida natriy xlorid va suyuq shisha olmoslarning faolligini oshirish va puch tog‘ 
jinslarining so‘ndirilishi uchun ishlatiladi. 
Janubiy Afrikadagi olmosni qayta ishlash zavodlarida -1,65 + 0,47 mm 
o‘lchamdagi boyitishga tayyorlangan fraktsiyasi laboratoriya stakanda samarali 
boyitiladi, bu yerda olmoslarning suvda suzish xususiyatidan foydalaniladi. 
Ko‘pgina korxonalarda an’anaviy usul qo‘lda saralash orqali qayta ishlash 
usuli bilan to‘liq almashtirildgan. Gana Respublikasida sanoat miqyosida 1 mm 


gacha o‘lchamdagi olmoslarni plyonkali flotatsiyalash orqali boyitish jarayonlari 
qo‘llaniladi. 
Plyonkali flotatsiya jarayonini mexanizatsiyalash imkonini beruvchi lentali 
mashina ishlatiladi. Flotatsiya mashinasi po‘lat ramkadan iborat bo‘lib, uning ustiga 
0,2 mm teshiklari bo‘lgan fosforli bronza simto‘r matolardan yasalgan markazida 
eni 300 mm va uzunligi 7,5 m keladigan lenta o‘rnatilgan. 
Harakat yo‘nalishi bo‘yicha, lenta uzunligining 2/3 qismi suv idishiga tik 
burchak ostida tushadi. Boyitilgan material lentada yupqa qatlamga (taxminan ikki 
zarracha diametri qalinligida) tarqaladi va asta-sekin oldinga siljiydi. Tasma suv 
yuzasini kesib o‘tganda, olmoslar va unchalik katta bo‘lmagan minerallar suv 
yuzasiga suzadi hamda suv o‘tkazgich orqali yig‘ish cho‘ntagiga olib boriladi, 
qoldiqlar esa qoldiq qabul qiluvchi cho‘ntagiga beriladi. 
Plonkali flotatsiyasi jarayonida oz miqdorda neft moyi ishlatiladi, bu 
lentaning suvga botiradigan qismini olmos bilan qisqa vaqtda to‘yintiradi. 
Samaraliroq ajratish uchun mahsulotni yig‘uvchi reagentlar bilan oldindan 
tozalash va suvning ion tarkibini tartibga solish amaliyoti joriy etiladi. 
O‘lchami 0,79 mm bo‘lgan tabiiy hidrofob olmoslarni qoniqarli 
flotatsiyalash uchun Aeroflot -25 uskunasi yordamida ko‘pik hosil qiluvchi vosita 
sifatida krezil kislotasi va ko‘pik faollashtiruvchisi sifatida yordamchi reagent rolini
kerosin yordamida to‘ldirish mumkin. Reagentlarning sarfi taxminan 68 g/t yiguvchi 
va 82 g/t krezil kislotasi ishlatiladi. Eng yaxshi natijalar pH 7 dan 9 gacha bo‘lgan 
muhitda amalga oshiriladi. Barcha flotatsiylanuvchi olmoslarni to‘liq faollashtirish 
uchun 5 dan 10 minutgacha flotatsiyalash vaqti talab qilinadi. O‘lchami 1,15 mm 
dan yuqori bo‘lgan olmoslarni flotatsiyalash qoniqarsiz tarzda kechadi. Yig‘uvchi 
sifatida ksantatlar olmosga ta’sir qilmaydi.

Download 142,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish